Superliga. Mart oyining eng yaxshi darvozaboni - Murodjon Zuhurov
18 apr 2018 20:05
Yangiliklar
Superliga. Mart oyining eng yaxshi darvozaboni - Murodjon Zuhurov
PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada mart oyining eng yaxshilarini aniqladi.
"Bunyodkor" darvozaboni Murodjon Zuhurov Superligada mart oyining eng yaxshi darvozabon deb topildi.
Zuhurov mart oyida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi. U "Paxtakor" bilan o'yin so'nggida raqib futbolchisi tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytarib jamoasi g'alaba qozonishini taminlab berdi. Posbon mana shu ikki uchrashuvda 8 marta seyv qildi.
Mart oyida eng yaxshi darvozabon bo'lish uchun O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912"), Botirali Ergashev ("Navbahor"), Eldorbek Suyunov ("Paxtakor") va Zafar Safoev ("Metallurg") kabi posbonlar ham davogarlik qilishdi.
Fikrlar