So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Superliga. "Navbahor" safarda "Qizilqum"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" safarda "Qizilqum"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" o'yini yakunlandi.

Qizilqum

Bobomurod Bozorov - 62'

Superliga. 25-tur

22/11/2024, 18:15

5
:
1
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 45', Siyavash Haqnazariy - 57', Yovan ZHokich - 66', Toma Tabatadze - 87', Saidazamat Mirsaidov - 90'

45'
90'
45'  Jamoliddin Ubaydullayev
46'  Baxtiyor Qosimov (Giorgi Kuxianidze)
46'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (SHahzod Rahmatullaev)
62'  Diyor Rahmatilloev (Bobomurod Bozorov)
62'  Bobomurod Bozorov
72'  Muhammadali G'iyosov
76'  Muhammadali G'iyosov (Davron Anvarov)
45'  Jamshid Iskanderov
57'  Siyavash Haqnazariy
57'  Jamshid Iskanderov
66'  Yovan ZHokich
71'  Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze)
71'  Siyavash Haqnazariy (Ruslanbek Jiyanov)
78'  Jahongir Tursunov (Odiljon Hamrobekov)
84'  Toma Tabatadze
86'  Jamshid Iskanderov (Asadbek Jo'raboev)
87'  Toma Tabatadze
87'  Ruslanbek Jiyanov
90'  Saidazamat Mirsaidov
90'  Ruslanbek Jiyanov

«Qizilqum» — «Navbahor» 1:5
22 noyabr, 18:15
Bosh hakam: Timur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Elboev
To'rtinchi hakam: Jahongir Noraliev
VAR:Ravshan Abduvohidov
AVAR: SHerzod Azamov
Nazoratchi: Baxtiyor To'gaev
Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: 0:1 — 45+4, Jamshid Iskanderov (penalti), 0:2 — 57, Siyavash Haqnazari (Jamshid Iskanderov), 1:2 — 62, Bobomurod Bozorov, 1:3 — 66, Yovan Jokich, 1:4 — 87, Toma Tabatadze (Ruslanbek Jiyanov), 1:5 — 90+5, Saidazamat Mirsaidov (Ruslanbek Jiyanov).

"Qizilqum" — 12.Roberts Ozols, 6.Asror G'ofurov, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Muhammadali G'iyosov (7.Davron Anvarov, 76), 18.Baxtiyorjon Qosimov (8.Giorgi Kuxianidze, 46), 23.Samandar SHukrillaev, 71.Jamoliddin Ubaydulloev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (22.SHahzodbek Rahmatullaev, 46), 79.Diyor Rahmatulloev (20.Bobomurod Bozorov, 62).
Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 3.Doston Tursunov, 9.Xumoyun Abdualimov, 24.Abduxoliq Tursunov.

"Navbahor" — 18.Eldorbek Suyunov, 4.Abror Karimov, 8.Siyavash Haqnazari (17.Ruslanbek Jiyanov, 71), 10.Jamshid Iskanderov (88.Asadbek Jo'raboev, 86), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Giorgi Nikabadze (22.Toma Tabatadze, 71), 23.Yovan Jokich, 27.Jahongir Tursunov (9.Odiljon Hamrobekov, 78), 55.Komiljon Tojiddinov.
Zaxira: 41.Ozodbek Marupov, 15.Javohir Abdujabborov, 19.SHerzodbek Abdulbo'riev, 24.Dostonbek Abdulxaev.

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Ubaydulloev (45+3), Muhammadali G'iyosov (72), Toma Tabatadze (84)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. GOL! Mirsaidov hisobni aytishga noqulay ko'rinishga keltirdi! "Paxtakor" darvozasiga besh bor yo'l topgan "Navbahor" shu ishni takrorladi.

90+3. SHulayaning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOL! Tabatadze raqib jarima maydonida to'pni o'ziga to'g'rilab olib, "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

86. "Navbahor"da yana bir o'zgarish bo'ldi.

VAR ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda. Biroq hakam qarorini o'zgartirmadi.

84. Tabatadze o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

80. Zarba! Rahmatullaevning olisdan chap oyoqda yo'llagan zarbasini Suyunov egallab oldi.

78. "Navbahor"da o'zgarish amalga oshirildi. Hamrobekov Tursunov o'rniga maydonga tushdi.

76. O'zgarish navbati "Qizilqum"ga keldi. 

72. Qo'pollik uchun G'iyosov ogohlantirildi.

71. "Navbahor" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

GOL inobatga olindi! Hisob 1:3!

VAR mazkur vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

66. GOL! Jokich "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

62. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Bobomurod Bozorov to'pga birinchi teginishidayoq "Navbahor" darvozasini ishg'ol qildi! Ushbu vaziyatda Jokich qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. 

62. "Qizilqum" tarkibida o'zgarishga qo'l urildi.

57. GOL! Iskanderovning super uzatmasidan so'ng Haqnazariy to'pni "Qizilqum" darvozaboni ustidan oshirib qo'ydi!

54. "Navbahor"ning xavfli bo'lishi kutilgan hujumi Boltaboevning noaniq uzatmasi bilan yakunlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Qizilqum" ikki o'zgarish amalga oshirdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. GOL! Iskanderovning penaltidan yo'llagan zarbasini Ozols qaytardi, biroq zarba kuchi tufayli to'p darvoza to'ridan joy oldi.

45+3. "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilandi. Ubaydullaev esa ogohlantirildi.

VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. Ubadullaev o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynagan bo'lishi mumkin.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Iskanderov zargarona uzatma bilan Tojiddinovni oldinga boshladi, ammo SHulaya to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

38. "Qizilqum"ning ketma-ket ikki hujumi noaniq uzatma amalga oshirilishi bilan yakunlandi.

35. Zarba! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Nikabadze bosh bilan zarba yo'lladi, Ozols to'pni qaytardi.

30. Zarba! Qanotdan uzatilgan to'pga Nikabadze bosh bilan zarba yo'lladi, Ozols yana bir bor o'z mahoratini namoyish etdi. 

29. "Navbahor"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi ishlash bilan yakunlandi.

23. Ivanovichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

21. Xavfli vaziyat! Qambarov raqib jarima maydonida juda yaqin masofadan zarba yo'llay olmadi, aniqrog'i, Suyanov ishonchli harakat qildi.

20. Qosimovning burchakdan uzatgan to'pini raqib futbolchisi bartaraf etdi.

16. Xavfli vaziyat! "Navbahor" futbolchilarining uzatmasiga Nikabadze bosh bilan zarba yo'llashga harakat qildi, biroq raqib himoyachisi epchillik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

15. SHulaya jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

12. Hakam penalti belgilamadi. To'p bahsli holat yuzaga kelishidan oldinroq "Qizilqum" futbolchisining qo'liga tekkan. 

VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. SHulaya tomonidan yo'llangan zarba Tojiddinovning qo'liga tegib qaytgan ko'rinadi.

8. "Qizilqum" futbolchilarining ketma-ket ikki zarbasiga raqib himoyachilari "blok" qo'yishdi.

2. Xavfli vaziyat! SHulayaning qo'pol xatosidan so'ng Nikabadze raqib jarima maydonida chap oyoqda zarba yo'lladi, Ozols o'z mahoratini namoyish etdi. 

1. O'yin boshlandi. "Qizilqum" qizil-qora, "Navbahor" ko'k rangli libosda harakat qiladi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика