So’nggi yangiliklar

17:32"Хетафе" "Реал" тарбияланувчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 16:54Мендеш Килиан Мбаппега қарши ўйин ҳақидаги саволга жавоб берди  0 16:31"Брентфорд" "Ред Булл Зальцбург" ҳимоячсини сотиб олмоқчи  0 16:06Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман"  26 15:34Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади   10 15:02"Манчестер Юнайтед" тарбияланувчиси "Ньюкасл"га ўтиши мумкин  2 14:38"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи  3 14:17"Ювентус" Войцех Шеснини сотиб юбориши мумкин  0 14:07Суперлига. Биринчи давранинг 5 кашфиёти   8 13:36"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди  6 13:10"Арсенал" Риккардо Калафьори трансфери бўйича таклиф юборди  0 12:48Суперлига. Биринчи даврада энг кўп пенальти тепган, энг кўп қизил олган жамоалар ва бошқа фактлар  8 12:17Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Францияга етиб борди  3 12:04Турклар Дарвин Нуньес учун 70 млн евро беришга тайёр  6 11:44"Наполи" "Реал Мадрид" ҳимоячиси билан шартнома имзолади  0

Superliga: OKMK futbolchisi qizil olishi, "Navbahor"ning goli hisoblanmasligi va "Nasaf" penalti tepmasligi kerak edi. Bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga: OKMK futbolchisi qizil olishi, "Navbahor"ning goli hisoblanmasligi va "Nasaf" penalti tepmasligi kerak edi. Bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 28 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 13-turi yakuniga etdi.

SHuningdek, 30 iyun hamda 1 iyul kuni 5-turning qoldirilgan 3 o'yini ham bo'lib o'tdi. O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat. "Olimpik" - "Surxon" o'yini: qizil kartochka.

"Olimpik" - "Surxon" bahsining 42-daqiqasida mezbonlarning 10-raqamli futbolchisiga nisbatan mehmonlarning 3-raqamli vakili butsasining tag qismi bilan oyoqning himoyalanmagan qismiga qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev dastlab sariq kartochka ko'rsatdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va referi sariq kartochkani bekor qilib, futbolchini maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi to'p uchun harakat qilmagan va raqibiga qarshi juda keskin o'ynagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.



2-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.

"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 15-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 99-raqamli I.Ruxadze darvozabonga qo'pollik ishlatib, to'pni navoiyliklar darvozasiga kiritdi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov golni inobatga olmadi va fol uchun olmaliqliklar legioneriga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi darvozabonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



3-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: qizil kartochka.

"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 70-daqiqasida mehmonlarning 15-raqamli futbolchisi O.Rustamov to'p uchun kurashda navoiyliklarning 7-raqamli azosi D.Anvarovga qarshi qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va shundan so'ng referi futbolchini maydondan chetlatishga qaror qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi to'pga ulgurmagan va butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



4-vaziyat. "Qizilqum" - OKMK qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

"Qizilqum" - OKMK uchrashuvining 75-daqiqasida mehmonlarning 3-raqamli futbolchisi S.Rahmonov darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan navoiyliklarning 10-raqamli azosi E.Lobjanidzeni to'xtatib qoldi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi so'nggi umid folini ishlatgan va bu kabi hollarda qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini noto'g'ri, deb hisoblaydi.



5-vaziyat: "Andijon" - "Navbahor": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Andijon" - "Navbahor" bellashuvining 11-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi mehmonlar jarima maydoniga katta tezlikda yorib kirganidan so'ng namanganliklarning 9-raqamli vakili O.Hamrobekov tomonidan to'xtatib qolindi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov darhol nuqtaga ishora qildi va Hamrobekovga sariq kartochka ko'rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyalanayotgan futbolchi katta tezlikda ketayotgan raqibiga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.



6-vaziyat. "Andijon" -"Navbahor" qarama-qarshiligi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.

"Andijon" - "Navbahor" uchrashuvining 45+5-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 34-raqamli F.Sayfiev darvozabonga qo'pollik ishlatib, to'pni andijonliklar darvozasiga kiritdi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov golni inobatga olmadi va fol qayd etilganini malum qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi darvozabonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



7-vaziyat. "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi: mehmonlarning goli.

"Nasaf" - "Navbahor" o'yinining 12-daqiqasida mehmonlarning 34-raqamli futbolchisi F.Sayfiev jamoasining ikkinchi golini urdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov bu vaziyatda golni inobatga oldi, VAR ham qarorni tasdiqladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda VAR holatga aralishishi kerak edi. Mezbonlar futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatilgan va bu kabi hollarda gol bekor qilinib, jarima zarbasi berilishi lozim. SHu sababli, hakamlarning qarori noto'g'ri, deb topildi.



8-vaziyat. "Nasaf" -"Navbahor" qarama-qarshiligi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.

"Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvining 23-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 10-raqamli B.Abdixoliqov qo'li bilan o'ynagan holda to'pni andijonliklar darvozasiga kiritdi. VAR hakami bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovni monitor yoniga chaqirdi va referi qoidabuzarlik qayd etilgani sabab golni inobatga olmadi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. To'p hujumchining qo'liga tekkan va darvoza to'ridan joy oldi. Qoidaga ko'ra, bu kabi holat qo'l bilan o'yin sifatida qayd etiladi va gol bekor qilinadi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.



9-vaziyat: "Nasaf" - "Navbahor" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Nasaf" - "Navbahor" bellashuvining 60-daqiqasida mezbonlarning 22-raqamli himoyachisi namanganliklarning 13-raqamli vakili bilan to'p uchun kurashdi va raqib jarima maydonida yiqildi. VAR hakami bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovni monitor yoniga chaqirdi va referi nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda VAR vaziyatga noto'g'ri aralashgan. Ikki futbolchi ham to'p uchun kurash olib borgan va penalti belgilash uchun asos etarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori noto'g'ri, deb topildi.



10-vaziyat. "Neftchi" - "Paxtakor" to'qnashuvi: bahsli penalti.

"Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlarning 77-raqamli vakili mehmonlarning 22-raqamli azosi bilan to'p uchun kurash olib bordi va jarima maydonida yiqilib tushdi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlab nuqtaga ishora qildi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirdi va referi vaziyatni ko'rib chiqqach, penaltini bekor qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mezbonlar azosi penalti ishlash maqsadida bo'lib, to'qnashuvni o'zi yuzaga keltirgan. 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos etarli emas va shu sabab, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.


Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
02 iyu 16:17:17
nerazzuri
Азим Ахмедов иккинчи сарикдан Сунг кизил олиб чикиб кетиши керак Эди тугрими ? Хакамлар кумитасига бу вазиятни куриб чикмаларинг деб кунгирок булганиикан УФАдан ?
+2   
02 iyu 16:03:28
SHAHZOD
Насаф- навбахор уйин хакамини бир неча йилга футболдан четлатиш керак. Хисобга 100% тасир қиладиган икки хатога йўл қўйибди. Хакамлар маркази хулосасини кутамиз.
+1   
02 iyu 17:36:35
Abram Azizov
Nega unda Azim ahmedovni qupoliklariga qizil kursatilmaydi bulsa Odilni ukasi qonun hammaga bir hil usha vaqtga uyinchini oyogi sinsa nima bulardi bir emas ikki ta uyinchiga butsasini tag qismi bn jarohat etkazdi valomat hakamlar va vardagi ayrim harom hakoamlar kuzlari kur u vaziyatni kurmaydi yoki Odiljon pora bergan bularga qani haqiqat Navbahorni 2goliga 100foiz qupolik bor wdi nega jim var yoniga ham bormadi lekinNasaf gol urganda varni kurdi borib hullas uzbda futbol rivojlanmaydi bunaqa valomatlar bormi tanish bilish porahurlik bilmadim qanday qilib oilasiga harom luqma ediradi bu valomat hakamlar olloh insof bersin bularga uzb futbolini uldirdi bular uzr nourin gap suz yozgan bulsam
   
02 iyu 21:50:38
Набижон Темиров
Супер лига ШАРХЛОВЧИлари билан шуғулланадиган юқори ташкилот борми бизларда, бу кўти похлар прямой эфирга ўтиришиб олиб кўнглига нима келса хиргойи қилиб ўтиришибди КАТТА ФУТБОЛ шархи бошқа томонда қолиб кетаяпти.Манимча бу шархловчиларни Россияга шарх ўргангани мардикорга жўнатиш вақти келмадимикан.
   
02 iyu 21:50:07
Набижон Темиров
Супер лига ШАРХЛОВЧИлари билан шуғулланадиган юқори ташкилот борми бизларда, бу кўти похлар прямой эфирга ўтиришиб олиб кўнглига нима келса хиргойи қилиб ўтиришибди КАТТА ФУТБОЛ шархи бошқа томонда қолиб кетаяпти.Манимча бу шархловчиларни Россияга шарх ўргангани мардикорга жўнатиш вақти келмадимикан.
   
02 iyu 21:49:54
Набижон Темиров
Супер лига ШАРХЛОВЧИлари билан шуғулланадиган юқори ташкилот борми бизларда, бу кўти похлар прямой эфирга ўтиришиб олиб кўнглига нима келса хиргойи қилиб ўтиришибди КАТТА ФУТБОЛ шархи бошқа томонда қолиб кетаяпти.Манимча бу шархловчиларни Россияга шарх ўргангани мардикорга жўнатиш вақти келмадимикан.
   
02 iyu 20:52:45
Boburjon Xolmirzayev
Neftchi paxtakorda penalti borku oyoqa oynayapti top qolib ozlarini ozlarin ishantirib yurorasilar ekispor qarori zaril bas foydasi yoq
   
02 iyu 20:47:17
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Садақа фикр билдирадиган орқадан йиқитиб гол ўрган йиқитганга қизил берса бўларди Одил укаси қизил бериш керак эди. Сан фикринг бир тийин



   
02 iyu 20:44:48
Sodiq Nazarov
Хакамлар Насафни зарарига купрок карор чикарди Навбахор мухлислари нолиманглар
   
02 iyu 19:55:14
Chelsea vs Nasaf
1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nasaf xakamlar jamoasi ekan raxmatovga nega 2chi sariqni bermadi azimni gapirayotgan dalbayoplar
Шу ўринда Азим Аҳмедовга хам
   
02 iyu 19:48:05
JAMOLIDDIN1805
Abram Azizov foydalanuvchining fikriga javob berish
Nega unda Azim ahmedovni qupoliklariga qizil kursatilmaydi bulsa Odilni ukasi qonun hammaga bir hil usha vaqtga uyinchini oyogi sinsa nima bulardi bir emas ikki ta uyinchiga butsasini tag qismi bn jarohat etkazdi valomat hakamlar va vardagi ayrim harom hakoamlar kuzlari kur u vaziyatni kurmaydi yoki Odiljon pora bergan bularga qani haqiqat Navbahorni 2goliga 100foiz qupolik bor wdi nega jim var yoniga ham bormadi lekinNasaf gol urganda varni kurdi borib hullas uzbda futbol rivojlanmaydi bunaqa valomatlar bormi tanish bilish porahurlik bilmadim qanday qilib oilasiga harom luqma ediradi bu valomat hakamlar olloh insof bersin bularga uzb futbolini uldirdi bular uzr nourin gap suz yozgan bulsam
Oka qizishmen, hop Ana Sayfiyevni golida qoida buzish bor ekan, yuq joydan sudya penalti berdi, masala hal sudya asli yaxshi boshqardi, ikta kamanda ham zur uynadi
   
02 iyu 19:01:15
MuhammadOdil Xaydarov
Qachongacha Hakamlar noto`g`ri qaror qabul qilaveradi .bunga jiddiyroq chora ko`rish kerak bo`lmasa hakamlar doim shunaqa xato yo`l qo`yaveradi yoki bo`lmasa soqqani qilaveradi.
   
02 iyu 17:58:00
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
VAR Notoʻgʻri aralashdi degan gapni yuqotish kerak sababi qarorni baribir Bosh Hakam chiqaradi VAR ni vazifasi shubhali vaziyatlarda bosh hakamga yordam berishi kerak qaror qabul qilish bosh hakam vazifasi
   
02 iyu 17:55:14
Shuxrat Nabiyev
$$$$ foydalanuvchining fikriga javob berish
Хамма экспертлар шу ерда экану билмаган эканмиз диванний экспертлар
Сани каманданг хакамлар адолатсизлик килса Санам худодан куркмайдиган эксперт буламан инсон хамма нарсага чидайдию адолатсизликка чидамайди
И.КАРИМОВ
   
02 iyu 17:51:12
Shuxrat Nabiyev
Fayzullo Turgunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ундей холат булмади ейй уйинда наманган хам насаф хам босим билан уйнадийу хакам демелар хурмати кушнилар наманган хам мисол зур уйин килди йутказган бусаям томоша боп уйин булдийу биролар Андижон мухлиси
Гапизга плюс босишниям минус босишниям билмай колдим жарохат хакамларни билмай адашиши Насаф Навбахор 3..8 Билганим ЛДИЛБОЙ ПУЛНИ КУЧИНИ КУРСАТ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика