So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Superliga, futzal va ayollar o'rtasidagi musobaqalar qurasi tartibi Yangiliklar

Superliga, futzal va ayollar o'rtasidagi musobaqalar qurasi tartibi

3 fevral kuni yangi mavsum Superliga bahslari uchun qura tashlash marosimi o'tkaziladi. Qura quyidagi tartibda bo'lib o'tadi.


Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati-2018 qurasi

1. Taqvim izchil ko'rinishda tuzilgan bo'lib, ikkinchi davra bahslari 1-turda o'zaro o'ynaydigan klublarning “uy” – “safar” tizimida o'rin almashish ketma-ketligida boshlanadi va shunday davom ettiriladi.

2. O'yinlar tartibi “Berger” tizimi bo'yicha aniqlanadi.

3. Bir mintaqa klublari o'z uy o'yinlarini bir turda o'tkazmasligini inobatga olish zarur: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Qo'qon-1912” – “Neftchi”, “Olmaliq” – “Metallurg”.

4. Agar bir mintaqada klublar soni 2tadan ko'p bo'lsa, u holda o'yinlar bir kunga suriladi.

5. “Uy” – “safar” tartibida mos kelmaydigan juftliklar raqami 1-7; 2-8; 3-9; 4-10; 5-11; 6-12.  

Qura tartibi:


Ishtirokchilar O'zbekiston chempionati-2017 yakuniy jadvalidagi o'rin bo'yicha tuzilgan reyting asosidagi 12ta shardan iborat savatchadan o'z raqamlarini tortishadi.

1. “Lokomotiv” o'z raqamini tortadi, “Paxtakor” raqamini avtomatik tarzda oladi.

2. “Olmaliq” o'z raqamini tortadi, “Metallurg” raqamini avtomatik tarzda oladi.

3. “Qo'qon-1912” o'z raqamini tortadi, “Neftchi” raqamini avtomatik tarzda oladi.

4. “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Qizilqum”, “So'g'diyona” o'z raqamlarini tortishadi.

5. Agar biror klub o'zidan oldingi ishtirokchi tortgan raqamlardan birini tortsa, o'sha raqam savatchadan olib tashlanadi va u klub boshqatdan yangi raqam tortadi.

Futzal.

Ushbu mavsumda Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida Superligada ishtirok etuvchi 12ta klub futzal jamoalari ishtirok etadi.

O'tkazilish tartibi: Ushbu mavsumda jamoalar har biri 11ta turdan iborat 2 davrali tizimda ishtirok etishadi. Yangi reglamentga ko'ra, jamoalar ushbu mavsumda har bir turda o'zaro 2tadan uchrashuv o'tkazadi va mavsumda jami 44ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qura tashlanadi.

Futzal jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi ushbu mavsumida Superliga klublaridan tashqari, shuningdek, Birinchi Liga klublari ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu mavsumda, jamoalar Kubok bahslarini birinchi bosqichda mintaqalarga bo'lingan holda boshlashadi.

Ushbu bahslarga keyinroq qura tashlanadi.

Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati

Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati ushbu mavsumida Superliga klublari qoshidagi 12ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 12ta turdan iborat ikki davralik tizimda o'zaro o'ynaydilar.

Yangi mavsumda jamoalar mintaqalarga qarab juftliklarga ajratiladi va har turda boshqa mintaqadagi juftlik bilan o'zaro almashgan holda bahs olib boradi. Juftliklar shuningdek, har bir davrada bir martadan o'zaro bahs olib borishadi.

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qura tashlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика