Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi
11 apr 2023 12:14
Yangiliklar


Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi
Tur ramziy jamoasiga kirishga munosib va loyiq futbolchilar o'rtasida ham o'ziga xos raqobat yuzaga keldi. Sayt tahririyati 5-turni har taraflama yaxshi va sifatli o'tkazgan futbolchilardan tashkil topgan o'n bittalikni tuzib chiqdi.
Ramziy jamoa tuzilishida jamoalarning asosiy qismi foydalanayotgan 4-3-3 taktik sxemali joylashuvdan foydalanildi. "Qizilqum"ni ishonchli hisobda mag'lub etgan "Paxtakor"dan uch, "Turon" ustidan minimal g'alabaga erishgan "Olimpik"dan ikki va "Neftchi", "Bunyodkor", "Nasaf", OKMK, "Metallurg" va "Surxon" klublaridan 1 nafardan futbolchi ramziy jamoaga kiritildi.
Darvozabon: Akbar To'raev ("Neftchi")
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"); Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"); Davron Ergashev ("Bunyodkor"); SHerzod Nasrullaev ("Nasaf");
Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov (OKMK); Abbos Fayzullaev ("Paxtakor"); Zabihillo O'rinboev ("Metallurg"); Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"); Ruslan Jiyanov ("Olimpik");
Hujumchi: Silvanus Nimeli ("Surxon")
O’xshash yangiliklar

Fikrlar