So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  3 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Superliga matbuot kotiblariga sertifikatlar topshirildi Yangiliklar

Superliga matbuot kotiblariga sertifikatlar topshirildi

O'zbekiston Professional futbol ligasi ish rejasi doirasida Superliga klublari matbuot kotiblari uchun seminar tashkil qilindi.

Seminarda Professional Futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov, PFL bosh direktori o'rinbosari Mirsardor Alimov, O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig'i Mamur Saidqosimov, ayollar futboli bo'yicha mutaxassis Alisher Fayziev, futzal hakami SHuhrat Po'latov va boshqa masullar ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida o'tkazilgan mazkur seminarda soha mutaxassislari  tomonidan klub matbuot kotiblari faoliyati va vazifalari, OAV bilan ishlash, hakamlik va nazoratchilik, ayollar futboli va futzal bo'yicha yangi qoidalar, yangi tahrirdagi Reglament bilan tanishtirish, OCHL bahslarida OAV xodimlari bilan ishlash, marketing, OAV vakillari uchun axloqiy normalar, talablar kabi masalalar yuzasidan taqdimotlar o'tkazildi.

SHuningdek, matbuot kotiblari o'zlarini qiziqtirgan savollar, o'ylantirayotgan muammolar bo'yicha savollar berishdi, sohani yanada rivojlantirish borasida takliflar kiritishdi. Taklif va mulohazalar inobatga olindi.


Seminar yakunida Superliga matbuot kotiblariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика