Superliga bahslari 1 mart kuni boshlanishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2018, 14:46
2018 yildan boshlab O'zbekiston oliy ligasi Superliga deb atala boshlanadi.

Hozircha tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Superliga bahslari 1 mart kuni start oladi va noyabr oyi oxiriga qadar davom etadi.

Taqvimga ko'ra, yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati vaqtida Superliga o'yinlari bo'lib o'tmaydi.  

Eslatib o'tamiz, bu yilgi mavsumda klublar Superligada 32ta tur o'tkazishadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia