So’nggi yangiliklar

16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  5 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  2 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  34 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  26

Superliga: Kutilmagan mehmon kelgan tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: Kutilmagan mehmon kelgan tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 25-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Bunyodkor" - "Navbahor" 2:0

Superliganing 25-turining eng qiziqarli va diqqat markazida bo'lgan bahs Toshkentda o'tdi.

CHempionat peshqadamligi uchun kurashayotgan jamoalarning mazkur qarama-qarshiligi ko'pchilikning diqqat etiborida bo'ldi. "Bunyodkor" ustunligi ostida o'tgan o'yinda "qaldirg'ochlar" ishonchli g'alabani tantana qilishdi. Azizbek Haydarov va Abdulla Abdullaevning kiritgan gollari "Bunyodkor"ni turnir jadvalida "Navbahor"ga ancha yaqinlashtirdi. Ayni paytda jamoalar o'rtasidagi tafovut atiga 1 ochkoni tashkil qilmoqda.


Tur muxlislari - Jizzaxda

"So'g'diyona" jamoasi Superliganing mazkur turida elitada jon saqlab qolish uchun eng asosiy raqobatchisi bo'lgan "Neftchi" bilan kuch sinashdi. Jizzaxdagi stadionda esa bu o'yinni kuzatish uchun 6 mingdan oshiqroq muxlislar tashrif buyurishdi. Jizzaxliklarning g'alabasida stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarning ham hissasi katta bo'lganini etirof etish lozim. Muxlislar nafaqat o'z suyuklilarini chiroyli qo'llab-quvvatlashdi, balki butun bahs davomida yuqori muxlislik madaniyatini ko'rsatishgani ham diqqatga sazovor. SHu boisdan ham bu gal tur muxlislari deya jizzaxlik ishqibozlar etirofga loyiq ko'rildi.



Tur hakami -  Viktor Serazitdinov

Superliganing 25-turining eng markaziy bahsi "Bunyodkor" - "Navbahor" qarama-qarshiligini boshqargan Serazitdinov o'yinni yuqori darajada o'tkazdi.


Hakam o'yin davomida ko'pol yoki natijaga tasir etuvchi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Qatiyat va yuqori ishonch bilan boshqarib borilgan uchrashuvda hakamlarga hech qanday savol bo'lmadi. Viktor Serazitdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi esa o'z zimmalariga yuklatilgan vazifani alo darajada uddalashdi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Futbol haqida umuman gaplashmadik"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi moliyaviy qiyinchiliklar paytida futbolchilarni o'yinga qanday tayyorlayotgani, ularni nimalar deb ruhlantirayotgani haqidagi savolga quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

"Uchrashuv payti o'yin ichida yashayman. Hayotim futbolga bag'ishlangan va futbol ichida yashayman. SHu boisdan ham o'yin paytida emociyaga berilish, ehtiroslarni boshqarolmay qolish normal holat. Bazida to'pni tepib yuborishim yoki kalla qo'yvorishim ham mumkin (kuladi).

Ochig'i, jamoa kubok o'yinidan keyin 3-4 kun motam tutdik. Bazida inson nimadardir vaqtincha voz kechib turadi. Biz bu o'yinga qadar mashg'ulotlarda futbol to'g'risida umuman gaplashganimiz yo'q. O'yin haqida faqat bugun gaplashdik. Menimcha, bu foyda keltirdi. Bugun qo'lga kiritilgan 3 ochko shuni ko'rsatib turibdi. Hech qaysi shogirdimga etiroz yo'q. Jamoa "Lokomotiv"ga qarshi, kubok bahsida AGMK bilan ham jonini berib o'ynadi. Men ular bilan faxrlanaman! Futbolda g'alaba bor joyda mag'lubiyat ham bo'ladi. Bizlarni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga alohida rahmat. O'yin oxirida hattoki namanganlik ishqibozlar ham jamoamiz nomini olqishlashdi. Eng yuqori baho aslida shu. Agarda jamoamiz o'yini yoki natijasi yoqmaganida hech kim bizni olqishlamagan bo'lardi. Hammaga katta rahmat", - dedi Mirjalol Qosimov.


Tur goli - Bobir Davlatov

"Nasaf" yarim himoyachisi Bobir Davlatov mazkur turda "Qizilqum" darvozasiga juda chiroyli gol kiritdi.


Qarshida kechgan uchrashuvda mezbonlar vakili Davlatov jamoadoshi SHarof Muhitdinovdan qabul qilib olgan to'pni uzoq masofadan juda chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi. Aynan shu gol "Nasaf"ning "Qizilqum" ustidan qozongan g'alabasini mustahkamladi.


Tur darvozaboni - Roman Abdulov

Mazkur turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan darvozabonlar ko'p ham topilmadi.

Faqatgina Milan Mitrovich, Eldorbek Suyunov va Murod Zuhurov o'z zimmalaridagi ishni bexato bajarishdi. Garchi gol o'tkazib yuborganiga qaramasdan "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qilgan va darvozasini bir qator vaziyatlardan muqarrar gollardan qutqargan AGMK posboni Roman Abdulov tur darvozaboni nomiga ko'proq munosib ko'rildi. Abdulov o'yin davomida 4 marotaba seyv namoyish etib jamoa g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.


Tur murabbiyi - Mirjalol Qosimov

Jamoani moliyaviy juda qiyin sharoitda ushlab turgan va kamiga shunday tarkib bilan sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan "Bunyodkor"ning har biri g'alabasida jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning imzosi ostida qo'lga kiritilayotganini alohida takidlash lozim.

"Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabada ham aynan Qosimovning taktik o'yini va zaxiradan samarali foydalanganini qo'shimcha qilish lozim. SHu boisdan ham turning markaziy bahsida g'alabani tantana qilgan "Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov tur murabbiyi sifatida etirof etildi.


Tur futbolchisi - Temurxo'ja Abduxoliqov

Bu turda ko'plab hujumchilar raqib darvozasiga yo'l topishgani quvonarli holat. Ayniqsa terma jamoa ro'yxatidan tushib qolgan hujumchilarning har uchalasi maydonni dubl qayd etgan holda tark etishdi.

Igor Sergeev va Bobir Abdixoliqov mazkur turda Temurxo'ja Abduxoliqov kabi dubl muallifiga aylandi. Biroq Temurxo'ja Abduxoliqov qolgan hamkasblaridan farqli ravishda nafaqat gol urdi, balki o'yin davomida o'z faolligi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turdi. SHu boisdan ham tur futbolchisi deya aynan Temurxo'ja Abduxoliqov etirof etildi.


25-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3)

Darvozabon: Roman Abdulov (AGMK)

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Milosh Simonovich ("So'g'diyona"), SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov ("Paxtakor"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Bobur Davlatov ("Nasaf")

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")


To'purarlar
1.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 14 (9 penalti)
2.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 11 (2 penalti)


Assistent
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 12


Qiziq fakt: Farruh Sayfiev Superliganing ikkinchi bosqichining barcha o'yinlarida gol urayotgan yagona futbolchi. Farruh Sayfiev ketma-ket uch turdan buyon maydonni golsiz tark etmayapti.


Tur surati - O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yinini stadiondan kuzatdi


Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика