So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  3 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

Superliga: 9-tur ramziy terma jamoasi FOTO Yangiliklar

Superliga: 9-tur ramziy terma jamoasi FOTO

Superliganing 9-turida o'zining yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan futbolchilardan tuzib chiqilgan ramziy terma jamoani etiboringizga havola etamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi


Superliganing 9-turi doirasidagi 6 o'yinda jami 12ta gol kiritildi. Faqat markaziy uchrashuv bo'lgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (0:0) bahsida muxlislar gol ko'rishmadi. Qolgan barcha bellashuvlarda stadionga tashrif buyurganlar kamida bittadan gol ko'rishdi. Bu safar ramziy terma jamoani 4-4-2 sxemada tuzdik.

Darvozada "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunov. Suyunov shu kuni Rashidovning 1-bo'limdagi va Bikmaevning 2-bo'limdagi zarbalarini bartaraf etdi. 87-daqiqada Sardor Rashidovning yaqin masofadan birga-bir vaziyatda tepgan to'pidan keyingi seyvi ajoyib chiqdi.

Himoyaning o'ng qanotidan "So'g'diyona" azosi Tohir SHamsiddinov, chap qanotidan esa "Qo'qon-1912" vakili Aleksandr Merzlyakov o'rin oldi.

Markaziy himoyada esa Kaxi Maxaradze va Fayzulla Qambarov juftlik hosil qildi. Toshkent derbisida "Paxtakor"ning juda ko'p hujumlarini aynan Maxaradze to'xtatib qoldi.

Tayanch yarim himoyasiga Darko Gojkovich tanlandi.

CHap qanot vingeri Sardor Azimov, o'ng qanot vingeri esa Artur Gevorkyan. Hujumchi ortidan esa Xurshid Asqaraliev joy oldi.

Hujumchilar sifatida Elguja Grigalashvili va Zabihillo O'rinboev tanlandi. Har ikki forvard o'z gollari bilan jamoalarining g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi.


Superliga 9-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon:
Eldorbek Suyunov (Paxtakor).

Himoyachilar: Tohir SHamsiddinov (So'g'diyona), Kaxi Maxaradze (Lokomotiv), Fayzulla Qambarov (Qizilqum), Aleksandr Merzlyakov (Qo'qon-1912).

Yarim himoyachilar: Darko Gojkovich (Qo'qon-1912), Artur Gevorkyan (Qizilqum), Sardor Azimov (So'g'diyona), Xurshid Asqaraliev (Neftchi).

Hujumchilar: Elguja Grigalashvili (Qizilqum), Zabihillo O'rinboev (Metallurg)

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика