So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  20 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  4

Superliga. 5-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga. 5-tur laureatlari aniqlandi

Saytimiz o'z ananasiga muvofiq Superliga 5-turining eng yaxshilarini aniqladi.


Tur darvozaboni - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
"Bunyodkor"ning tajribali posboni Murodjon Zuhurov 5ta tur ichida ikkinchi bor saytimiz talqiniga ko'ra turning eng yaxshi darvozaboni deb topilmoqda. Bu borada Zuhurov hozircha rekordchi bo'lib turibdi. Olmaliqda o'tgan bahsda tajribali darvozabon jamoasining g'alabasiga juda katta xissa qo'shdi. U bir necha bor AGMK futbolchilari tomonidan yo'llangan xavfli va aniq zarbalarni qaytardi. Eng asosiysi shu kuni o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.




Tur murabbiyi - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Bu turda ushbu nomga loyiq murabbiylar ko'p bo'ldi. Ammo saytimiz xodimlari rossiyalik mutaxassis tanlovida to'xtashga qaror qilishdi. Mavsumni u qadar omadli boshlay olmagan "lochinlar"ni 5-turda jiddiy sinov kutib turardi. O'tgan mavsum "Navbahor" asosiy tarkibida o'ynagan ko'plab futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan, o'tgan turda Termizda "Paxtakor" bilan durang o'ynay olgan va bu mavsumda hozirgacha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Surxon" Farg'onada mehmon bo'ldi. Turning markaziy o'yiniga aylanib ketgan uchrashuvda "Navbahor" aqlli futbol o'ynab yakunda yirik hisobda g'alaba qozondi. SHu tariqa Andrey Kanchelskis ketma-ket ikkinchi marta saytimiz talqiniga ko'ra tur murabbiyi deb topildi.




Tur futbolchisi - Lutfulla To'raev ("Bunyodkor")
Xuddi murabbiy kabi tur futbolchisi bo'lish uchun ham davogarlar etarlicha edi. Biroq hozirgi "Bunyodkor"ning etakchisi hisoblangan tajribali Lutfulla To'raev tanlovida to'xtashga qaror qildik. Jismoniy testlardan o'tishda muammolarga duch kelgan futbolchi yashil maydonga qaytdiyu, jamoaga foyda keltirishni boshlab yubordi. Maydondagi yosh sheriklarini boshqarish, hujumlar tashkil etish kabi ishlarni bajarishdan tashqari chiroyli gol urib o'yin taqdirini hal qilishni ham uddalay olgan Lutfulla To'raev championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



championat.asia talqiniga ko'ra tur laureatlari:


1-tur
Darvozabon - Xurshid Xodjaev ("Buxoro")
Murabbiy - SHota Arveladze ("Paxtakor")
Futbolchi - Dragan CHeran ("Paxtakor")

2-tur
Darvozabon - Botirali Ergashev ("Dinamo")
Murabbiy - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
Futbolchi - Elguja Grigalashvili ("Qizilqum")

3-tur
Darvozabon - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
Murabbiy - Andrey Miklyaev ("Surxon")
Futbolchi - Zafar Polvonov (AGMK)

4-tur
Darvozabon - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
Murabbiy - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Futbolchi - Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика