Superliga. Bugun so'nggi tur boshlanadi
29 noy 2018 09:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/464725_original.jpg)
![](/upload/storage/464725_220.jpg)
Superliga. Bugun so'nggi tur boshlanadi
Bugun Superligada eng so'nggi, 32-turning dastlabki uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bugungi uchala o'yin ham quyi oltilik jamoalari o'rtasida kechadi. Hozircha "Neftchi" eng so'nggi, 12-o'rinni egallagani malum. "Nasaf" va "Qizilqum" klublari esa quyi ligaga tushib ketmasligi aniq bo'lib ulgurdi. Bir yo'la uch klub pley-offda o'ynamaslik uchun kurashadi.
Eslatib o'tamiz, Superligada 10 va 11-o'rinni egallagan klublar PRO-liganing "Mashal" va "Istiqlol" klublari bilan o'tish o'yinida ishtirok etishadi.
Superliga / 32-tur
29 noyabr, payshanba, 16:00
So'g'diyona – Nasaf
AGMK – Qizilqum
Neftchi – Qo'qon-1912
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar