Superliga. Oy darvozaboni - Islomjon Abdullaev
06 avg 2020 16:58
Yangiliklar
Superliga. Oy darvozaboni - Islomjon Abdullaev
"Championat.asia" ijodiy guruhi yakunlangan iyul oyida ichki chempionatimizning eng yaxshilarini aniqladi.
Ushbu oyda o'tkazilgan 3ta turdan kelib chiqib oyning eng yaxshi darvozaboni deb "Andijon" klubi posboni Islomjon Abdullaev tan olindi. Kiper o'tkazilgan uchta uchrashuvda ko'plab seyvlarni amalga oshirdi va o'z darvozasidan atigi 2ta to'p olib chiqdi xolos. Saytimiz talqiniga ko'ra Abdullaev 7 va 8-turlarda ham eng yaxshi darvozabon deb tan olingan edi.
SHu tariqa, championat.asia talqiniga ko'ra iyul oyida Islomjon Abdullaev Superliganing eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Islomjon Abdullaevning iyul oyida o'tkazgan o'yinlari:
Coca Cola Superligasi, 7-tur
"Andijon" - "Bunyodkor" 0:0
Coca Cola Superligasi, 8-tur
"Qizilqum" - "Andijon" 1:1
Coca Cola Superligasi, 9-tur
"Andijon" - "Surxon" 0:1
Fikrlar