So’nggi yangiliklar

23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  1 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  4 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  67 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  5 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4

Superliga. "Dinamo" super va avtogollar evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" super va avtogollar evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi

"Qizilqum" hamda "Dinamo" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 23-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Qizilqum" - "Dinamo" 1:2
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev
VAR hakami: Husnora Jumaeva
AVAR hakami: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Rustam Zuparov

Gol: 0:1 — 11, Anvar Hojimirzaev (Fransis Narx), 1:1 — 24, Muhammadali G'iyosov (penalti), 1:2 — 48, Ilhom Vahobov (avtogol).

"Qizilqum": 1.Xumoyunshoh Sayyotov, 4.Ilhom Vahobov, 6.Asror G'afurov, 8.Giorgi Kuxianidze (18.Baxtiyorjon Qosimov, 73), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev (20.Bobomurod Bozorov, 73), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (7.Davron Anvarov, 64), 78.Diyor Rahmatullaev (71.Jamoliddin Ubaydulloev, 64).

Zaxira: 12.Robert Ozols, 2.Farruh Jo'raev, 9.Xumoyun Abdualimov, 24.Abduholiq Tursunov, 99.Asadbek Asadov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev, 6.Jahongir O'rozov, 7.Fransis Narx, 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev, 21.Anvarjon Xojimirzaev (14.Bahodir Nasimov, 90+7), 22.Sanjar SHoahmedov (30.Abubakir Mo'ydinov, 46, (37.Firdavs Abdurahmonov, 90+4)), 44.Dushan Miyich, 70.Maykon Duglas Da Silva Neris, 77.Vohidjon Oqbo'taev (8.Xislat Xalilov, 46).

Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 4.Muhammadali Tursunov, 11.Markos Morais De Oliveyra, 18.Dilshod Rahmatullaev, 23.Azizbek Ahmedov.

Ogohlantirishlar: Diyor Rahmatullaev (20), Fayzulla Qambarov (42), Jamshid Saidov (45+1), Abubakir Mo'ydinov (52), Akaki SHulaya (60), Giorgi Kuxianidze (68), Muhammadali G'iyosov (90), Jahongir O'rozov (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Xavfli vaziyat! Standart vaziyatdan so'ng mezbonlar yaxshi vaziyatga ega bo'lishdi, biroq Ubaydullaev so'nggi uzatmaga ulgurmadi.

90+4. "Dinamo"da o'zgarish amalga oshirildi.

90+2. O'rozov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. G'iyosov raqib futbolchisining ortidan zarba yo'llagani uchun ogohlantirildi.

88. Ubaydullaevning bosh bilan yo'llagan zarbasini Yagudin egallab oldi.

84. SHulayaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

82. Bozorovning aylanma zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

81. Kojo raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

79. Kojoning o'ng qanotdagi uzatmasidan keyin sheriklari to'pga etib kela olmadi.

73. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarishga qo'l urildi.

68. Ogohlantirilish navbati Kuxianedzega keldi. "Qizilqum" keraksiz vaziyatlarda kartochkalar ishlashini ko'p o'yinlarda ko'rganmiz. Bugungi ham etarlicha kartochka yig'ildi. Ehtimol, bugun hakam cho'ntagidan qizil rangli kartochka chiqishini ham ko'rarmiz. Har holda kutsa bo'ladi.

64. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

60. SHulaya hujumdagi qo'pollik uchun ogohlantirildi.

57. SHulayaning o'ng qanotdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Yagudin o'z mahoratini namoyish etdi.

55. Hojimirzaevning raqib jarima maydonidagi uzatmasini Sayyotov egallab oldi. 

52. Mo'ydinov Kuxianedzega nisbatan fol ishlatlgani uchun ogohlantirildi.

48. GOL! "Dinamo"ning standart vaziyatidan so'ng Kojo noaniq zarba yo'llagandi, biroq Vahobov to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. Unga hech kim xalaqit bermayotgandi, to'p tezligi ham yuqori emasdi. Qiziq. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Dinamo"da ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+1. "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Qambarov raqib futbolchisi oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

41. Narx o'z jarima maydoniga yaqin nuqtada fol ishlatdi. Mezbonlarda stanlart vaziyat yuzaga keldi. SHulayaning zarbasi esa "jonli devor"dan qaytdi.

35. Jumanqo'zie vraqib jarima maydonida to'pni qabul qilib, raqib himoyachilarini aldab o'tishga urinib ko'rdi, ammo maqsadiga eta olmadi.

32. Hojimirzaev hujum payti G'ofurovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

27. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasidagi havodagi kurashda to'qnashuv sodir bo'ldi.

24. GOL! G'iyosov penaltini aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi. "Qizilqum" futbolchisi darvozaning o'ng burchagiga zarba yo'lladi, Yagudin to'p yo'nalishini topa olmadi.

22. "Dinamo" darvozasiga penalti belgilandi. Kuxianedze "Dinamo" jarima maydonida Oqbo'taev tomonidan yiqitildi.

20. Rahmatullaev raqibning istiqbolli hujumini buzgani uchun ogohlantirildi.

18. "Qizilqum"da yana bir xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, O'rozov so'nggi pallada to'pni tepib yuborib, G'iyosovning oldinga borishiga yo'l qo'ymadi.

15. Mezbonlarning hujumida Tarasov Yagudinga nisbatan fol ishlatdi.

11. GOL! Narxning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Hojimirzaev to'xtatmasdan "Qizilqum" darvozasiga joylab qo'ydi! CHiroyli gol urildi.

Translyaciya bilan bog'liq texnik uzilish kuzatildi.

7. Jumanqo'ziev raqib jarima maydonida xavf yaratishi mumkin edi, biroq to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

1. Ilk hujumni mezbonlar amalga oshirdi, chap qanotdan oshirilgan to'pni Yagudin qaytardi.

1. O'yin boshlandi. "Qizilqum" qizil, "Dinamo" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика