So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Superliga. "Paxtakor" - "Navbahor" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" - "Navbahor" o'yiniga oid malumotlar

Bugun Superliganing 8-turidan o'rin olgan yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Toshkentda "Paxtakor" "Navbahor" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 19:45da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Paxtakor"

- CHempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor" 19 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. Jamoa ettita o'yindan 6tasida g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynagan. To'plar nisbati 13-5. 

- "Paxtakor" oxirgi uch uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Jamoa 4-turda "Surxon" bilan durang o'ynaganidan keyin "Dinamo", "So'g'diyona" va "Metallurg"ni mag'lub etdi. 

- "Paxtakor" oxirgi ikkita o'yinida bir xil 2:1 hisobi bilan zafar quchdi. 

- "Paxtakor" shu paytgacha o'z maydonida 4ta o'yinda maydonga tushib, hammasini g'alaba bilan yakunladi. To'plar nisbati 9-3. 

- "Paxtakor" "Navbahor"ga qarshi 57 bor maydonga tushib, shundan 35tasida g'alaba qozongan. 

"Navbahor"

- "Navbahor" jadvalning 4-pog'onasida bormoqda, 11 ochko to'plagan. Jamoa 3ta o'yinda g'alabaga erishdi va ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati 12-8. 

- "Navbahor" qatorasiga to'rtta o'yindan beri yutqazmayapti: uch g'alaba va bir durang. "Lochinlar" "Nasaf", "Surxon", "So'g'diyona"ni mag'lub etib, "Dinamo" bilan durang o'ynashdi. 

- "Navbahor" bugun safarda to'rtinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi uchta bahsda bittadan g'alaba, mag'lubiyat va durang qayd etilgan. To'plar nisbati 3-3. 

- "Navbahor" shu paytgacha "Paxtakor"ni 14 bor mag'lub etib, 8 marta durang o'ynagan va 35 o'yinda mag'lub bo'lgan. 

- Fakt: "Navbahor" 2014 yildan beri Toshkentda "Paxtakor"ga gol ura olmayapti. 

Oxirgi 5 o'yin 

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Paxtakor" - "Navbahor" 0:0 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0 

2017 yil. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0 

2016 yil. "Paxtakor" - "Navbahor" 3:0 

2015 yil. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0 

Toshkentda bo'lib o'tgan oxirgi 5ta o'yinning to'rttasida "Paxtakor"ning qo'li baland kelgan. Faqat oxirgi uchrashuv durang bilan yakun topgan. Qizig'i shundaki, oxirgi beshta o'yinda "Navbahor" raqib darvozasiga umuman to'p kirita olmagan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика