So’nggi yangiliklar

00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  36 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  3

Superliga. Gollarga boy uchrashuvda "Paxtakor" "Nasaf"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. Gollarga boy uchrashuvda "Paxtakor" "Nasaf"dan ustun keldi

Superliganing 11-tur markaziy bahsida "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi.

Uchrashuvdan matnli translyaciyani shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.


YANGILASH


17:40. Assalomu alaykum qadrli futbol ihlosmandlari! Qarshi shahridagi "Markaziy" stadiondan "gapiramiz"!

17:45. Jamoalar biroz avval stadionga etib kelishdi. Qarshida havo tez-tez aynib turibdi. Bir qarasang juda issiq, bir qarasang engil shamol esib turibdi, bir qarasang esa havoni avzoyi buzuq. Orada bir sharros yomg'ir ham qo'yishga ulgurdi. Hozir esa ayni futbol o'ynaydigan havo hukmronlik qilmoqda.

17:50. Darvozabonlar chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga chiqib kelishdi. Ibrohim Yilmaz Eldorbek Suyunovni shug'ullantiryotgan bo'lsa, narigi tarafda Suyunovning ustozi Denis Ivankov Sanjar Quvvatovni "qizitmoq"da.

- O'tgan yili "Nasaf" sharafini himoya qilgan Eldorbek Suyunov, SHerzod Azamov, Dilshod Rahmatlullaev, Akmal SHorahmedov, Bahrom Abduraximov bugun sobiq jamoasiga qarshi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashadi. Farruh Sayfiev esa zaxirada qoldirilgan. SHuni qayd etish kerakki, Azamov o'tgan yilgi bahsda "Nasaf"ga qarshi Qarshida zaxiradan maydonga tushishga ulgurgandi. Suyunov esa ilk marotaba o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi. Abduraximov, Rahmatullaev, SHorahmedov, Sayfiev esa o'tgan yili "Paxtakor" ustidan yirik g'alabani "Nasaf" tarkibida nishonlashgandi.

- Ro'ziqul Berdiev anchagina kutilmagan tarkibni bugun maydonga tushirdi. Tarkib nimasi bilan kutilmagan? Gap Jasur Hasanovni zaxirada qoldirilgani bilan bog'liq emas. SHunchaki taktik sxema va bazi o'yinchilarning joylashuvi borasida Berdiev hamkasbi Arveladze "sovg'a" tayyorlagan ko'rinadi. Arveladze esa odatiy tarkib va taktik sxemani qo'llamoqda. "Paxtakor" o'yin borishi bilan 4-2-3-1 sxemadan vaziyat taqozo etsa 4-4-2ga o'tishi mumkin. "Nasaf" esa bugun katta ehtimol bilan 3 markaziy himoyachi bilan o'ynaydi. Golban va G'olib G'aybullaevga markazda Lukich hamroxlik qilishi kutilmoqda. Qanotlar esa Narzullaev va Rahmatovga ishonib topshirilgan. SHarof Muhitdinov esa markaziy yarim himoyada o'ynashi kutilmoqda.

17:55. "Paxtakor"ning bir guruh ishqibozlar guruhi Toshkent shahridan bugungi o'yinga o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurishgan.

17:56. "Markaziy" stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda. Ishqibozlar uchun esa chiroyli hurliqo mahalliy xonanda Gulsanam Mamazoitovaning "Layli" hamda "Kel" qo'shiqlarini ijro etmoqda. Jamoalar esa maydonga chiqib kelib chigalyozdi mashqlarni bajarishga kirishishdi.

18:00. O'yin boshlanishiga 30 daqiqa qoldi. Hozircha stadionga muxlislar "yomg'iri" kuzatilmayapti. Taxminan 3-4 ming ishqibozlar stadionga kelishgan.

Sport TVda bugungi o'yinlarni kimlar sharhlashi malum

Ravshan Ermatov kim uchun omadli?

Super o'yin taqdirini hal etadigan asosiy faktor - murabbiy imzosi

18:15. Jamoalar chigalyozdi mashqlarni yakunlab kiyinish xonasiga yo'l olishmoqda. Uchrashuv boshlanishiga esa sanoqli daqiqalar qolmoqda. Markaziy tribunalarning aksariyat qismi esa hali-hamon bo'sh. Kutilmagan manzara...

18:20. Ayni paytga kelib ajoyib bahoriy havo hukmronlik qilmoqda. Havo maxsus futbol o'ynash uchun desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Ishqibozlar esa stadion tribunalarini to'ldira olishmayapti. Markaziy uchrashuvdagi kutilmagan holat

- "Nasaf"da ham, "Paxtakor"da ham boshlang'ich tarkibda uchtadan legioner futbolchilar harakat qilishadi. Zaxirada esa bittadan legionerlar o'rin olishgan.

18:27. Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

O'YIN BOSHLANDI! 

2. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! MASHARIPOV! "Paxtakor"ning ilk hujumiyoq golga aylandi. SHorahmedov-Abduraximov-Masharipov uchligi ishtirok etgan hujumni Jaloliddin Masharipov muvaffaqiyatli yakunladi.

4. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! "Nasaf"ning tezkor javobi! Burchak zarbasidan keyin G'olib G'aybullaev hisobni tenglashtirdi - 1:1.

5. Ajoyib o'yin! Quvnoq bahs! Hujumkor start!

6. Har ikkala gol ham jamoalarning markaziy himoyadagi pala-partishliklaridan keyin vujudga keldi.

8. Jamoalar maydon markazidagi ustunlikni qo'lga olish uchun kurashishmoqda. Hozircha har ikkala jamoaga bu nasib etmayapti. Ochiq futbol ko'ryapmiz.

9. Dragan CHeran jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ravshan Ermatov esa bu vaziyatni baholashni darvoza ortida ishlayotgan Kovalenkoga qoldirdi. Valentin Kovalenko bu vaziyatda Suyunov emas, CHeranni o'zi yiqildi deb topgani uchun penalti belgilanmadi.

10. O'yin tempi ancha yuqori.

15. "Paxtakor"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi besamar ketdi. "Nasaf" o'yin tizginini qo'lga olishga urinmoqda. Ammo hozircha bunga "Paxtakor" yo'l qo'ymayapti.

16.  Xavfli vaziyat! Ismoil Gonsalvesh Quvvatovni xato qilishga majbur qildi, ammo uning o'zi bo'sh qolgan darvozani "o'qqa" tutish o'rniga sirpanib tushdi. Juda qulay vaziyat ko'kka sovurildi.

20. To'p nazorati "Paxtakor"ga o'tdi. "SHerlar" "Nasaf" himoya chizig'ini uzun paslar orqali yorib o'tishga ko'p urinishmoqda. "Nasaf" esa qisqa paslar orqali hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

22. O'yin shiddati biroz pasaydi. Jamoalar endi tezkor hujumga emas, pozicion hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda.

25. "Nasaf"ning uzoq o'ylagan hujumi rivojlanmay qoldi.

26. Bezerra bir futbolchini mohirlik bilan aldab o'tib darvozaga kuchli zarba yo'lladi. To'p yo'liga Golban tug'anoq bo'ldi. Kuchli zarbni qabul qilib olgan Golbanga esa klub shifokorlari tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

28. Havoning bahoriy injiqliklari boshlandi. Qarshida kuchli yomg'ir sharros qo'yishni boshladi.

30. "Paxtakor"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini Kozak rivojlantirdi, ammo Abduraximovning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

36. "Nasaf" burchak zarbasini amalga oshirdi. Lukichning oshirib bergan to'pini Suyunov mushtlari bilan o'z darvozasi oldidan uzoqlashtirdi.

38. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! BOBIR ABDIXOLIQOV! Dragan CHeranning ajoyib pasidan so'ng Bobir Abdixoliqov birga-bir vaziyatni golga aylantirdi - 2:1!

39. "Nasaf"ning yana bir xavfli hujumini SHerzod Azamov vaqtida bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. "Nasaf"ning hujumlari juda o'tkir chiqmoqda.

40. Yomg'ir kuchaygani sari "Nasaf"ning hujumlari ham kuchaymoqda. Yoki aksincha.

41. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! Ismoil Gonsalvesh! "Paxtakor" tezkor javob qaytarmoqda! Bezerraning to'p uzatishidan so'ng Gonsalvesh Quvvatov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi - 2:2.

42. Ajoyib futbol! Superligadagi super jamoalarning super darajadagi o'yini!

45. "Paxtakor" tanaffusga hisobda oldinda holda chiqib ketishi mumkin edi. Masharipovning ajoyib to'p uzatmasidan keyin Gonsalvesh mo'ljalni olishda adashdi.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

Ikkinchi taym boshlash uchun jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ular hakamlar guruhini kutishmoqda.

46. Ajoyib spektaklning ikkinchi qismiga marhabo! O'yin davom ettiriladi.

47. "Paxtakor" burchak zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgandi. Ammo mehmonlarning ushbu urinishi besamar ketdi. Quvvatov havodan kelayotgan to'pni ilib oldi.

49. Uhhhhhhhhhh! Dilshod Rahmatullaevning uzoqdan tepgan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

50. "Paxtakor" jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo hujumda fol ishlatgani uchun hujum yakunlayman qoldi.

51. "Nasaf"da majburiy o'zgarish: Jarohat olgan Bobir Abdixoliqov o'rniga Islom Kenjaboev maydonga tushdi.

53. "Nasaf" burchak zarbasini amalga oshirdi. Lukichning oshirib bergan to'pini Suyunov qaytarib yubordi.

55. Lukich Muhitdinovga jarima maydonchasi ichiga ajoyib uzatma berdi. Ammo SHarof bu vaziyatda to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.

56. "Paxtakor"ning hujumini Tiago Bezerra samarali yakunlay olmadi.

58. "Paxtakor"ning hujumi. Kozakning to'p oshirishidan so'ng Masharipov boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

59. "Nasaf"ning hujumi o'ng qanotdan rivoj oldi. Doniyor Narzullaevning zarbasini Suyunov qaytardi.

63. SHarof Muhitdinov o'rniga Jasur Hasanov maydonga tushdi.

65. Darvozalar oldidagi xavf ancha kamaydi. O'yin asosan maydon markazi atrofida kechmoqda. Har ikkala jamoalar uchinchi golni urish choralarini qidirishmoqda.

66. "Nasaf"ning burchak zarbasidan keyin Suyunov to'pni ushlab oldi va tezkorlik bilan jamoasi hujumini boshladi. Masharipovning Abduraximovga uzatgan to'pini Bahrom golga aylantira olmadi. Sanjar Quvvatov bu vaziyatda ishonchli o'ynab, jamoasini goldan saqlab qoldi.

68. Ismoil Gonsalveshning uzoqdan darvozaga yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tegib ketdi. "Paxtakor" burchak zarbasidan esa unumli foydalana olmadi.

69. Dilshod Rahmatullaevning kuchli zarbasini Quvvatov qaytardi!

71. G'olib G'aybullaev jarima maydonchasi oldida Masharipovga nisbatan qoidani buzdi. "Paxtakor" xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.

72. Tiago Bezerra tomonidan tepilgan zarba mo'ljalga aniq bormadi.

77. "Nasaf"da o'zgarish: Odil Hamrobekov o'rniga Islom Rashidxonov tushdi.

79. Eldor Suyunov jamoasini goldan qutqarib qoldi. Islom Kenjaboevning yakkama-yakka vaziyatga chiqib kelishini payqagan darvozabon xavfni o'z vaqtida payqadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

80. "Paxtakor"da o'zgarish: Dilshod Rahmatullaevning o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi.

83. Doniyor Narzullaev Jaloliddin Masharipovni jarima maydonchasi ichida ushlab qolib yiqitdi. Penalti!

84. Gollllllllll! Ismoil Gonsalvesh! Portugaliyalik hujumchi "nuqta"dan adashmadi - 2:3.

86. "Nasaf" hujumga o'tishga harakat qilmoqda. Ammo hozircha o'ylangan kombinacion hujumlar ish bermayapti.

89. "Paxtakor"da o'zgarish: Ismoil Gonsalvesh o'rniga Rostin Griffits maydonga tushdi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90+1. "Paxtakor"da o'zgarish: Bahrom Abduraximov o'rniga Jasur Yaxshiboev maydonga tushdi.

O'YIN YAKUNLANDI! 

"Paxtakor" gollarga boy o'tgan bahsda muhim g'alabani tantana qildi.


Nasaf

G'olib G'aybullaev - 4', Bobir Abdixoliqov - 38'

Superliga. 11-tur

11/05/2018, 18:30

3
:
2
Tugadi

Paxtakor

Jaloliddin Masharipov - 2', Ismoil Gonsalvesh - 41', Ismoil Gonsalvesh - 84'

45'
90'
4'  G'olib G'aybullaev
38'  Bobir Abdixoliqov
38'  Dragan CHeran
49'  Aziz G'aniyev
51'  Bobir Abdixoliqov (Islom Kenzhaboev)
63'  Sharof Muhitdinov (Jasur Hasanov O)
77'  Odiljon Hamrobekov (Islom Rashidxonov)
84'  Doniyor Narzullayev
2'  Jaloliddin Masharipov
2'  Bahrom Abdurahimov
41'  Ismoil Gonsalvesh
41'  Tiago Bezerra
80'  Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskanderov)
84'  Ismoil Gonsalvesh
84'  Jaloliddin Masharipov
89'  Ismoil Gonsalvesh (Rostin Griffits)
90'  Bahrom Abdurahimov (ZHasur YAxshiboev)

Superliga
11-tur
11.05.2018, 18:30
"Markaziy" stadion, Qarshi
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:3
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov
Darvoza chizig'idagi hakamlar: Valentin Kovalenko, Axrol Risqullaev
Zaxira hakami: Asker Najafaliev
Nazoratchi:  Rashid Aytekov  
Uchrashuv komissari: Mamur Saidqosimov

Gollar: Jaloliddin Masharipov (2, Abduraximov), G'olib G'aybullaev (4), Bobir Abdixoliqov (38, CHeran), Gonsalvesh (41, Bezerra, 84-penalti)

"Nasaf" (5-3-2): 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 5.G'olib G'aybullaev - 17.Doniyor Narzullaev, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (27.Islom Rashidxonov, 77), 14.SHarof Muhitdinov (77.Jasur Hasanov, 63), 31.Saydullo Rahmatov -  10.Bobir Abdixoliqov (20.Islom Kenjaboev, 51), 69.Dragan CHeran (s).
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 18.Bobir Davlatov,  21.Jahongir Aliev, 38.Akmal Mozgovoy, 52.SHerzod Temirov.

"Paxtakor" (4-4-2) : 25.Eldor Suyunov - 2.Akmal SHorahmedov, 55.Marko Simich, 4.SHerzod Azamov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullaev (10.Jamshid Iskanderov, 80) - 9.Jaloliddin Masharipov, 18.Bahrom Abdurahimov (22.Jasur Yaxshiboev, 90) - 77.Tiago Bezerra, 11.Ismoil Gonsalvesh (80.Rostin Griffits, 89)
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Axmadov, 15.Egor Krimec, 20.Jasur Hakimov, 34.Farruh Sayfiev.

Reyting: +94   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика