Ulug'bek Baqoev: "Biz ruhiy "chuqur"ga tushib qolgandik"

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2018, 22:36
"Qizilqum" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev va Arslonmurod Omonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Besh o'yinlik g'alabasiz seriyani yakunlaganimizdan xursandman. Biz ruhiy "chuqur"ga tushib qolgandik. Bunday vaziyatlardan ishonch yo'qoladi. "Qizilqum"ning o'rta chizig'i juda kuchli. Shunday o'yinda 3 ochko olganimiz uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. "Qizilqum"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Bunday issiq havoda o'ynash ikkala jamoaga ham oson bo'lmadi. Ikkinchi taymda uchrashuv biroz tezlashdi. Kuchli oltilikka kirish uchun oxirigacha kurashamiz, oldinda yana uchta o'yin bor. Har bir bahsga professional tarzda yondoshamiz", - deydi Baqoev.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi. Beshta g'alabasiz va 4ta o'yinlik golsiz seriyaga barham bera olganimizdan xursandman. Yigitlar bor kuchi bilan o'ynashdi. Vazifa kuchli oltilikka kirish edi, biz bunga harakat qilishda davom etamiz", - deydi Arslonmurod Omonov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia