So’nggi yangiliklar

18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  6 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  11 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  7

Superliga: Aprel oyining eng yaxshilari mukofotlarini qabul qilishdi Yangiliklar

Superliga: Aprel oyining eng yaxshilari mukofotlarini qabul qilishdi

Oy boshida Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari, sardorlari hamda futbol muxlislari ovoz berish orqali aniqlab boradigan “Oyning eng yaxshilari” tanlovining aprel oyi g'oliblarini elon qilgan edik.

Kechagi tur doiralarida g'oliblar o'z sovg'alarini qabul qilib olishdi.

Eng chiroyli gol muallifi — Elguja Grigalashvili (“Qizilqum”).

12-tur doirasida “Lokomotiv” – “Qizilqum” jamoalarining uchrashuvi chog'ida Grigalashvili maxsus sovrin bilan taqdirlandi. Uning jamoadoshlari esa etakchi klubga qarshi safarda to'p surishlariga qaramay, o'yinning so'nggi soniyalarida g'alabani boy bersalarda, durang natijani qayd etib, Elgujaning sovrinini “yuvishdi”.



Eng yaxshi darvozabon — O'tkir Yusupov (“Qo'qon-1912”).

Kecha Qo'qonda “Buxoro”ga qarshi o'yin oldidan klub rahbariyati O'tkirni maxsus sovrin bilan tantanali ravishda taqdirladi. O'tkir uchrashuvda ham raqiblarning bir necha xavfli vaziyatlarini bartaraf etishga erishdi, biroq omad shu kuni buxoroliklarga kulib boqqandi.


Eng yaxshi murabbiy — Ulug'bek Baqoev (“Buxoro”)

Qo'qondagi o'yin Ulug'bek uchun ikki karra quvonchli keldi. Uchrashuv boshida o'ziga atlagan Oy lauraeti sovrinini qabul qilib oldi, uchrashuv so'nggida esa shogirdlarining umumiy sovg'asiga sazovor bo'ldi. Omad bir kelsa kelaverar ekan.


Eng yaxshi futbolchi — Arslonmurod Omonov (“Buxoro”)

Yuqoridagi so'zlarimiz Arslonmurodga ham tegishli. Oyning eng yaxshilariga atalgan sovrinni qo'lga qabul qilsang, safarda raqiblar ustidan zafar quchsang, kamiga ikkita goldan biriga mualliflik qilib, jamoadoshlaring muvaffaqiyatiga hissa qo'shsang. Futbolchiga bundan ortiq yana nima kerak.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика