Superliga. 9-tur laureatlari
20 may 2021 15:25
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
Muboorakning "Mashal" klubi bu turda o'z maydonida AGMKni qabul qildi va g'alabaga erishdi. Bu yilgi Superligada faqat bir marta yutqazgan olmaliqliklar Muborakda imkoniyatni boy berishdi. SHu tufayli Muborak klubi ustozi Aleksandr Xomyakov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etildi. SHu kuni mehmonlar posboni O'tkir Yusupov juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida 3ta seyvni ijro etdi va jamoasi darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi darvozaboni O'tkir Yusupov bo'ldi.
Bu turda "Mashal" yarim himoyachisi Sardor Abduraimov AGMK darvozasiga chiroyli gol urdi va u championat.asia talqiniga ko'ra tur goli deb topildi.
Muborakdagi o'yinda hisobni ochgan Sardor Abduraimov ikkinchi golda Zafarbek Akramovga golli pas berdi. O'yin davomida anchagina katta hajmdagi ishni bajargan futbolchi g'alaba qo'lga kiritilishida asosiy rolda bo'ldi. SHu tariqa, Sardor Abduraimov championat.asia talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar