So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Superliga: Markaziy to'qnashuvda chempionlik poygasi davom etadi (prevyu) Yangiliklar

Superliga: Markaziy to'qnashuvda chempionlik poygasi davom etadi (prevyu)

Superliganing 8-turi doirasidagi eng markaziy to'qnashuv Toshkentda kechadi.

Mazkur bahsda peshqadam "Paxtakor" o'z uyida chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarni taqib qilayotgan uchinchi o'rindagi "Navbahor"ni mehmon qiladi.

Paxtakor

Dragan CHeran - 20', Dragan CHeran - 53'

Superliga. 8-tur

11/05/2019, 19:45

2
:
2
Tugadi

Navbahor

Oston O'runov - 59', Abduzhamol Isroilov - 82'

45'
90'
20'  Dragan CHeran
20'  Farrux Sayfiev
53'  Dragan CHeran
62'  Egor Krimets
68'  Farrux Sayfiev
75'  Marat Bikmayev (Igor Sergeyev)
29'  Slavko Lukich
36'  Aleksandr Kasyan
43'  Slavko Lukich (Obid Jo’raboyev)
45'  Abduzhamol Isroilov
49'  Ivan Solovyov
59'  Oston O'runov
59'  Abbos G'ulomov
78'  Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov)
82'  Abduzhamol Isroilov
82'  Oston O'runov
90'  Obid Jo’raboyev (Shahzod Shaymanov)
90'  O’tkir Yusupov

Azaldan mazkur jamoalar o'rtasidagi bellashuv qizg'in va principial ahamiyat kasb etgan. O'rtada malum muddat "Navbahor" jamoasida pasayish yuzaga kelgandi. Ammo yaqin 3 yildan buyon o'sha eski qarama-qarshilik yana qayta tiklandi. "Navbahor"ning kuchayishi va "Paxtakor" doim o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yib borishi natijasida mazkur to'qnashuv ahamiyati avvalgi mavqeini tikladi.


Qayd etish kerakki, joriy mavsumda "Navbahor" biroz bo'sh start oldi. "Paxtakor" esa aksincha, mavsum startini ancha ishonchli va katta ishtiyoq bilan boshladi. Lekin uchinchi turdan keyin uyg'ongan namanganliklar mana qatorasiga 4 o'yindirki mag'lubiyat nimalagini bilmay kelishmoqda. "Paxtakor" esa yangi mavsumda umumiy hisobda atigi bir marotaba OCHL doirasidagi bahsda taslim etildi. CHempionatda esa hozircha mag'lub bo'lmagan yagona jamoa sifatida qolmoqda. "Navbahor" esa katta ehtimol chempionatda "Paxtakor"ni ranjitgan ilk jamoaga aylanishga urinib ko'radi. Har holda Andrey Kanchelskis chempionlik poygasi hali uzoq davom etishini takidlab, "Paxtakor" aynan ular bilan o'yinda qayta sinovdan o'tishini takidlagandi.

"Paxtakor" joriy mavsumda umumiy hisobda 14 o'yinni o'tkazishga ulgurdi. "Navbahor" esa hozircha bugungi raqibi o'tkazgan uchrashuvlarning teng yarmida, yani 7 bahsda maydonga tushgan. SHu jihatning o'ziyoq ayni paytda "Paxtakor" "Navbahor"ga nisbatan jismoniy taraflama ikki hissa ko'proq yuklamalarni qabul qilganini ko'rsatib turibdi. Yani, "Navbahor" bugungi bahsda raqibiga nisbatan ancha tetikroq holatda. Mazkur ustunlikdan Kanchelskis jamoasi qay darajada naf chiqara oladi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.

"Paxtakor" safidagi yo'qotishlarga etibor qaratadigan bo'lsak, bugungi bahsda Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov kabi futbolchilar jarohatlari bois jamoaga yordam bera olishmaydi. SHuningdek, SHota Arveladze bugungi bahsda bazi asosiy tarkib futbolchilariga hordiq chiqarib olish imkoniyatiga tug'dirgan holda rotaciyaga qo'l urishi mumkin. Taqvimdagi zichlik va qator futbolchilar uzluksiz o'yin o'tkazishayotganligi tufayli OCHLdagi muhim uchrashuv oldidan Arveladze zaxirada qolib ketayotgan bazi futbolchilarga o'ynash imkoniyatini taqdim etish ehtimoli yuqori.


"Navbahor" tarkibida esa yo'qotishlar yo'q. Jarohati tufayli malum vaqt safdan chiqqan Igor Golban o'tgan turda zaxiradan maydonga tushirildi va muhim bahs oldidan o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Aytish kerakki, Golbanning "Paxtakor"ga qarshi bahs oldidan safga qaytgani jamoa uchun ayni muddao bo'ldi. Aynan Igor Golban "Navbahor" jamoasining mudofaa chizig'ining haqiqiy etakchisi sanaladi.


"Paxtakor" - "Navbahor" to'qnashuvi shuningdek chempionat to'purarlari o'rtasidagi duelni ham taqdim etadi. "Paxtakor"ning serbiyalik legioneri Dragan CHeran va "Navbahor"ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyan hisobida 6tadan gol mavjud va ular Temurxo'ja Abduxoliqov va Zafar Polvonov singari to'purarlik poygasida peshqadamlik qilishmoqda. Bugungi to'qnashuvda peshqadam to'purarlarning o'zaro qarama-qarshiligida qaysi hujumchi yana o'z nomini tabloga yozdirib qo'ya oladi? Mazkur duel ham muxlislarga katta qiziqish uyg'otishi tabiiy.

Qayd etish kerakki, mazkur o'yin SHota Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor"ning 67-o'yiniga aylanadi. "Paxtakor" gruziyalik mutaxassis qo'l ostida o'tkazilgan 66 uchrashuvning 44tasida g'alaba qozongan, 12 durang va 10 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 120-49. Bugungi ehtimoliy g'alaba SHota Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor"ning 45-g'alabasiga aylanishi mumkin. 



Andrey Kanchelskis esa hozirgacha "Navbahor" rulida 14 o'yinda ishlashga ulgurdi. Rossiyalik mutaxassis qo'l ostida namanganliklar 6 g'alabaga erishishdi, 3 durang va 5 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 16-14.

Kanchelskis hozircha 2 marotaba "Buxoro"ni engdi va shuningdek bir martadan "Nasaf", "So'g'diyona", "Surxon" va "Bunyodkor" ustidan g'alaba qozondi. "Lokomotiv"dan esa doim mag'lubiyatga uchrab kelmoqda.  Hozircha o'tkazilgan barcha uchala bahsda ham Kanchelskis boshqaruvida "Navbahor" "temiryo'lchilar"ga mag'lub bo'lishgan. SHuningdek, "Metallurg" va "Bunyodkor" ham Kanchelskisning "Navbahor"ini yutgan jamoalar qatorida. Durang esa "Qo'qon-1912", "Dinamo" va "Paxtakor" bilan qayd etilgan.

SHota Arveladze va Andrey Kanchelskisning O'zbekiston chempionatidagi hozircha yagona bo'lib turgan to'qnashuvida g'olib nomi aniqlanmagandi.


Fakt: O'tgan mavsumdagi ushbu jamoalarning Toshkentdagi ikkinchi uchrashuvida nursiz durang qayd etilgan va "Navbahor" "Paxtakor"dan ochko olishni uddalagan.


Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqsak, "Paxtakor"ning ehtimoliy g'alabasi "Navbahor"ni chempionlik kurashidagi imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. CHunki ochkolar o'rtasidagi farq 10taga etadi. Aksincha, agarda "Navbahor" g'alabani tantana qilsa, unda chempionlik uchun kurash yanada qiziydi va "Loko" hamda "Paxtakor" poygasiga "Navbahor" chinakamiga qo'shiladi. O'rtadagi farq esa 4taga qisqaradi. Durang esa hozirgi muvozanatni saqlaydi va bu ko'proq "Loko" foydasiga xizmat qiladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика