So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Metallurg"ni minimal hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Metallurg"ni minimal hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan bahsi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi  17-tur

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00

"Paxtakor" – "Metallurg" 1:0

Gollar: Pshemislav Banashak (Farruh Sayfiev) 45'

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov

VAR: Ilgiz Tantashev 

AVAR: Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Bahtiyor Tog'aev

Komissar: Jamshid Imamov

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (20.Hojimat Erkinov 74'), 19.Pshemislav Banashak (11.Po'latxo'ja Xolxorxonov 81'), 27.Sardor Sobirxo'jaev (28.Diyor Xolmatov 74'), 34.Farruh Sayfiev, 88.SHahzod Azmiddinov (2.Behruzbek Asqarov 85'). 

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 4.Dostonbek Tursunov, 30.Metyu Stinvorden, 40.Kimi Merk, 77.Dilshod Saitov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini (10.Bektemir Abdumannonov 62'), 4.Kerim Palich, 7.Husniddin G'ofurov, 8.Iskandar SHaykulov (11.Damir Temirov 62'), 9.Zabihillo O'rinboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Sardor Abduraimov (77.SHahzod Ubaydullaev 80'), 17.Rizo Yazdando'st (6.Xudoyshukur Sattorov 70'), 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 33.Ivan Yosovich.

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 19.Ergash Ismoilov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 23.Behruz SHodmonov, 97.Muhammadali Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Muhammadqodir Hamraliev 63'


90+5. O'yin yakunlandi!

90+4. Aziz Turg'unboevning jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

90+2. Husniddin G'ofurov jarohat oldi. Bekobodliklar o'yinni 10 kishi bo'lib tugatishadi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Temirovning uzatmasi o'xshamadi.

89. Temirovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, hakam jarima zarbasi belgiladi. Darvozagacha chamasi 22 metr masofa.

87. Mehmonlar hujum uyushtirishga harakat qilmoqda, biroq ular xavfli tus ola bilmayapti.

80. O'yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 10 daqiqa vaqt qoldi. Temp yuqori emas. 

74. "Metallurg"ning hujumi xavfli ko'rinish olmadi.

72. O'rinboevning darvoza tomon bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

67. "Paxtakor"ning qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

57. Doston Hamdamovning tepgan to'pini darvozabon qaytardi, Turg'unboevning zarbasi esa biroz noaniq bo'ldi.

55. Doston Hamdamov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, darvoza tomon tepilgan to'p esa noaniq ketdi...

54. O'rinboev o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq zarba kuchsiz bo'ldi.

51. O'yinning ikkinchi qismi anchagina faol boshlandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+1. Husniddin G'ofurovning xavfli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

Sayfievning chap qanotdan uzatgan to'pini Banashak darvozaga yo'lladi va gol urdi!

45. GOL! Banashak uchrashuvda hisobni ochdi!

43. Ikkinchi bo'limning oxirlarida o'yin ancha "jonlandi".

39. CHeranning darvoza tomon yo'llagan super zarbasini Ortiqov ajoyib tarzda qaytarib yubordi!

36. Alijonovning darvoza tomon tepgan to'pi anchagina noaniq bo'ldi.

32. Turg'unboevning jarima maydonchasi tomon uzatmasiga Banashak zarba berolmadi, to'p darvozaga bordi, Ortiqov xavfni arang bartaraf etdi.

28. Aziz Turg'unboevning zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

28. To'p nazorati bo'yicha ustunlik: 60% - 40%

26. Sardor Abduraimov o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq zarba kuchsiz chiqdi.

Mazkur uchrashuvni stadiondan turib bevosita Ravshan Haydarov hamda Srechko Katanec kuzatib bormoqda.

24. Birinchi bo'limning yarmidan ko'prog'i o'tib bo'ldi, biroq hozircha xavfli vaziyat kuzatilmadi.

17. O'rinboev oldinroqdagi G'ofurbekovga ajoyib pas berdi, ammo SHahzodbek vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

12. CHeran havolatib to'pni Sayfievga uzatdi, Farruhning uzatmasi esa noaniq bo'ldi.

5. "Paxtakor" stadionida muxlis ko'p emas. Ikki jamoaning ham kam sonli "fan-klub"i va mahalliy aholi tashrif buyurgan.

3. Dastlabki jarima zarbasini mehmonlar ishladi. Biroq vaziyat muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика