So’nggi yangiliklar

22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  12 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  10 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  4 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  12 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  32 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  12 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  2 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  3 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  6

Superliga. Ekstra-taym: joriy mavsum uzoq davom etgan o'yinlar Yangiliklar

Superliga. Ekstra-taym: joriy mavsum uzoq davom etgan o'yinlar

Teglar :  Superliga
Hozirda davom etayotgan turda xuddi shunday holat guvohiga aylandik.

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Paxtakor" — OKMK uchrashuvining birinchi bo'limi roppa-rosa bir soat davom etdi, sababi o'yinning 32-daqiqasida OKMKning standart vaziyat ijro etishi natijasida Nodirbek Abdurazzoqov mezbonlar darvozasiga to'p kiritib, hisobni ochdi. Hakam golni inobatga oldi, biroq vaziyatga VAR aralashdi. Bellashuv bosh hakami Nayim Qosimov yakuniy qarorni chiqarishiga naq 13 daqiqa sarfladi va o'yinni maydon markazidan boshlash kerakligini malum qildi. SHu bois u birinchi bo'limga 14 daqiqa qo'shib berdi. SHu munosabat bilan Superligada joriy mavsum uzoq davom etgan etiborga molik o'yinlarni ko'rib chiqamiz.

"Andijon" - "Bunyodkor

Aslida 11 daqiqa qo'shilgan yoki undan ko'proq davom etgan joriy mavsumdagi bellashuvlarlar etarlicha. Biroq mazkur to'qnashuv o'zgachaligi bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu o'yinda bosh hakam Aziz Asimov 1-bo'limga 11 daqiqa qo'shib bergan. Ikkinchidan, ko'p vaqt qo'shib berishiga sabab bo'lgan voqea internetda shov-shuvga aylanib ketdi. Dastlab 31-daqiqada burchak uzatmasidan so'ng Jelkovich "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qildi. Asimov vaziyatni VAR bilan muhokama qilayotgan chog'da Usmonali Ismonaliev Muhammadkarim Toirovga nisbatan taekvondo uslubini qo'lladi va maydondan chetlatildi. Keyinchalik gol inobatga olindi. 

OKMK - "Lokomotiv"

Aslida mazkur uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berilgandi, biroq 90-daqiqadan so'ng futbolchilar bosh hakam Doston Mirzaraimovning yakuniy hushtagi chalinishini 13 daqiqa kutishdi, sababi Aziz Xolmurodov tomonidan ishlatilgan qoidabuzarlik VAR orqali ko'rib chiqilib, OKMK futbolchisi maydondan chetlatildi. So'ngra Abdulloh Yo'ldoshevning goli ham VAR orqali uzoq vaqt ko'rilib, yakunda bekor qilindi.

"Neftchi" - OKMK

Mazkur uchrashuvning ikkinchi bo'limiga Abdurashid Xudoyberganov tomonidan 6 daqiqa qo'shib berilgandi, biroq o'yin yakuniga etish arafasida mezbonlar vakili Jasur Jaloliddinovning maydonga oyog'ini ushlab o'tirib olishi hisobda ortda borayotgan olmaliqliklarga yoqmadi. Oqibatda futbolchilar o'rtasida tortishuv yuzaga keldi va vaziyat bir necha futbolchiga ogohlantirilishi bilan yakunlandi. Uchrashuv esa 103 daqiqaga qadar davom etdi.

"Navbahor" - "Bunyodkor" 

Mazkur bahsning ikkinchi bo'limida bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov ikki marotaba VARga murojaat qilishiga to'g'ri keldi. Dastlab "Navbahor" jarima maydonida sodir etilgan to'qnashuv ko'rib chiqilib, mezbonlar darvozasi tomoni penalti belgilandi. So'ngra Bobur Yo'ldoshevning Jamshid Iskanderovga nisbatan ishlatgan qo'polligi tekshirilib, "Bunyodkor" futbolchisi maydondan chetlatildi. Hakam shulardan kelib chiqib, 12 daqiqa qo'shib berdi. Bu vaqt ichida "Navbahor" penaltidan gol urdi va o'yin 14 daqiqa davom etdi.

"Olimpik" - "Neftchi" 

Mazkur bahsning ikkinchi bo'limiga Ilgiz Tantashev 12 daqiqa qo'shgan. 60-daqiqa "Neftchi" hujumchisi Effiong hujum payti Abdurauf Bo'rievni turtib yuborgan. Qoidabuzarni ogohlantirgan hakam ehtimoliy VAR monitori orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqdi, ammo yakunda sariq kartochkani ham bekor qildi. Qolaversa, "Olimpik" hujumchisi Otabek Jo'raqo'ziev jarohat olib, tibbiy yordamga ehtiyoj sezdi. Bundan tashqari, qo'shimcha daqiqalarda ham hakam VARga murojaat qolib, "Olimpik"ning urgan golini inobatga olish qarorini o'zgartirmadi. SHu tariqa bellashuv 104 daqiqa davom etdi.

"Surxon" - "Lokomotiv" 

Mazkur bellashuvning salkam yarmida tomoshabinlar diqqati bosh hakam va VARga qaratildi. Akmal Rahimov boshqargan o'yinda dastlab 32-daqiqada "Lokomotiv"  darvozasiga penalti belgilanib, bekor qilinishiga 5 daqiqa sarflandi. Ikkinchi bo'lim boshida esa endi "Surxon" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi va bu ham 6 daqiqadan so'ng bekor qilindi. O'yin davom ettirilganidan 5 daqiqa o'tgach, yana to'xtatilish yuzaga keldi, yana penalti masalasi VAR orqali ko'rib chiqildi. 5 daqiqadan ko'proq vaqt olgan muhokamadan so'ng bu gal hakamning qarori o'zgarmadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ikkinchi bo'limga 13 daqiqa qo'shib berildi.

"Surxon" - "Nasaf" 

Mazkur bahsning asosiy vaqti deyarli osoyishta o'tayotgandi va o'zgarishlar va futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilgani hisobiga Ilgiz Tantashev ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi. Biroq 90-daqiqada "Nasaf" darvozasi tomon belgilanishi mumkin bo'lgan ehtimoliy penalti ko'rib chiqildi va 9 daqiqa davom etgan muhokamadan so'ng hakam o'yinni davom ettirish qarorida to'xtaldi. Bellashuv esa 106 daqiqa davom etdi.

"Dinamo" - "Nasaf" 

Yangilishmasam, joriy mavsum eng uzoq vaqt davom etgan bo'lim mana shu o'yinda sodir bo'ldi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev mazkur bahsda ancha ter to'kishiga to'g'ri keldi. Asosiy vaqtda "Dinamo" darvozasi tomon ehtimoliy penalti ko'rib chiqilib, yakunda samarqandliklar foydasiga qaror qabul qilindi. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shgan referi yana ikki marotaba VARga murojaat qilishiga to'g'ri keldi. Dastlab yana "Dinamo" darvozasi tomon ehtimoliy 11 metrli jarima zarbasi 5 daqiqa muhokama qilindi va hakam bu safar nuqtaga ishora qildi. O'yinning so'nggi lahzasida esa qarama-qarshi tomonga penalti belgilash masalasi ko'tarilib, o'yinni davom ettirish qaroriga kelindi. Uchrashuv esa 109-daqiqasida poyoniga etdi.

Umuman olganda, mavsum davomida qo'shimcha vaqt 10 daqiqadan ko'p davom etgan ko'pgina o'yinlarga guvoh bo'ldik. Yuqorida esa yodda qolarli bahslarni bayon qildik.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика