

"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bugun jamoa bilan xayrlashdi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, rossiyalik murabbiy yaqin orada Superliganing boshqa bir klubini qabul qilib oladi.
Katta ehtimol bilan bu "Mashal" yoki "Qizilqum" klubi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha Xomyakov "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ketish borasida ariza yozishini ma'lum qilgan edi.




