So’nggi yangiliklar

01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  5 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  7

Superliga. AGMK Muborakda mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi Yangiliklar

Superliga. AGMK Muborakda mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

Teglar :  MashalAGMK
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" - AGMK uchrashuvi yakunlandi.


MASH'AL – AGMK 2:0 

Gollar: Abduraimov 4, Akramov 45, Jo'raev 90+4.

19 may 2021. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:30
Hakamlar:
Ilya Ilin, Husniddin SHodmonov, Akmal G'iyosov, Davron Akmalov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev

"Mashal": 12. SHohruh Eshbo'taev, 2. Zafarbek Akramov (77. Ibrohim No'monov 67), 8. Mikael Ibe Okoro (7. Ifeani Ifeani 72), 10. Humoyun Murtozaev (20. Xudoyorxon Sagdullaev 81), 11. Samuel CHigoze, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 19. Sardor Abduraimov (13. SHahzod SHaymonov 81) , 22. Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar SHukurillaev, 27. Muhammad Yuldashev
Zaxira: 1. Botir Nosirov, 35. Dostonbek To'xtaboev, 9. Doniyor Usmonov, 33. Sirojiddin Allaev, 99. Jahongir Abdusalomov

AGMK: 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliev (20.Mirg'iyos Sulaymonov), 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov (22.Sanjar SHoahmedov 60), 2.Akrom Komilov - 5.Dilshod Jo'raev, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (9.Zafar Polvonov, 42), - 28.SHohruh Gadoev (11.Murod Toshmatov 46), 18.Aleksandr Kasyan, 10.Husniddin G'ofurov (94.Elvin Fortes 46).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 35.Valijon Rahimov - 8.Bobur Yo'ldoshev, 29.Vladimir Kozak.

Ogohlantirish: Yuldashev 34, Rahmonov 41, Ifeani 90.


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi! "Mashal" AGMKni mag'lubiyatga uchratib, qimmatli 3 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.


90+4. GOOL! Murod Toshmatovning uzatmasidan so'ng Dilshod Jo'raev boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joyladi - 2:1!

90+3. So'nggi daqiqalar asabiy ruxda kechmoqda.

90. Hakam ikkinchi bo'lim uchun 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

90. Ifeani Ifeani raqib futbolchisi Fortesga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka ishlab oldi. 

86. "Mashal" futbolchilari vaqtni cho'zishmoqda.

81. Murtazoev o'rniga Sagdullaev maydonga tushirildi. Abduraimov o'rniga esa SHaymanov o'yinni tugatib qo'yadi. 


79. Takroriy vaziyatda ko'rindi - AGMK futbolchisi mehmonlar vakilini turtib yuborgan ekan. 

78. AGMK futbolchilari gol urishgandi. Ammo nima uchundir hakam golni hisobga olmadi. 

77. AGMK safida Dilshod Ahmadaliev o'rniga Mirg'iyos Sulaymonov o'yinni javom ettiradi.

75. Qo'zievning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

72. Mezbonlar tarkibida Okoro o'rniga Ifeani maydonga tushirildi. 

70. AGMK bosmoqda. Ammo jamoaga omad etishmayapti.

67. "Mashal" safida Akramov o'rniga No'monov maydonga tushdi.

63. Akrom Komilovning chap oyoqda bergan zarbasi ham xavfli ko'rinish oldi. Biroz noaniq.

61. Zarbaaa! Toshmatovning bergan zarbasini Eshbo'taev bartaraf etdi!

60. AGMK safida Rahmonov o'rniga SHoahmedov o'yinni davom ettiradi. 

58. Jo'raevning boshi bilan bergan zarbasini Eshbo'taev ushlab oldi. 

57. AGMK bosim qilmoqda. Ammo hozircha "Mashal" vakillari bexato himoyalanishmoqda. 

54. Sirojiddin Qo'zievga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

54. Polvonov ajoyib uzatma bilan Fortesni qulay vaziyatga chiqardi. Lekin himoyachilar Elvinga zarba berish imkonini qoldirishmadi.

50. Fortesning uzoqdan bergan zarbasi noaniq.

48. AGMK o'ng qanot orqali oldinga o'tmoqda.

46. Olmaliqliklar safida Gadoev o'rniga Toshmatov, G'ofurov o'rniga Fortes tushdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Tanaffus vaqtida zerikmasligingiz uchun hamkasbimiz Faxriddin Ro'ziev tomonidan bugun yozilgan maqolani o'qib turishingiz mumkin - Buxorolik hakam — "Mashal"ning omad tumori

TANAFFUS

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! 

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi. 


45. GOOOL! Zafarbek Akramov Abduraimovning etkazib bergan to'pini golga aylantirdi va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi!

43. Zarbaaa! Murtazoevning bergan zarbasini Botirali Ergashev bartaraf etdi.

42. Mirjamol Qosimov o'rniga Zafar Polvonov maydonga tushirildi. Qosimovda jarohat bor.

41. Sardor Rahmonov raqib hujumini ochiqchasiga buzdi va sariq kartochka ishlab oldi. 

34. Muhammad Yuldashev Kasyanga qarshi qo'pol harakat qildi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

33. AGMKning navbatdagi hujumi samarasiz bo'ldi.

29. "Mashal" futbolchisidan uzoqdan berilgan zarba. Ammo kuchsiz va samarasiz.

24. Kichik tanaffus - "Waterbreak!"

19. Sanjar Tursunovning uzoqdan bergan zarbasini Eshbo'taev bartaraf etdi.

17. Endi mezbonlar o'ng qanot orqali hujum tashkil etishdi. To'p olmaliqliklar tomonidan bartaraf etildi. 

13. AGMK goldan so'ng oldinga bormoqda. "Mashal" himoyachilari esa himoyada bexato harakat qilishmoqda. 

6. Husniddin G'ofurovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.



4. GOOOL! Sardor Abduraimovdan supergol! Uning uzoq masofadan bergan zarbasi AGMK darvozasidan joy oldi!

3. AGMK o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

1. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. "Mashal" hamda AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика