Superliga. "Navbahor" safarda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi
18 may 2021 21:39
Yangiliklar
Superliga. "Navbahor" safarda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi
BUNYODKOR - NAVBAHOR 0:0
18 may 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor". 19:45
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Alisher Usmonov, SHohruh Azamov, Lochin Dolimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHerzod Rajabov
"Bunyodkor": 1.Ravshanbek Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 9.Farruh Ikromov, 10.Xurshid G'iyosov (49. Ibrohim Tomiva, 82), 11.Rasul Yo'ldoshev, 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov, 35.Ibrohim Ibragimov.
Zaxira: 91. Zafar Safoev, 3. Dian Talxatov, 5. Xurshidbek Ubaydullaev, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sanjar Rashidov, 17. Odiljon Abdurahmonov, 22. SHahboz Erkinov, 37. Muhammadodil Qahramonov.
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 8.Sardor Telyakov (18. Bahrom Abdurahimov, 56, 6. SHerzod G'ulomjonov, 88), 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov (25. SHohruh Mahmudxojiev, 88), 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 70.Abbos G'ulomov, 95.Zabihillo O'rinboev (88. Slavisha Stoyanovich, 63).
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnudbek Avilov, 24. Davronbek Hoshimov, 28. Nikola Tasich.
Ogohlantirishlar: Sardor Telyakov (40), Ivan Solovyov (45), Mirjahon Mirahmadov (59), Ibrohim Tomiva (84).
Bahs yakunlandi! Uchrashuvda nursiz durang kuzatildi.
90+4. Tomivaning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.
90+1. Zarbaaa! Mirahmadovning zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
89. Zarba! To'xtasinovning yaqin masofadan bergan zarbasini Yusupov qaytardi!
88. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Abdurahimov o'rniga G'ulomjonov, Isoqjonov o'rniga Mahmudxojiev tushirildi.
87. Burchak zarbasi "Bunyodkor"ga samara keltirmadi, to'p Mirahmadovdan maydonni tark etdi.
84. Tomiva Ro'zievga nisbatan ishlatilgan qo'pollik sabab sariq kartochka oldi.
82. "Bunyodkor"da o'zgarish: G'iyosov o'rniga Tomiva tushdi.
82. Izzatov butsasi bilan Isoqjonovning qo'lini bosib olgan. Unga tibbiy yordam zarur.
80. G'ulomovning zarbasidan keyin Stoyanovich to'pni darvozaga to'g'rilay olmadi.
78. Quvondiq Ro'zievga nisbatan qoida buzildi va unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti.
76. Rasul Yo'ldoshevning zarbasidan so'ng Yusupov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.
74. Darvoza to'ri bo'yicha muammo paydo bo'ldi, bu holatni o'nglash yuzasidan ish olib borilyapti.
73. Zarbaaaa! Slavisha Stoyanovichning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
73. Zarba! To'xtasinovning zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi.
71. Bahsda kichik "time-out" yuzaga keldi.
69. "Navbahor"ning yaxshi hujumi Isoqjonovning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.
68. Zarba! Rasul Yo'ldoshevning aylanma zarbasi manzilga aniq bormadi.
67. G'iyosovning burchak zarbasidan o'yinga kiritgan uzatmasi, TO'raevdan bosh bilan yo'llangan noaniq zarba.
66. Zarba! Ikromovning erlatib bergan zarbasini Yusupov qaytardi!
65. G'iyosovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Yusupov to'pni egallab oldi.
63. "Navbahor"da almashtirish: O'rinboev o'rniga Stoyanovich o'yinga qo'shildi.
61. Panshanbe raqibini aldab, ichkariga kirdi, biroq uzatmasi muvaffaqiyatli chiqmadi.
61. Nurillo To'xtasinovning kuchsiz zarbasi Yusupovga qiyinchilik tug'dirmadi.
59. Mirahmadov Solovyovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.
58. "Bunyodkor" markazda to'pni yo'qotib, yana qaytarib oldi. Izzatov ichkariga kirdi va yiqilib tushdi.
56. "Navbahor"da o'zgarish: Sardor Telyakov o'rniga Bahrom Abdurahimov o'yinni davom ettiradi.
54. Bahrom Abdurahimov maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.
53. To'xtasinovning bu galgi uzatmasiga O'tkir Yusupov ega chiqdi va o'z sheriklarini oldinga boshladi.
52. Uuuux! To'xtasinovning uzatmasidan keyin Ergashev bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
50. G'iyosov qanotda faollik ko'rsatib, raqibdan to'pni olib qo'ydi va ichkari tomon pas berdi, Mirahmadovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Mirahmadovga ko'ra, to'p himoyachining qo'liga tekkan va penalti so'ramoqda.
49. Zarbaaa! Ikromovning zarbasiga aniqlik etishmadi.
48. Endi esa Xurshid G'iyosov hujumda himoyachiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
47. Zabihillo O'rinboev hujumda kurash olib bordi va qoidani buzdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!
45+1. Lutfulla To'raevga nisbatan qoidani buzgan Ivan Solovyov sariq kartochka oldi.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
44. Ergashev O'rinboev bilan to'qnashib ketdi. Hakam o'yinni to'xtatdi va shifokorlarni chaqirdi.
43. Zarbaaaa! G'iyosovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Yo'ldoshev bosh bilan zarba berdi, noaniq.
42. Yo'ldoshevning yaxshi o'ylangan, ammo juda bir g'alati uzatmasini himoyachilar qaytarishdi,
40. To'xtasinovni yiqitgan Sardor Telyakov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
39. G'iyosovning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.
37. Ikromovning uzatmasidan keyin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
35. Islombek Isoqjonov to'pni to'xtatishga harakat qilayotib, oyog'idan jarohatlandi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.
33. "Bunyodkor"ning qarshi hujumi Ahmedovning say-harakati orqali barham topdi.
30. Zarba! To'xtasinovdan uzatma, Mirahmadovdan bosh bilan berilgan noaniq zarba.
28. Maydonda tortishuv yuzaga keldi. Ahmedov Ikromovga nisbatan qoidani buzdi.
27. Zarba! Zabihillo O'rinboevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.
25. Zarbaaaaa! Uzatmadan keyin Isoqjonovning bosh bilan bergan zarbasi ancha xavfli chiqdi.
25. "Navbahor" burchak to'piga ega bo'ldi. Uni Ro'ziev amalga oshiradi.
23. Vadim Abramov o'yinni bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.
21. "Bunyodkor" hujumga o'tishga qiynalyapti, "Navbahor" yaxshi himoyalanmoqda.
19. G'iyosovning burchakdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Davronjon Ergashev to'pni osmonga qarab tepdi.
17. Mirjahon Mirahmadov jarima maydoni ichkarisida Azim Ahmedov bilan to'qnashib, yiqildi, hakam penalti yo'qligini malum qildi.
14. Nurillo To'xtasinovning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.
13. Zarba! Solovyovning kuchli zarbasidan keyin Yagudin biroz qiyinchilikka duch keldi, ammo baribir to'pni o'ziga bo'ysundirdi.
12. Ikromovning uzatasidan so'ng himoyachilar ishonchli o'ynashdi, yakunda Yusupov to'pni egallab oldi.
11. "Navbahor"ning bosimi samara berdi, "Bunyodkor" vakili Nurillo To'xtasinov to'pni oldirdi.
9. To'raev-Ikromov-Yo'ldoshev kombinaciyasi orqali hujum qanotga ko'chdi.
7. Darvozabon Yusupovning uzatmasi noaniq ko'rinish oldi, mezbonlar "aut"ni o'yinga kiritishdi.
5. O'yin kurashlarga boy tarzda davom etmoqda. Hozircha "Bunyodkor" to'pga egalik qilib, oldinga boryapti.
3. Zarba! Mirzohid G'ofurovning zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi.
2. Lutfulla To'raev Ehsoni Panshanbega nisbatan qoidani buzdi, mehmonlarda standart vaziyat.
1. O'yinga start berildi!
- Uchrashuv soat 19:45da boshlanadi.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Fikrlar