So’nggi yangiliklar

14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  1 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  1 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  3 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  10 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  44

Superliga. "Navbahor"ning Namangandagi hukmronligi davom etadimi? "Neftchi"ni kim to'xtatadi? Yangiliklar

Superliga. "Navbahor"ning Namangandagi hukmronligi davom etadimi? "Neftchi"ni kim to'xtatadi?

Ertaga Superliganing 16-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Oldinda bizni nafaqat turning balki mavsumning eng qaynoq o'yinlari kutmoqda. Mazkur o'yinlar oldidan ayrim qiziqarli faktlarga to'xtalib o'tamiz. 

- Ayni paytga kelib Superligada mag'lubiyatsiz odimlayotgan faqat bitta jamoa qoldi. Turnir jadvalida mag'lubiyatlar degan qatorida "Neftchi"da hamon 0 raqami saqlanib turibdi. Superligadagi so'nggi bunday uzun mag'lubiyatsiz seriya "Paxtakor"ga tegishli bo'lib, 2019 yilgi mavsumda "sherlar" 24-turgacha mag'lubiyatga uchramagan. 

- "Neftchi" mag'lubiyatsiz seriyasi bo'yicha 2007 yilgi natijasini yaxshiladi. "Neftchi" mavsum startidan 13-turgacha mag'lubiyatsiz seriya ko'rsatgan. 2008 yilgi natijani yaxshilash uchun esa farg'onaliklar yana 2ta turda raqibidan 3 ochko tortib olishi kerak bo'ladi. 2008 yilgi mavsumda 12 apreldan 20 sentyabrgacha 17ta bellashuvda uch ochko yo'qotmagan. 16-turda Farg'onaga Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" tashrif buyuradi. "Neftchi"ni to'xtatish kimga nasib qiladi?

- Joriy mavsumda o'z maydonida yo'qotishlarsiz yuz foizlik natija bilan kelayotgan yagona jamoa "Navbahor" bo'lib turibdi. Samvel Babayan shogirdlari Namanganda o'tgan 7ta o'yinda 7ta g'alaba qayd etgan, 14ta gol urgan va 1ta gol o'tkazib yuborgan. "Lochinlar"ga mehmondagi yagona golni "Olimpik" urgan. O'tgan mavsumda "Navbahor"ni uyda mag'lubiyatga uchratish faqat "So'g'diyona"ga nasib qilgan edi. Katta ehtimol bilan bu anana ertaga ham davom etadi. "Navbahor" markaziy to'qnashuvda "Paxtakor"ni qabul qiladi. 

- "Qizilqum" bu mavsum mehmonda raqiblaridan 3 ochko olgani yo'q. Navoiyliklar safarda so'nggi bora 10 avgust kuni "Bunyodkor" bilan o'yinda ortga 3 ochko bilan qaytgan. Jamoa navbatdagi turda o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi. 


- OKMK mezbon sifatida hali durang bilan o'yinni yakunlamadi. "Konchilar" 7ta o'yinning 4tasida g'alaba, 3tasida mag'lubiyat qayd etgan. 

- O'z maydonida g'alaba qozonmagan bitta jamoa qoldi. U ham bo'lsa "Bunyodkor". "Qaldirg'ochlar" nafaqat uyda balki umumiy 10ta uchrashuvdan beri g'alabasiz seriyasini davom ettiryapti. Bu borada allaqachon klub tarixidagi eng yomon natija qayd etib bo'lingan. "Bunyodkor" so'nggi marotaba mezbon maqomida so'nggi bor 2022 yilning noyabr oyida "Surxon"dan ustun kelgandi (2:1). "Bunyodkor" stadionidagi oxirgi g'alaba 2022 yil 31 mart kuni "Dinamo" (2:1) ustidan qo'lga kiritilgan. Aleksandr Krestinin shogirdlari 12 avgust kuni Toshkentda "Andijon"ni qarshi oladi. Balki bu o'yinda "qaldirg'ochlar" o'zining yoqimsiz seriyasiga barham berar. 

- Mehmonda murosa ko'chasini tanlashdan bosh tortgan ikki jamoa qoldi. Bular "Paxtakor" va "Buxoro". Poytaxt klubi 6ta uchrashuvning 5tasida yutuqni o'ziniki qildi, 1ta bahsda mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turda Farg'onaga borgan amaldagi chempionlar ortga quruq qo'l bilan qaytishga majbur bo'lishgan edi. Ertaga ularni yanada qiyin bahs kutmoqda, "Navbahor" bilan o'yin esa ko'p narsaga aniqlik kiritib berishi mumkin. "Buxoro"ning safardagi bu mavsumdagi birinchi va oxirgi g'alabasi "Turon" bilan o'yinda nishonlangan. 

- "Turon" 15-turga kelib turnir jadvalidagi 0 raqamini o'zgartira oldi. Yorqin Nazarov boshchiligida katta tezlik olgan "tulporlar" "Nasaf"ni engishni uddasidan chiqdi. Bu o'z maydonidagi ilk tantana bo'lib qolmay Superligada mavsumdagi g'alabalar sonini ham ochdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика