So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  4 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Superliga. "Bunyodkor", "Mashal" va "Andijon"ning g'alabasiz seriyasi davom etadi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor", "Mashal" va "Andijon"ning g'alabasiz seriyasi davom etadi

O'zbekiston Superligasi 21-turining 2-kungi bahslari ham ortda qoldi.

"Mashal" 0:1 "Nasaf"

"Andijon" 0:0 "So'g'diyona"

"Bunyodkor" 1:1 AGMK

Etiborlisi, har uchchala o'yinda mezbonlar uchun omadsiz anana davom etadigan bo'ldi.

Muborak ahli derbidagi g'alabani sog'inib qoldi

"Mashal" va "Nasaf" o'rtasidagi bahs taqdirini SHerzod Nasrullaev hal qilganini bilasiz. 23 yoshli fulbek bu harakati orqali uni terma jamoa yig'iniga chaqirmagan Srechko Katanec manziliga "salom" yo'llagan bo'lsa, ajab emas. 

Xullas, "Nasaf"ning mavsumdagi 11-g'alabasi "Mashal"ning 11-mag'lubiyatiga aylanib ketdi. SHuningdek, Muborak klubining Qashqadaryo derbilaridagi muvaffaqiyatsiz odimi yana bittaga ko'paydi. "Mashal" futbolchilari "Nasaf" usidan so'nggi g'alabasini 2016 yilning 1 iyulida qo'lga kiritishgan edi ("gazchilar"ga SHahzod SHaymanov goli 3 ochko keltirgan). SHundan keyin o'tkazilgan 7 o'yin 6 tasida "ajdarlar"ning "qanotlari" baland kelgan bo'lsa, 1 ta bahs durang bilan tugagan.

23.11.2016 "Nasaf" 2:0 "Mashal"

18.05.2017 "Nasaf" 1:0 "Mashal"

26.10.2017 "Mashal" 1:2 "Nasaf"

21.06.2020 "Mashal" 0:0 "Nasaf"

02.10.2020 "Nasaf" 4:1 "Mashal"

09.07.2021 "Nasaf" 1:0 "Mashal"

02.10.2021 "Mashal" 0:1 "Nasaf"

5 yil

"Andijon" xuddi shuncha vaqtdan beri "So'g'diyona"ni taslim qilish yo'lini topa bilmayapti

"Burgutlar"ning Jizzax klubi ustidan erishilgan oxirgi g'alabasi 2016 yilning 23 apreliga to'g'ri keladi (3:0). O'shanda Nemanya Yovanovichning dubli va Anvar Berdiev tomonidan urilgan gol vodiyliklarga 3 ochko keltirgan. SHundan keyin o'tkazilgan 7 o'yining 3 tasida "So'g'diyona" zafar quchdi, 4 o'yinda do'stlik.

5 o'yin

"Bunyodkor" O'zbekiston chempionatida qatorasiga shuncha o'yindan beri Mirjalol Qosimov jamoasini mag'lub qila bilmayapti.

"Qaldirg'ochlar" AGMKni oxirgi bor 2019 yilning 20 aprelida engishgan (Lutfulla To'raevning jarima zarbasidan urgan goli evaziga). SHundan keyin o'tkazilgan 5 o'yinning 4 tasida olmaliqliklar g'alaba qozondi, kechagi o'yinda esa kuchlar teng keldi.

18.10.2019 "Bunyodkor" 0:2 AGMK

13.03.2020 AGMK 2:0 "Bunyodkor"

22.09.2020 "Bunyodkor"2:3 AGMK

14.05.2021 AGMK 3:1 "Bunyodkor"

02.10.2021 "Bunyodkor" 1:1 AGMK

Tantashev barchadan qattiqqo'l. "Paxtakor" 18, "Metallurg" 3 yildan keyin...

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика