So’nggi yangiliklar

13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  2 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  10 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  29 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  3 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6

Superliga. "Qo'qon-1912" Andijonda g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" Andijonda g'alaba qozondi

Coca Cola Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superliga
ANDIJON – QO'QON-1912 - 1:2
5 may 2021 yil. Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Davron Akmalov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: Muhammadanas Hasanov 3, - 0:1. Mo'min Meliev 45+1, - 0:2. Martin Boake 75, - 1:2 (Izzatilla Abdulhaqov).

Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Jaloliddinov 87 (darvozabon).

"Andijon": 32.Javohir Qilichev, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Martin Boake, 9.Kamron Saidazimov (17.Farhodjon Sohibjonov, 76), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov (20.Izzatilla Abdulhaqov, 64), 23.Mardon Abdullaev (28.Sunnatillo Hamidjonov, 76), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov, 77.Muhammad Isaev (8.Baxtiyor Qosimov, 58).
Zaxira: 44.Jasurbek Umrzoqov, 4.Usmonali Ismonaliev, 6.Ibrohim Otaxonov, 11.Abdulhay Ismoilov, 18.Abdug'ani Kamolov,.

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev (46.Xurshid Xo'jaev, 90+2), 5.Slavko Lukich, 8.Farhod Bekmurotov, 10.SHohnazar Norbekov (9. Hamidullo Abduhamidov, 90+2), 11.Mo'minjon Meliev (14. Avaz Mamatxo'jaev, 62), 13.Sardor Azimov (7. Asadbek Sobirjonov, 62), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 52).
Zaxira:  3.Bobur Akbarov, 4. Ilhom Vahobov,  18. Anvar Xojimirzaev, 99. Andrey Sidorov. 

Ogohlantirishlar: Mo'min Meliev 21, Slavko Lukich 25, Muhammad Isaev 38, Murod Xolmuhammedov, Abduvohid G'ulomov 72, Jasur Jaloliddinov 76, Iqbol Malikjonov 83, Farhod Bemurotov 87.



YANGILASH



90+7. O'YIN TUGADI! "Andijon" - "Qo'qon-1912" 1:2

90+2. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Muzaffar Abdullaev o'rniga Xurshid Xodjaev tushdi, Norbekov o'rniga Abduhamidov tushdi

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

87. ZARBAAA! Muzaffar Abdullaev to'pni qaytardi! Jasur Jaloliddinovning 11 metrli jarimadan yo'llagan zarbasi golga aylanmadi. Abdullaev to'pni qaytarganidan keyin raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi va jarohat oldi

87. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Farhod Bekmurotov

87. PENALTI! "Qo'qon-1912" darvozasiga.

85. ZARBA! Jasur Jaloliddinov qulay vaziyat poylab zarba yo'lladi. Muzaffar Abdullaev egallab oldi.

83. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Malikjonov

76. O'zgarishlar. "Andijon". Saydazimov o'rniga Sohibjonov tushdi, Mardon Abdullaev o'rniga Sunnatillo Hamidjonov

76. Ogohlantirish. "Andijon". Jasur Jaloliddinov

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Martin Boake birga bir vaziyatdan gol urdi - 1:2! 




72. Ogohlantirish. "Andijon". Abduvohid G'ulomov

69. ZARBAAAAAAAAAA! Izzatillo Abdulhaqovning zarbasi aniq va kuchli chiqdi, Abdullaevdan seyv! 

67. Doniyor Abdumannopov raqibning bir qancha futbolchisini ortda qoldirib jarima maydoncha ichiga kirib bordi va zarba yo'lladi.  Ammo biroz noaniq.

64. O'zgarish. "Andijon". Doniyor Ismoilov o'rniga Izzatilla Abdulhaqov tushdi

62. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Meliev va Azimov o'rniga Sobirjonov va Mamatxo'jaev tushdi

59. Ivan Yosovich va Aleksandr Merzlyakovlar himoyada yaxshi o'ynab Martinga imkon berishmadi

58. O'zgarish. "Andijon". Isaev o'rniga Qosimov tushdi

56. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Murod Xolmuhammedov

56. ZARBA! Doniyor Ismailovning raqib jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

52. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Bamba o'rniga Malikjonov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:2

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MO'MIN MELIEV 0:2. Himoyachining xatosidan keyin Meliev jarima maydoni ichida darvozani ishg'ol qildi! 




44. Jasur Jaloliddinovning olis masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Muzaffar Abdullaev egallab oldi.

42. Kamron Saydazimovning olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi

38. Ogohlantirish. "Andijon". Muhammad Isaev

35. UXXXX! Martin Boake jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi 



31. ZARBA! Xolmuhammedov ham burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga joylamoqchi bo'lgandi. Ozgina aniqlik etishmadi

28. UXXX! Javohir Qilichev jarima maydonini tark etib to'pni qaytardi, Sardor Azimov uning xatosidan unumli foydalana olmadi

26. ZARBAAA! Kamron Saydazimov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p Melievning yuziga tegib qaytdi!

25. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Murod Xolmuhammedov

21. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Mo'min Meliev

21. UXXX! Doniyor Ismoilov Mo'min Melievga nisbatan juda qo'pol o'ynadi...

20. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pni Bamba darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

11. ZARBA! Kamron Saydazimovning zarbasi ancha kuchsiz chiqdi

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Muhammadanas Hasanov burchakdan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!



3. Xavfli vaziyat! Doniyor Abdumannopov birga-bir vaziyatga chiqib ketgan edi. Raqib posboni to'pga birinchi bo'lib etib keldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика