So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  8 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Superliga. "Paxtakor" va "Nasaf" yaqqol peshqadam, Qosimov vs Abramov to'qnashuvi, "Buxoro"da ahvol chatoq. 3-tur sharhi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" va "Nasaf" yaqqol peshqadam, Qosimov vs Abramov to'qnashuvi, "Buxoro"da ahvol chatoq. 3-tur sharhi

Superliga 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

13-15 mart kunlari o'tkazilgan tur o'yinlarining sharhini etiboringizga havola etamiz. Turdagi barcha o'yinlar O'FA va MOQ sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.


Superliga
3-tur, 13.03.2020
"Surxon" - "Nasaf" 1:2

Surxon

Aleksandr Kasyan - 53'

Superliga. 3-tur

13/03/2020, 16:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Marko Stanoevich - 7', Oybek Bozorov - 61'

45'
90'
53'  Aleksandr Kasyan
68'  Husniddin G’ofurov (Asror G'ofurov)
77'  SHavkat Salomov
78'  Sherzod Karimov (Nuriddin Hasanov)
84'  Rahmatullo Berdimurodov (Aziz Ibragimov)
7'  Marko Stanoevich
44'  Marko Stanoevich
61'  Oybek Bozorov
68'  Dilshod Rahmatullayev (Akmal Mozgovoy)
71'  Xaris Dilaver (SHerzod Nasrullaev)
73'  Oybek Bozorov
77'  Husniddin Aliqulov
85'  Oybek Bozorov (Javohir Esonqulov)
90'  Mashhurzhon Muhammadzhonov


Mezbonlar ushbu bellashuvga qadar Navoiyda "Qizilqum" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Mehmonlar ham o'z o'rnida "Andijon" ustidan qozonilgan uydagi irodali g'alabadan so'ng Termizga borishdi.

Oldingi ikki turda birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bu safar o'zlari hisobni ochishdi. 7-daqiqada Marko Stanoevichning jarimadan tepgan to'pi rikoshet bo'lib Akbar To'raev qo'riqlayotgan darvozadan joy oldi. Goldan so'ng mezbonlar hujumga o'tishdi, bir nechta zarbalar samara bermadi. Termizliklarning harakatlari faqatgina 54-daqiqaga borib natija berdi. SHerzod Karimov burchak zarbasini ijro etganidan keyin hisob tenglashdi. Ammo, golni aynan kim urgani ko'rinmagan. "Surxon" matbuot xizmati golni Bubanya urdi deb yozdi, PFL rasmiy saytida esa Kasyan muvozanatni tiklagani qayd qilingan. Takroriy lavhalarda ham to'p aynan kimning oyog'idan darvozaga kirgani ko'rinmagan. Mezbonlarning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. "Surxon"ning golidan 7 daqiqa o'tib M.Stanoevich O.Bozorovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Oybek esa A.To'raevni aldab o'tib bo'sh qolgan darvozaga g'alaba to'pini kiritdi. 89-daqiqada SHarof Muhitdinov Kenjaboev ishlagan penaltini ko'kka sovurdi. SHu tariqa uchrashuv qarshiliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Surxon" o'tgan mavsum o'z maydonida bor yo'g'i bir marta mag'lub bo'lgan ersa, joriy mavsum hali Termizda ochko ola bilishmadi.

FAKT. O'tgan mavsum o'z uyida bir marta mag'lub bo'lgan "Surxon" bu yil Termizda faqat yutqazmoqda

"Nasaf"ning o'yini esa alohida mavzu. Keyingi maqolani aynan Ro'ziqul Berdiev jamoasi, tarkib va o'yini borasidagi mulohazalarga bag'ishlashni maqul ko'rdim.

Video "Surxon" - "Nasaf" 1:2. O'yin sharhi



AGMK - "Bunyodkor" 2:0

OKMK

Murodjon Toshmatov - 20', Xojimat Erkinov - 86'

Superliga. 3-tur

13/03/2020, 18:15

0
:
2
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
20'  Murodjon Toshmatov
35'  Bahrom Abdurahimov
57'  Akmal Shorahmedov
65'  Mirjamol Qosimov (Erkin Baydullaev)
66'  Sanjar Tursunov (Xojimat Erkinov)
83'  Murodjon Toshmatov (Arslanmirat Amanov)
86'  Xojimat Erkinov
56'  Humoyun Murtozaev (Farrux Ikromov)
59'  Islom Qobilov
59'  Mirzhahon Mirahmadov (Bahodir Pardayev)
63'  ZHasur ZHaloliddinov
87'  Suhrob Izzatov (Abdulla Abdullaev)


Turning markaziy o'yini Olmaliqda bo'lib o'tdi. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK o'z maydonida Vadim Abramovning "Bunyodkor"ini yana bir bor mag'lub etdi.

Ikki "yirik" murabbiylarning to'qnashuvi ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otgani aniq. Mezbonlar shu kuni g'alabani ko'proq xohlashdi, ularda ishtiyoq va xohish kuchliroqdek edi, nazarimda. Olmaliqliklar ko'proq yugurishdi, raqibga ko'proq bosim o'tkazishdi. Aslida, uchrashuvdan oldin aynan mezbonlarda tarkib borasida jiddiy muammolar bor edi. Gruziyalik legionerlar Mate Vatsadze va Elguja Grigalashvilida jarohat bor edi, Yovan Jokich esa o'tgan turda Jizzaxda qizil kartochka olgani bois muhim bahsni o'tkazib yubordi.

M.Qosimovda bir odat bor: mutaxassis ko'pincha qo'l ostidagi o'yinchilarni sobiq jamoalariga qarshi bellashuvlarda maydonga tushiradi. "Bunyodkor"da ham, AGMKda ham uning shogirdlari eski klublariga bir necha bor gol urishni uddalashgan. Bu safar ham shunday bo'ldi. Olmaliqliklar tarkibiga "Bunyodkor"dan kelib qo'shilgan yarim himoyachi Murod Toshmatov 20-daqiqada o'ng qanotdan jarima maydonchasi sari kirib bordi va zarba berdi. Yaqin burchakka yo'llangan zarba va gol. Bu gol Abdumavlon Abdujalilovning gardaniga tushdi, yaqin burchak ochib qo'yilgandi va Toshmatov buni o'z vaqtida payqadi. Goldan keyin ham AGMK to'xtashni istamagandek ko'rindi. Birinchi bo'limning oxirgi daqiqalarida jamoa mehmonlarni katta bosim ostida qoldirdi. Yuqori pressing "qaldirg'ochlar"ni qiyin vaziyatga tushirib qo'yishi ham mumkin edi. Ammo, Sanjar Tursunov va Mirjamol Qosimovlar bir martadan gol urish uchun juda qulay imkoniyatni ko'kka sovurishdi.


Ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" futbolchilari oldinga o'tishga intilishdi. Lekin, bundan samara chiqara olishmadi. AGMK darvozaboni Suhrob Sultonov birorta ham aytarli seyv ijro etmadi, chunki bunga imkon ham bo'lmadi. Uchrashuvga cho'nggi nuqta 86-daqiqada qo'yildi. Qosimov zaxiradan maydonga tushirgan yosh futbolchi Xojimat Erkinov Islom Qobilov va Sanjar Qodirqulovlarning ketma-ket yo'l qo'ygan qo'pol xatolarini jazoladi. Erkinov jismoniy kuch va katta tezlik evaziga to'pni egallab oldi va darvozabonni aldab o'tib bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Xojimat ikkinchi o'yin-ki zaxiradan tushib o'zini ko'rsatmoqda.

Video "Kichkina kamera". AGMK mavsumdagi birinchi g'alabasini qanday qo'lga kiritdi?

Uchrashuvda ko'zgan tashlangan yana bir jihat - Jasur Jaloliddinovga nisbatan raqiblar keskinroq o'ynashga harakat qilishmoqda. Bu oldingi o'yinlarda ham ko'zga tashlangandi. Jismonan baquvvat bo'lmagan Jaloliddinov yaxshigina zarbalarni qabul qilib olmoqda. Bu holat menga APL joriy mavsumi boshidagi MYU vingeri Deniel Jeyms bilan bog'liq holatni eslatib yubormoqda. Den Jeymsni ham mavsum startida juda ko'p bor zarbalar bilan siylashardi. Ammo, Jasurda ayyorlik ham ko'zga tashlanmoqda. Olmaliqda ham u "delfin" bo'lishga urindi. Ayniqsa, D.Jo'raev bilan yuzma-yuz vaziyatdagi "yiqilish" chetdan qaraganda chiroyli ko'rinmadi. U ayrim vaziyatlarda aynan yiqilishni xohlayotgandek taassurot qoldirmoqda. Oldinlari Geynrixda shunga o'xshash vaziyatlar ko'r bo'lardi)


M.Qosimov vs V.Abramov to'qnashuvlari haqida qisqacha to'xtalib ketishni maqul ko'rdim. Bu ikki mutaxassis murabbiy sifatida o'zaro sakkizinchi bor to'qnash kelishdi. Qosimov ettinchi g'alabasini tantana qildi. Abramovning yagona g'alabasi o'tgan mavsum 1-davrasida Olmaliqda qayd etilgan. O'shanda kuchli yomg'ir ostida o'tgan bellashuv taqdirini Lutfulla To'raevning jarimadan kiritgan yagona goli hal qilgandi. Qolgan barcha qarama-qarshiliklarda "jarimalar qiroli" ustunlik qilgan.


14.03.2020
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:1

Qo’qon-1912

Sardor Azimov - 17', Filip Rayevac - 45'

Superliga. 3-tur

14/03/2020, 16:00

1
:
2
Tugadi

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 58'

45'
90'
17'  Sardor Azimov
17'  Shohnazar Norbekov
45'  Filip Rayevac
45'  Murod Xolmuhamedov
58'  Shohruz Norxonov
72'  SHavkat Mullazhonov

Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912" hozircha uyda 100 foizlik natija qayd etmoqda. O'tgan turda Bekoboddan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan qo'qonliklar uyda "So'g'diyona"ni taslim qilishdi.

Uchrashuvda hisob 17-daqiqada jizzaxliklar himoyachilarining pala-partish harakatlaridan so'ng ochildi. Raqib jarima maydonchasi SHoxnazar Norbekov to'pni himoyachilardan olib qo'ydi va S.Azimovga golni "chaynab berdi". Sardor gol uchun mukofotni yarmini Norbekovga bersa ham bo'laveradi) "So'g'diyona" futbolchilarining o'sha vaziyatdagi harakatlari 2 bahoga ham tortmaydi. Bir qarashda dastlabki bo'lim shu hisobda yakunlanadigandek edi. Ammo, 45+3-daqiqada Murod Xolmuhammedov autni xuddi burchak zarbasidek ijro etdi. Qo'qonga qaytgan hujumchi Filip Rayevac esa to'pni bir zarb bilan Mitrovich darvozasiga joylab qo'ydi. Oldinlari "Qizilqum" himoyachisi Akmal Rustamov to'pni yon chiziqdan mana shunday kiritardi. Bahsning 58-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasida to'p Rayevacning qo'liga tekkani bois bosh hakam Zokir Qodirov 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Penaltini SHohruz Norxonov aniq amalga oshirdi va yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:1. Afsuski, o'tgan mavsumning ikkinchi davrasini top-klublarga xos tarzda o'tkazgan "So'g'diyona" hozircha o'zi o'yinini topa olmayapti.


"Qo'qon-1912" tarkibida Murod Xolmuhammedov yaqqol etakchi bo'lganiga ancha bo'ldi. U jamoaning juda muhim bo'lagi, bundan tashqari Quvondiq Ro'zievning o'yinlari ham ko'pchilikni quvontirmoqda. Quvondiqda o'sish borligi sezilmoqda.

Video "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:1. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling


"Mashal" - "Qizilqum" 1:1

Mash’al

Mo'min Meliev - 23'

Superliga. 3-tur

14/03/2020, 16:00

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Sunnatilla Abdullazhonov - 13'

45'
90'
23'  Mo'min Meliev
13'  Sunnatilla Abdullazhonov

Muborakda o'tgan ushbu uchrashuv dastlabki turda "So'g'diyona"ga qarshi kechgani kabi qiziqarli o'tmadi. 13-daqiqada R.Margievning pasidan so'ng Sunnatilla Abdullajonov boshi bilan hisobni ochdi. Oradan roppa-rosa 10 daqiqa o'tib mezbonlar hujumchisi Mo'min Meliev muvozanatni tikladi. 1:1 hisobi bellashuv yakuniga qadar o'zgarmadi.

Qizig'i, dastlabki ikki turni uyda "Nasaf" va "Surxon"ga qarshi o'tkazib engilgan "Qizilqum" mavsumdagi birinchi ochkosini mehmonda qo'lga kiritdi.

Hamidjon Aktamov ketma-ket ikkinchi marta "Qizilqum" o'yinida ko'rinish bermayapti

Foto "Qizilqum" matbuot xizmati: "Hamidjon Aktamov jamoadan ketmagan. U davolanmoqda"


"Paxtakor" - "Metallurg" 4:1

Paxtakor

Dragan CHeran - 30', Igor Sergeyev - 32', Jaloliddin Masharipov - 53', Eren Derdiyok - 72'

Superliga. 3-tur

14/03/2020, 18:15

1
:
4
Tugadi

Metallurg

Murod Bobojonov - 69'

45'
90'
30'  Dragan CHeran
32'  Igor Sergeyev
53'  Jaloliddin Masharipov
62'  Igor Sergeyev (Eren Derdiyok)
72'  Eren Derdiyok
72'  Farrux Sayfiev
79'  Dostonbek Hamdamov (Asadbek Sobirzhonov)
84'  Dragan CHeran (Sardor Sobirxo’jayev)
40'  Kamoliddin Tojiyev
46'  Abror Toshqo'ziev (Murod Bobojonov)
52'  Salamat Qutiboev (Evgeniy CHumak)
58'  Doniyor Narzullayev
69'  Murod Bobojonov
69'  Stanislav Andreyev
73'  Muhammad Isaev (Abduraxmon Abdulxaqov)

Amaldagi chempion bu mavsum ham g'olibona yurishini davom ettirmoqda. Lekin, SHota Arveladze shogirdlari hali eng yaxshi formalariga kirib ulgurishmagan. Umuman Superliganing hech bir klubi o'zining eng yaxshi holatida emas, hozircha.

"Paxtakor" ishtirokida mana nechanchi o'yindir-ki bahs "sherlar"ning birinchi goliga qadar davom etmoqda. Bu safar ham shunday bo'ldi. 11-daqiqada bekobodliklar darvozaboni Aleksandr Lobanov ketma-ket ikkita ajoyib seyvni ijro etdi. Avvaliga Sergeev, keyin CHeranning zarbalaridan keyin kiper o'zini ko'rsatdi. Ortda qolgan 3 turni umumiy qilib oladigan bo'lsak, Lobanov eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lmoqda.


Uchrashuvda hisob 30-daqiqaga kelib ochildi. Masharipovning burchakdan uzatib bergan to'pidan keyin Sergeev bosh bilan zarba berdi, to'p A.Ismatullaevning oyog'iga tegib CHeranga borib tushdi. Dragan esa bir tepishda to'pni darvozaga yo'lladi. Bungacha esa Andrey SHipilov shogirdlari yaxshi himoyalanishayotgandi. Keyin esa hammasi tez ro'y berdi. CHeranning golidan ikki daqiqa o'tib mehmonlarning eng tajribali himoyachisi Kamoliddin Tojiev o'z jarima maydonchasida ehtiyotsizlik qildi va Sergeev yo'q joydan jamoasi uchun gol urib ketdi. Bu vaziyatda Tojiev texnik xatoga yo'l qo'ydi, Igor esa to'p uchun oxirigacha kurashdi va buning uchun mukofotlandi. 53-daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov to'pni uzoqlashtiraman deb J.Masharipovga tashlab berdi. Jaloliddinni hech kim kutib olmadi, bu esa mezbonlar etakchisiga bemalol o'ylab olish va to'pni ohista uzoq burchakka yo'naltirish imkonini berdi. SHu kuni xatolar bekobodliklarga qimmatga tushdi.

S.Andreevning pasidan keyin zaxiradan tushgan Murod Bobojonovning bosh bilan urgan goli mehmonlarni yirik mag'lubiyatdan qutqarib qoladigandek edi. Ammo, 72-daqiqada F.Sayfievning to'p uzatishidan keyin Eren Derdiyok o'zining "Paxtakor" safidagi ilk golini kiritdi. O'sha vaziyatda Eren bosh bilan qay darajada o'ynay olishini ko'rsatib qo'ydi. Evropacha maktab ko'rgani bilindi. Uning bosh bilan o'ynashi menga suriyalik ajoyib forvard Omar Al-Somani eslatib yubordi. Al-Soma ham bosh bilan eng yaxshilardan biri va buni 2018 yil Toshkentda o'tgan o'rtoqlik o'yinida ham isbotlab ketgandi.

Derdiyok “Paxtakor” safida ilk golini urdi

Video "Paxtakor" - "Metallurg" 4:1. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling



15.03.2020
"Andijon" - "Navbahor" 0:0

Andijon

Superliga. 3-tur

15/03/2020, 17:00

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
4'  Farhod Bekmurodov
31'  Abdullo Olimov
58'  Xushnudbek Avilov
67'  Artyom Litvyakov (Temur Usmonov)
76'  Jamshid Hasanov (Ibe Michel Okoro)
81'  Qahramon Bahodirov (Muhammadali YUldashev)
16'  Obid Jo’raboyev
25'  Xurshidbek Muxtorov
44'  Abbos G'ulomov
53'  Igor Golban
60'  Islombek Isoqjonov (SHohrux Mahmudhozhiev)
73'  Azizbek Turg’unboyev (Amirbek ZHo'raboev)
87'  Islom Rashidxonov (Zabihillo O’rinboyev)


O'yin tomonlama ham, muxlislar tomonlama ham o'ziga xos derbi. Dastlabki ikki turda mag'lub bo'lgan "Andijon" vodiy derbisida g'alaba uchun bor imkoniyatini ishga solishi tayin edi. "Navbahor" esa o'tgan turda "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabadan ilhomlanib ketma-ket ikkinchi g'alabani tantana qilish uchun maydonga tushishdi. Ammo, ikkala jamoa faqat bir ochkodan qo'lga kiritishdi. SHu kuni mezbonlar biroz faolroq bo'lishdi. Birinchi va ikkinchi turlarda "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi juda ko'p yugurgan "lochinlar" bu safar nisbatan sustroq ko'rinishdi. "Navbahor"ning o'yin tempi oldingi o'yinlardagi kabi bo'lmadi. Natijada "Andijon" ilk ochkosini qo'lga kiritdi. "Navbahor"da esa endi g'alaba, durang va mag'lubiyat ustunlaridan 1 raqami porlab turibdi.


Bugun Superliga-2020da birinchi istefo yuz berdi. Bu haqda saytimizda xabar berdik. Qoniqarsiz natijalardan keyin rossiyalik mutaxassis Aleksandr Xomyakov "Andijon"ni tark etdi. Murabbiy tez orada Superliga klublaridan birida ish boshlashi kutilmoqda.

Mavsumdagi birinchi istefo

Video "Andijon" - "Navbahor" 0:0. Barcha xavfli vaziyatlarni tomosha qiling



"Lokomotiv" - "Buxoro" 3:0

Lokomotiv

Marat Bikmayev - 17', Temurxo’ja Abduxoliqov - 20', Shahzod Shaymanov - 90'

Superliga. 3-tur

15/03/2020, 17:00

0
:
3
Tugadi

Buxoro

45'
90'
17'  Marat Bikmayev
20'  Temurxo’ja Abduxoliqov
52'  Shahzod Shaymanov
65'  Diyor Turopov (Kirill Pogrebnyak)
83'  Kaxi Maxaradze (Oybek Qilichev)
90'  Shahzod Shaymanov
90'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Abdulaziz Yusupov)
46'  Behruz SHodmonov (Bobur Farhodov)
46'  Azizbek Amonov (Jasur Hakimov)


Andrey Fyodorov boshchiligidagi "temiryo'lchilar" juda yomon start olgan "Buxoro"ni qabul qilishdi. 17-daqiqada Marat bikmaev penaltidan hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o'tib Maratning pasidan so'ng Temurxo'ja Abduxoliqov ikkinchi golni urdi. SHundan so'ng muxlislar keyingi golni 90-daqiqaga qadar kutishdi. "Buxoro" darvozaboni Zafar Safoev o'z jarima maydonchasini tashlab chiqib to'pni boshi bilan urib yubordi. Kiperdan kelgan to'pni "Loko" yarim himoyachisi SHahzod SHaymanov to'xtatmasdan 40 metrlardan darvozaga joylab qo'ydi. Yirik g'alabadan so'ng "Lokomotiv" ochkolarini 6taga etkazib oldi.


Video "Lokomotiv" - "Buxoro" 3:0. Barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling


Afsuski, "Buxoro" ayanchli startdan so'ng birorta ochko ham olmadi, birorta gol ham urmadi. Qizig'i, Muhsin Muhammadiev shogirdlari har uchchala o'yinni mehmonda o'tkazishdi va har safar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


Superliga 3-turidan so'ng turnir jadvali


Superliga-2020 to'purarlar ro'yxati


Afsuski, koronavirus sabab mamlakatimizda har qanday futbol tadbirlari va o'yinlari vaqtincha to'xtatildi. SHu jumladan, Superliga ham. Umid qilamiz, tez orada hammasi iziga tushib ketadi va ichki chempionatimiz yana davom ettiriladi.

O'zbekistondagi barcha futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatildi


Tolibjon Qosimov

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика