Superliga futbolchilari Gulistonda maktab o'quvchilari bilan uchrashishdi
17 may 2019 16:42
Yangiliklar


Superliga futbolchilari Gulistonda maktab o'quvchilari bilan uchrashishdi
Guliston shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida mahorat saboqlari tadbiri bo'lib o'tdi.
Mahalliy iqtidorli murabbiy Abbos Ergashov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda "Lokomotiv" himoyachisi Davron Hoshimov, "Nasaf" futbolchisi Xurshid Muxtorov va "Metallurg" yarim himoyachisi Muhammad Isaevlar ishtirok etishdi. Futbolchilar tadbir davomida bolalar bilan suratga tushishdi va ularga dastxat ulashishdi. Bundan tashqari bo'lajak futbolchilarga maxsus sovg'alar ham topshirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar