So’nggi yangiliklar

19:12Суперлига. "Машъал" - "Насаф". Таркиблар маълум  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  3 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   2 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  11 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  4 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0

Superliga. Ikkinchi bosqichga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Superliga. Ikkinchi bosqichga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  SuperligaQura
O'zbekiston Superligasining ikkinchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada tadbirning barcha tafsilotlari bilan tanishib borish mumkin.

Qura tashlash marosimi soat 22:00da boshlanadi. 


Bugungi qura dastlab 20:00da boshlanishi kerak edi. Ammo keyinchalik 22:00da boshlanishi malum bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lgani aniqlandi. SPORT Tv sharhlovchisi Dilshodbek To'xtabekovning aytishicha mazkur qura tashlash marosimida O'zbekiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham ishtirok etishi kerak bo'lgani uchun ikki soatga kechiktirilgan. 

 


SPORT vakillari Superliga klublari bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqishmoqda. Tadbir boshlanishiga oz qolmoqda. 



Barcha murabbiylar intervyu berib bo'lishdi va endi qura tashlash marosimi start oladi. 


Boshlovchi Nodir Abduqodirov tadbirni ochib berdi. Sahnaga PFL bosh direktori Omon G'ofurov taklif etildi. 


2018 yilda o'zbek futbolida katta o'zgarishlar bo'ldi. Oliy liga Superliga deb o'zgartirildi va ikki bosqichli tizimga o'tdik. O'ylashimcha qiziqarli o'yinlar ko'p bo'ldi. Ikkinchi bosqichda barcha jamoalarga omad tilayman, - deydi PFL bosh direktori Omon G'ofurov.

"Paxtakor" yoshlar jamoasi 22-turdan so'ng, Yoshlar ligasi turnir jadvalini boshqarib turgani uchun jamoa murabbiyi Jasur Abduraimovga PFLning maxsus sovg'asi topshirildi.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev yoshlar ligasi qanday davom etishi haqida malumot bermoqda: "Yoshlar ligasi jamoalari ikkinchi bosqichda asosiy jamoa (Superliga) qaysi oltilikda bo'lsa o'sha oltilikda bo'ladi. Lekin oltin ochko tizimi bo'lmaydi va yoshlar ligasi jamoalar 22ta turda qancha ochko to'plagan bo'lsa xuddi shuncha ochko bilan davom ettirishadi. Yoshlar ligasida natija muhim emas, asosiy tarkibga futbolchilar etishtirib berish.


Qura tashlash marosimi boshlandi. SHardan dastlab "Qo'qon-1912" jamoasi nomi chiqdi. Mazkur jamoa 3-raqamni, "Neftchi" esa 6-raqamni oldi. Mazkur klublar o'z maydonida bir kunda o'yin o'tkazmaydi.


23-tur
AGMK - "Neftchi"
"So'g'diyona" - "Qizilqum"
"Qo'qon-1912" - "Nasaf"

24-tur
AGMK - "So'g'diyona"
"Qizilqum" - "Qo'qon-1912"
"Neftchi" - "Nasaf"

25-tur
"Qo'qon-1912" - AGMK
"So'g'diyona" - "Neftchi"
"Nasaf" - "Qizilqum"

26-tur

AGMK - "Nasaf"
"So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"
"Neftchi" - "Qizilqum"

27-tur

"Nasaf" - "So'g'diyona"
"Qizilqum" - AGMK
"Qo'qon-1912" - "Neftchi"

Endi kuchli oltilikka qura tashlanadi.



O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper birinchi bosqchida eng kam sariq kartochka olgan "Nasaf" klubi bosh muabbiyiga PFLning "Feyr-pley" sovrinini topshirdi.



23-tur
"Navbahor" - "Paxtakor"
"Metallurg" - "Lokomotiv"
"Bunyodkor" - "Buxoro"

24-tur
"Navbahor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Buxoro"

25-tur
"Bunyodkor" - "Navbahor"
"Metallurg" - "Paxtakor"
"Buxoro" - "Lokomotiv"

26-tur

"Navbahor" - "Buxoro"
"Metallurg" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Lokomotiv"

27-tur
"Buxoro" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Paxtakor"

28-tur
"Paxtakor" - "Navbahor"
"Lokomotiv" - "Metallurg"
"Buxoro" - "Bunyodkor"

29-tur
"Metallurg" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Lokomotiv"
"Buxoro" - "Paxtakor"

30-tur
"Navbahor" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Buxoro"

31-tur
"Buxoro" - "Navbahor"
"Bunyodkor" - "Metallurg"
"Lokomotiv" - "Paxtakor"

32-tur

"Metallurg" - "Buxoro"
"Navbahor" - "Lokomotiv"
"Paxtakor" - "Bunyodkor"


Qura tashlash marosimi yakuniga etdi.


 

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика