Superliga. 9-turdagi ikkita o'yin nega 16:45da boshlanadi?
09 may 2022 11:55
Yangiliklar


Superliga. 9-turdagi ikkita o'yin nega 16:45da boshlanadi?
Yaqinda "Milan" - "Fiorentina" uchrashuvi tufayli "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvi Sport TVda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilmagan edi.
Italiya futbolini targ'ibot qilishda davom etamiz.
18 may kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida Italiya A Seriyasi yulduzlari va O'zbekiston faxriylari o'rtasida o'yin bo'lib o'tadi shu sabab 9-turning ikki uchrashuvi: "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" va "Surxon" - "So'g'diyona" 16:45da boshlanadi. Jamoalar soat 15:45da stadionga kelishi va 16:00da mashg'ulot o'tkazish uchun maydonga tushishi kerak. Yanayam qizig'i "Qo'qon-1912" ustozi Baxtiyor Ashurmatov ham O'zbekiston faxriylar terma jamoasi ro'yxatida bor.
O'sha kunlari 32-33 daraja issiq bo'lishini saytlarda ko'rishimiz mumkin. Bulutli DIM havo bo'ladi. Agar havo ochilib ketsa 40 darajaga ham chiqishi mumkin.
O'FA PFL taqvimiga qarab tadbir belgilamaydimi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar