So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"So'g'diyona" 2019 yilda ham Superligada o'ynaydi. "Mashal" pley-offda yutqazdi Yangiliklar

"So'g'diyona" 2019 yilda ham Superligada o'ynaydi. "Mashal" pley-offda yutqazdi

Superliganing pley-off bosqichi doirasidagi “So'g'diyona” - “Mashal” uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 14-daqiqasida Sanjar Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi. 16-daqiqada Rahimjon Davronov "Mashal"ni goldan qutqarib qoldi.

17-daqiqada SHohruz Norxonov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi. 18-daqiqada Elyor Orifov jiddiyjarohat oldi va uni tez yordam mashinasi shifoxonaga olib ketdi.

38-daqiqada SHohruz Norxonov supergol muallifi bo'ldi, u to'pni akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi - 1:0.  

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

48-daqiqada Sernas Darvidas darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 2:0.

54-daqiqada Sardor Abduraimov raqibdan to'pni olib qo'yib jarima maydoni chizig'i ustidan noaniq zarba yo'lladi. 

72-daqiqada Oybek Nurmatov katta tezlikda jarima maydoniga kirib borib darvozani ishg'ol qildi - 3:0.

78-daqiqada Sardor Qulmatov Asil Begimqulovni qo'li bilan tortib qolgani uchun "So'g'diyona" darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrli jarima to'pini Sardor Rahmonov aniq amalga oshirdi - 3:1. 

Uchrashuvda "So'g'diyona" 3:1 hisobida g'alaba qozondi va 2019 yilda ham Superligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. 


PLEY-OFF
3 dekabr, dushanba, 14:00
Toshkent. “Paxtakor” stadioni
“So'g'diyona” - “Mashal” 3:1
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Eldor Tursunov.
Nazoratchi: Artyom Arutyunov.
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: SHohruz Norxonov 38, - 1:0. Sernas Darvidas 48, - 2:0. Oybek Nurmatov 72, - 3:0. Sardor Rahmonov 79 penalti, - 3:1.

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov, 3.Sardor Rahmonov, 4. Asil Begimkulov, 6.Sardor Abduraimov, 9. Abdulloh Olimov, 10. Humoyun Murtazoev, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos SHodmonov (2. Zafar Akramov, 55), 20. Husniddin Aliqulov, 70. Akrom Bahriddinov (14. Vohid SHodiev, 74), 80. Sirojiddin Qo'ziev
Zaxira: 95.SHerzodbek Abduraimov, 8.Mirzakamol Kamolov, 22. Bobur Qosimov, 28. Ahror Inoyatov, 33. SHamsiddinov Muhriddin, 60. Sanjar Rihsiboev, 99.Sanjarbek Zokirov

"So'g'diyona": 88.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4. Elyor Orifov (28. SHahboz Jo'rabekov, 23), 10. SHoxruz Norxonov, 33. Tohirjon SHamsiddinov, 70. Sanjar Rashidov, 80. Sernas Darvidas (39.Oybek Nurmatov, 61), 90. Milash Simonovich, 91. Nikola Milinkovich, 93. Ixtiyor Toshpo'latov (77. Izzatilla Abdullaev, 70), 94. Nuriddin Hasanov
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 9.Sardorbek Azimov, 14.Siroj Meliev, 27. Sahob Rashidov, 55. SHohjahon Hasanov, 99. Nurillo To'xtasinov

Ogohlantirishlar: Akrom Bahriddinov 66, Vohid SHodiev 75, Sardor Qulmatov 78, Nikola Milinkovich 87.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика