Superliga. "Neftchi" uchun hal qiluvchi palla."Paxtakor"ni qo'rqinchili "Bobur Arena" kutmoqda. Ishtaxasi ochilgan "Metallurg" Yaypanda "Turon"ga qarshi
05 okt 2023 16:03
Yangiliklar
Superliga. "Neftchi" uchun hal qiluvchi palla."Paxtakor"ni qo'rqinchili "Bobur Arena" kutmoqda. Ishtaxasi ochilgan "Metallurg" Yaypanda "Turon"ga qarshi
Jamoalar nafaqat bizni balki minglab muxlislarning ko'zini stadionga burishga tayyor. Ayniqsa intrigasi hali yo'qolmagan chempionatning har bir uchrashuvi ayrim masalalarga oydinlik kiritishi turgan gap.
"Turon" - "Metallurg"
—"Turon" 2 yil oldin Superligadagi birinchi tarixiy g'alabasini Yaypanda "Metallurg" ustidan qo'lga kiritgan edi. Orada bir pastga tushib chiqqan "Turon" yana o'z maydonida bekobodliklarni qabul qiladi. Mezbonlarga oson bo'lmasligi tabiiy. Ikkinchi davrada Vesko Steshevich shogirdlarining ishtaxasi ochilgan va jamoa so'nggi 5ta uchrashuvda liganing 13ta jamoasidan ko'p ochko jamg'ardi (12 ochko). Vaholanki, "Metallurg" mavsumning dastlabki qismida 13ta o'yinda 12 ochko ishlagandi, xolos. Ikkinchi faktor hujumdagi futbolchilar faolligi. Zabihillo O'rinboev ikkinchi davrada 7ta o'yinda 4ta gol 3ta assist qayd etgan bo'lsa, SHahzod Ubaydullaev so'nggi 2ta bahsda 3ta gol urdi. Bugungi to'qnashuvda mehmonlarning imkoniyati yuqori.
"Turon" esa davrani ko'tarinki ruhda boshlaganiga qaramay so'nggi o'yinlarda yana mag'lubiyatlar gidobiga tushib qoldi (ketma-ket 4 mag'lubiyat). SHunga qaramay "tulporlar"da hamon kuchlilar safida qolish imkoniyati butkul yo'qolmagan. "Buxoro"dan 2, "Qizilqum"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Jamoaning oldindagi taqvimiga havas qilmagan bo'lardim. Keyingi turlarda "Turon" "Paxtakor", "So'g'diyona", OKMK, "Neftchi"ga qarshi o'yinlar o'tkazadi. Real olib qaralganda ham imkoniyat juda past. Vaziyatdan chiqib ketish uchun jamoada ikkinchi davra boshidagi olov yana uyg'onishi kerak bo'ladi.
"Bunyodkor" - "Qizilqum"
Bunyodkor Avazbek O'lmasaliev - 57', Umidbek Sultonov - 82' |
Superliga. 21-tur 06/10/2023, 18:30 2
:
2
Tugadi
|
Qizilqum Islom Kenzhaboev - 50', Muhammadali G'iyosov - 75' |
— Navoiyliklar so'nggi o'yinlarda "otni qamchilash"ni boshladi. "Surxon" va "So'g'diyona"dan tortib olingan o'ta muhim 6 ochko sabab turnir jadvalida bir pog'ona yuqoriladi. Ikkinchi davrada mehmonda Qarshi hamda Toshkentdan ochko bilan qaytdi. Qisqasi "Qizilqum"da hozir jangovar va g'alaba kayfiyati hukmron.
"Bunyodkor" ikkinchi davrada o'z maydonida faqat bir marotaba g'alaba qozondi. Aleksandr Krestinin shogirdlari uydagi oxirgi 3ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchragan. "Buxoro" va "Surxon" bilan o'yinlarda so'nggi daqiqalardagi etiborsizlik, diqqatning yo'qolishi golga olib keldi. O'zaro o'yinlarda "qaldirg'ochlar" ketma-ket 3ta o'yindan beri "Qizilqum"ga mag'lub bo'lmoqda. So'nggi bor "Bunyodkor" 2021 yilning noyabr oyida raqibi ustidan g'alaba qozongan (1:0). Bu turda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladigan "Qizilqum" Navoiyga 3 ochko bilan qaytishini taxmin qilaman.
"Bunyodkor" - "Surxon" 0:1
Gol: Bobir Asqarov 85
"Bunyodkor" - "Buxoro"
Gollar: Asilbek Qayumov 21 (0:1), Milan Marchich 36 (1:1), SHohruz Norxonov 90+6 (1:2)
O'zbekiston kubogi.
"Bunyodkor" - "Surxon" 2:3
Gollar: Aleksey Nosko, 6 pen (1:0), Jahongirbek Abdusalomov, 18 (1:1), Jahongirbek Abdusalomov, 25 (1:2), Aleksey Nosko, 57 (2:2), Asadbek Karimov, 95 (2:3)
OKMK - "So'g'diyona"
OKMK Martin Boake - 47', Islom Tuxtaxo’jayev - 90' |
Superliga. 21-tur 07/10/2023, 17:00 2
:
3
Tugadi
|
So'g'diyona ZHavohir Qahramonov - 37', Marko Kolakovich - 38', ZHavohir Qahramonov - 72' |
— Mirjalol Qosimov jamoasidagi kamchiliklar haqida avvalgi maqolamda batafsil to'xtalgan edim. SHu bois yana batafsil qaytish shart emas, deb o'ylayman. OCHLdagi barqarorsizlik Superligada ham davom etmoqda. Ikkinchi davrada OKMK faqat "Olimpik"ni mag'lub eta oldi, 4ta uchrashuvda durang va 1ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Yuqoriga ko'tarilishdan ko'ra pastga tushib ketish xavfi yaqin. Unga yaqin "Surxon"da 30, "Andijon"da 28 ochko mavjud. "Konchilar"ni bu bahsda g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi.
⚡️OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvi haqida. Qosimov va OKMKda yagona ishonch chiptasi qoldi (tahlil)
"So'g'diyona"da barqarorlik yo'q. Bir qarasa o'z maydonida "Navbahor"ni mag'lub etadi, bir qarasa autsayder maydonida 4ta gol o'tkazib yuboradi. "Bo'rilar" oxirgi 5ta o'yinning faqat 1tasida g'alaba qozongan, 2ta durang va 2ta mag'lubiyatga uchragan. Mehmonda esa jamoaning omadi kelmayapti. Hozircha "Bunyodkor" maydonida qo'lga kiritilgan yutuq ikkinchi davradagi yagonasi bo'lib turibdi. Mazkur omillardan kelib chiqib aytganda bu bahsda ustunlik maydon egalarida. Olmaliqda OKMKning kichik hisobdagi g'alaba qozonishini taxmin qilaman.
"Neftchi" - "Nasaf"
Nasaf Jambuli Jigauri - 38', Andres CHaves - 90' |
Superliga. 21-tur 07/10/2023, 18:30 0
:
2
Tugadi
|
Neftchi |
— Turning markaziy uchrashuvi. "Nasaf" OCHLdagi shiddatni chempionat o'yinlarida ko'rsatishga qiynalmoqda. Muhim ochkolarni yo'qotmoqda. Ayniqsa o'z maydonidagi bellashuvlarda muammoga duch kelayotganini aytish mumkin. Qarshiga kelgan so'nggi 3ta jamoaga "ajdarlar" mehmondo'stlikni maromiga etkazib, "xaltasi"ga ochko solib jo'natmoqda. Hozircha yangi kelganlar o'zini ko'rsata olmayotgani haqiqat. CHavezning karomatini hali ko'rganimiz yo'q. Futbolchi tarkibga qachon qaytishi nomalum. Jaba esa faqat o'rtoqlik uchrashuvlaridagina sahnaga chiqyapti. Bu orada Aziz Amonov o'zini ko'rsatishni boshladi.
"Neftchi" o'tgan mavsumda Qarshiga safarida raqibini mag'lub etib, amalda "Nasaf"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini yo'qotishiga sabab bo'lgandi. Vitaliy Levchenko shogirdlari bu mavsumda mag'lubiyatga uchramaganini aytish joiz. Farg'onaliklar bu o'yindagi g'alaba orqali ochkolarini 40taga etkazib olishi mumkin (zaxirada bitta "Turon" bilan o'yin). Aksincha holat yuz bergan taqdirda sovrindorlar qatoridan tushib qoladi. Mavsumni qanday yakunlash "Neftchi"ning o'zining qo'lida. Fakt shuki, "Nasaf" bilan uchrashuv sovrindorlar qatoriga kirish yoki kirmaslik masalasiga qisman aniqlik kiritib beradi. Ikki jamoaning imkoniyatlaridan kelib chiqib mazkur o'yinda durang natija qayd etilishini taxmin qilaman.
"Andijon" - "Paxtakor"
Andijon Rubin Xebay - 84' |
Superliga. 21-tur 08/10/2023, 17:00 0
:
1
Tugadi
|
Paxtakor |
— Super muhit yaratishga odatlangan "Bobur Arena"ga bu safar "Paxtakor" keladi. "SHerlar"ning bugungi holati haqida ko'p gapirish mumkin. "Paxtakor"ning bu safar ham g'alaba qozona olmasligidan "Navbahor" yoki "Neftchi" foydalanib qolishi tayin. O'tgan yili "Paxtakor" so'nggi pallada qanday chempion bo'lgan bo'lsa, bu safar xuddi shu faqat teskari scenariyda imkoniyatni boy berishi mumkin. "So'g'diyona" va OKMK bilan o'yindagi duranglar sabab taqibchilari yaqinlashib oldi.
"Andijon" bu mavsumda kutilganidanda yaxshi natijalar qayd etmoqda, deb baralla ayta olamiz. Ayniqsa etakchilarning tushiga kirib chiqayotgan bo'lsa ajab emas. Bu turda "Andijon" "Paxtakor"ni yutib qo'ysa ajablanmayman va sensaciya, deb baholamayman. CHunki dastlabki davradagi to'qnashuvda "burgutlar" raqib maydonidan g'alabaga teng 1 ochko bilan qaytgan. Jamoa ikkinchi davrada o'z maydonida hali raqiblarga taslim bo'lgani yo'q. Umuman mezbon sifatida jamoa so'nggi bor 5 may kuni "So'g'diyona"ga yutqazgan. "Andijon" 2008 yilgi eng yaxshi natijasini takrorlashga intilmoqda. 5 o'rindagi OKMK bilan farq bor yo'g'i 2 ochko. OKMK esa oktyabr oyining so'nggida Andijonga keladi.
"Andijon"ning etakchilarga qarshi o'yinlari
"Nasaf" - "Andijon" 0:1
"Paxtakor" - "Andijon" 1:1
"Andijon" - "Nasaf" 0:0
"Neftchi" - "Andijon" 0:0
"Andijon" - "Navbahor" 2:1
Aleksandr Xomyakov jamoasi o'z maydonida kechadigan bellashuvda raqibini kichik hisobda yutishini taxmin qilib qolaman.
"Buxoro" - "Navbahor"
Buxoro |
Superliga. 21-tur 08/10/2023, 18:30 3
:
0
Tugadi
|
Navbahor Jamshid Iskanderov - 33', Asadbek Sobirzhonov - 88', Temurxo’ja Abduxoliqov - 90' |
— Autsayder va etakchi o'rtasidagi o'yinda favorit aniq. "Navbahor" barcha tomonlama raqibidan ustun. Tan olinadigan faktor. Ammo tomoni shuki, "Navbahor" mehmonda "So'g'diyona" va "Andijon"ga engildi. Bu bilan aytmoqchimanki, "Navbahor" yutib bo'lmaydigan jamoa emas. "Buxoro" ayni paytda Pro liga eshiklari oldida turibdi. SHu bois g'alaba suv va havodek zarur. Bakaev o'z maydonida Babayanga jang taklif qiladi. Bu jangda "lochinlar"ning imkoniyati yuqori.
"Surxon" - "Olimpik" uchrashuvi 19 noyabr sanasiga qoldirilgan.
Muallifning telegram kanali - PRESSBALL
Fikrlar