So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  1 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Superliga. Bugun Termizda peshqadamlar bahsi Yangiliklar

Superliga. Bugun Termizda peshqadamlar bahsi

Bugun Superliganing 4-turidan o'rin olgan so'nggi uch o'yin bo'lib o'tadi.


Ayni paytda musobaqa jadvalining eng yuqorisida borayotgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs. Superligaga qaytgan termizliklar dastlabki uchta o'yinda 7 ochko to'plashdi va umuman mag'lub bo'lishmadi. "Paxtakor" esa mavsumni uchta g'alaba bilan boshlagan yagona klub bo'lib turibdi.

"Surxon" hozircha eng kam gol urgan klub hisoblanadi. Asilbek Amonov uchta o'yinda 1ta gol o'tkazdi xolos.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida jami 24 marta to'qnash kelishgan. Qizig'i mana shu o'yinlarda umuman durang kuzatilmagan.

Termizda ushbu jamoalar o'rtasidagi 12ta o'yinning 4tasida mezbonlar g'olib bo'lishgan. Qolgan sakkizta uchrashuvda "sherlar" zafar quchishgan.

Surxon

Superliga. 4-tur

14/04/2019, 16:15

0
:
0
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
15'  Anvarzhon G'ofurov
55'  Sherzod Karimov (Ayubxon Nomanov)
84'  Sherzod Hakimov (Mirzakamol Kamolov)
90'  Asilbek Amonov
90'  SHavkat Salomov (Ravshan Khursanov)
46'  Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov)
51'  Dragan CHeran
71'  Dostonbek Hamdamov (ZHasur YAxshiboev)
88'  Marat Bikmayev (Igor Sergeyev)



Superliganing 3-turida yirik hisobda g'alaba qozongan jamoalar bahsi. "Temiryo'lchilar" o'tgan haftada o'z maydonida "Andijon"ni 4:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, AGMK Olmaliqda "Qo'qon-1912"ni tor-mor etdi - 7:1. Mazkur g'alaba AGMK tarixidagi eng yirik g'alaba bo'lganini takidlash lozim.

O'tgan yil olmaliqliklar safida o'ynagan Yovan Jokich bu mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qilmoqda.

"Temiryo'lchilar" maydonida AGMK hech qachon g'olib bo'lmagan ekan. 9 marta "Lokomotiv" zafar quchgan va 1 marta durang qayd etilgan. 2011 yildan buyon "Lokomotiv" o'z maydonida bu raqibni muntazam ravishda mag'lub etib kelmoqda.

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 43', Islom Tuxtaxo’jayev - 45'

Superliga. 4-tur

14/04/2019, 16:45

1
:
2
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 3'

45'
90'
43'  Temurxo’ja Abduxoliqov
45'  Islom Tuxtaxo’jayev
46'  Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov)
80'  Husniddin G’ofurov (Diyor Turopov)
88'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
3'  Zafar Polvonov
46'  Mirolyub Kostich (Sardor Rahmonov)
46'  Murodjon Toshmatov (Kamron Saidazimov)
70'  Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov)


2019 yilgi mavsumda hozircha g'alaba nashidasini totib ko'rmagan ikki jamoa to'qnashuvi. Ikkala jamoa hisobida ham ikki ochko mavjud. "Qo'qon-1912" o'tgan tur Olmaliqda 1:7 hisobidagi qashqatqich mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Buxoro" oldingi turni o'z maydonida o'tkazib, durang o'ynadi.

Bu jamoalarning o'zaro to'qnashuvlar tarixiga murojaat qilsak ustunlik "Buxoro" tomonida ekanligini ko'rish mumkin. Buxoroliklar 14ta g'alabaga erishishgan, 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 9ta bahsda vodiy klubi zafar quchgan.

"Buxoro"ga qarshi oxirgi uchta o'yinda "Qo'qon-1912" umuman g'alaba qozona olmagan ekan (2 mag'lubiyat va 1 durang).

"Qo'qon-1912" hujumchisi SHahboz Erkinov o'tgan mavsum "Buxoro"da o'ynagan edi. "Buxoro" vakili Firdavs Asadov esa aksincha "Qo'qon-1912"da to'p tepgandi.

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 68'

Superliga. 4-tur

14/04/2019, 17:00

3
:
1
Tugadi

Buxoro

Asadbek Sobirzhonov - 24', Doston Ibragimov - 42', Ivan Nagayev - 58'

45'
90'
41'  Suhrob Berdiyev
46'  Temur Hakimov (Javohir Esonqulov)
46'  Jasur Hasanov (Behruz Sadilloyev)
68'  Murod Xolmuhamedov
73'  Jamshid Hasanov (Avazxon Mamatxo’jaev)
24'  Asadbek Sobirzhonov
42'  Doston Ibragimov
58'  Ivan Nagayev
75'  Salamat Qutiboev (Robbim Hasanov)
85'  Asadbek Sobirzhonov (Tohirjon Shamsiddinov)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика