So’nggi yangiliklar

19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  0 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ"  2 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  3 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  4 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  4 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  13 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5

Superliga. Nesterov so'nggi daqiqalarda penaltini qaytargan o'yinda "Qizilqum" "Olimpik" ustidan g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. Nesterov so'nggi daqiqalarda penaltini qaytargan o'yinda "Qizilqum" "Olimpik" ustidan g'alabaga erishdi

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Olim Abduvosilov, 

Zaxira hakami: To'rabek Suyunov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistenti: Jahongir Saidov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: SHerzod Rajabov

Olimpik

Superliga. 5-tur

26/04/2022, 18:30

1
:
0
Tugadi

Qizilqum

Sanzhar SHoahmedov - 29'

45'
90'
43'  Ruslanbek Jiyanov
59'  Bektemir Abdumannonov (Farrux Muxtorov)
59'  Davron Anvarov (Muhammadaziz Ibrohimov)
83'  Otabek Jo'raqo'ziev (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
86'  Dostonbek Tursunov (Sunnatulloh Hamidjonov)
86'  Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G'iyosov)
29'  Sanzhar SHoahmedov
68'  Temurxo’ja Abduxoliqov
79'  Erkin Baydullaev
82'  Sherali Jo’rayev
83'  Sherali Jo’rayev (Jasur Azimov)
86'  Aleksandar Stanisavlevich (SHon Pol Komolafe)
90'  Islom Tuxtaxo’jayev
90'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Salim Mustafoyev)

"Olimpik" – "Qizilqum" 0:1 

18.30, "Lokomotiv" stadioni

Gol: Sanjar SHoahmedov 29'

Gol urilmagan penalti: Po'latxo'ja Holdorxonov 90+4' (darvozabon)

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Sanjar SHoahmedov, 10.Temurxo'ja Abduxoliqov (17.Salim Mustafoev, 90+2), 11.Aleksandar Stanislavlevich (43.Paul Komolafe, 86), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev ( 18.Jasur Azimov, 83), 25.Azizbek Usmonov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 88.Artyom Dmitriev 

Zahira: 35.Javohir Ilyosov, 5.Timur Nabiev, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzullo Qambarov, 29.Gonsalo Ritakko, 77.Azamatxon Maksumov

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Eldorbek Begimov,  5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Ruslanbek Jiyanov (99.Muhammadali G'iyosov, 86), 8.Bektemir Abdumannonov (10.Farruxbek Muxtorov, 59), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (22.Po'latxo'ja Holdorxonov, 83), 19.Dostonbek Tursunov (28.Sunnatulloh Hamidjonov, 86), 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov, 77.Davron Anvarov (21.Muhammadaziz Ibragimov, 59)

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 17.Jaloliddin Sodiqov, 20.Diyorbek Ortiqboev, 47.Humoyun SHerbo'taev

Ogohlantirishlar: Ruslanbek Jiyanov (43), Temurxo'ja Abduxoliqov (68), Erkin Baydullaev (79), SHerali Jo'raev (82), Islom To'xtaxo'jaev (90+2).

YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA

BAHS YAKUNIGA ETDI! 

90+4. "Qizilqum"da o'zgarish: Abduxoliqov o'rniga Mustafoev tushdi. 

90+4. Uuuux! Nesterov penaltini qaytardi! 


90+4. Vaziyatga VAR aralashdi. Qaror o'z kuchida qoldi. 

90+2. PENALTI! Holdorxonovning zarbasidan so'ng to'p To'xtaxo'jaevning qo'liga tegdi. Unga sariq berildi.

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. "Qizilqum"ning hujumi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. 

86. "Olimpik"da o'zgarish: Tursunov o'rniga Hamidjonov, Jiyanov o'rniga G'iyosov tushirildi. 

86. "Qizilqum"da almashtirish: Aleksandar Stanislavlevich o'rniga Paul Komolafe baxsni davom ettiradi. 

83. "Olimpik"da o'zgarish: Jo'raqo'ziev o'rniga Holdorxonov tushdi. 

83. "Qizilqum"da almashtirish: SHerali Jo'raev o'rniga Jasur Azimov o'yinni davom ettiradi. 

82. SHerali Jo'raev ogohlantirish oldi.

79. Erkin Baydullaev bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. 

76. Zarbaaa!  "Olimpik"ning uzoq hujumi Muxtorovning zarbasi bilan tushgadi, futbolchi mo'ljalda sal adashdi. 

73. Jiyanov havodagi kurashda Usmonov bilan to'qnashuvda ishtirok etdi. Unga tibbiy yordam zarurga o'xshaydi. Yo'q, hammasi joyida. 

71. Uuux!  Ruslanbek Jiyanov kombinaciya orqali jarima maydoni ichiga kirir bordi, biroq keyinroq uning pasiga sheriklaridan hech kim ega chiqmadi.  

68. Abduxoliqov hujumda himoyachiga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartchokaga loyiq ko'rildi. 

65. Zarba! Zaxiradan tushgan Muxtorovning bosh bilan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.  

62. Abduxoliqovning pasidan keyin Stanisavlevich noaniq zarba berdi.

59. "Olimpik"da 2 ta o'zgarish: Bektemir Abdumannonov o'rniga Farruxbek Muxtorov, Davron Anvarov o'rniga Muhammadaziz Ibragimov maydonga tushdi. 

57. Stanislavlevich markazda ayyorlik qilib, Bo'rievni yiqitdi. Hakam vaziyatga befarq qaramadi. 

54. Zarbaaaa! Abdurauf Bo'rievning zarbasi yo'liga To'xtaxo'jaev to'siq bo'ldi. Aks holda, juda xavfli holat yuzaga kelishi mumkin edi.  

52. Aleksandar Stanislavlevich o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga yaqinlashdi, biroq pas berishda xato qildi.

49. Zarba! SHuhrat Muhammadievning zarbasi kutilganidek chiqmadi. Nazarov to'pni egallab oldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Jiyanov To'xtaxo'jaevga nisbatan juda qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

38. Zarbaaa!  Stanislavlevichning kuchli zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

35. Zarbaaaa! Abdumannonovning zarbasini navoiyliklar posboni bartaraf qildi. 

29. GOOOOOOOOOL!  Hisob ochildi! SHuhrat Muhammadiev qulay uzatmasidan so'ng Sanjar SHoahmedov to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi – 0:1! 


27. Uuuuux! Odilov qanotda faollik ko'sratib, ichkariga pas uzatdi. Jo'raqo'zievning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

22. Eldorbek Begimov maydon markazida Temurxo'ja Abduxoliqov bilan to'qnashib ketdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.  

20. Davron Anvarovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqib qoldi, bu Nesterovga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

18. Zarbaaaa!  Abduxoliqov Zoteevning pasidan keyin bir himoyachini aldab, jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va zarba berdi. To'p himoyachi tomonidan maydona tashqarisiga chiqarib yuborildi. 

14. Zarba!  Otabek Jo'raqo'zievning chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasi o'zi kutganidek chiqmadi. 

9. Zarbaaaa! Jo'rqaqo'zievning zarbasini Nesterov qiyinchilik bilan qaytardi. 

6. Qarama-qarshilik teng kurashlar ostida davom etyapti. 

3. Mehmonlar oldinga chiqishda qiyinchilikka duch kelishmoqda. "Olimpik" katta bosim uyushtiryapti.

Foto: Jahongir Fayzullaev

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va "Bunyodkor" murabbiylari Anvar G'ofurov, Viktor Karpenko uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borishmoqda

1. O'yin boshlandi! 

Bosh murabbiylar Nikola Lazarevich va Timur Kapadze

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

- Uchrashuv 18:30 da start oladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика