So’nggi yangiliklar

12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  1 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  23 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5

Superliga: 27-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 27-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 27-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:2

Superliganing 27-turi doirasidagi Toshkent derbisida "Bunyodkor" o'z uyida "Paxtakor"ni mehmon qildi.

Mazkur mavsumda bu jamoalarning o'zaro o'tkazgan o'yinlarida kuchlar teng kelgandi. Dastlab "Bunyodkor" o'z uyida g'alaba qozongandi. Ikkinchi davrada esa "Paxtakor" o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishni uddasidan chiqqandi. Ikkinchi bosqichdagi ilk to'qnashuvda bu gal "Paxtakor"ning qo'li baland keldi. Tiago Bezerra va Jamshid Iskanderov tomonidan urilgan gollar "sherlar"ga g'alabani taqdim etdi.


Tur muxlislari - yo'q

Muxlislik qilish madaniyati va stadionga tomoshabinlar tashrifi pasayib ketgani uchun ham mazkur nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik.


Tur hakami - Hasan Ro'ziev

Superliganing 27-turidan o'rin olgan Toshkent derbisi doirasidagi "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvida ishlagan Hasan Ro'ziev o'yinni bexato boshqardi.

Uchrashuv davomida o'yin nazoratini ushlab turgan hakam natijaga tasir etuvchi yoki qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. SHu boisdan ham Hasan Ro'zievni tur hakami deya etirof etdik.


Tur matbuot xizmati - yo'q

Tan olish kerak, klublar matbuot xizmati ham mavsumning yakuniy qismi yaqinlashayotgani sari uyquga ketmoqda. Ularda ham avvalgi faollik, tezkorlik va professionallik ko'rinmayapti. Mazkur turda hech bir matbuot xizmati o'z ishini yuqori darajada uddalagani yo'q. SHu boisdan ham mazkur turda hech bir klub matbuot xizmati etirofga loyiq ko'rilmadi.


Tur iqtibosi: "Har qanday holatda ham "Bunyodkor" o'z darajasidan pastga tushmasligi lozim"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klubdagi moliyaviy muammolar mavsum avvalidan buyon davom etayotgan, klubning keyingi taqdiri ham ochiq qolayotgani futbolchilarga ruhan qanchalik tasir etmoqda, degan savolga quyidagicha javob berdi.

"Mukofot pullari yo'qligi biz uchun bahona bo'lmasligi kerak. O'z oldiga katta maqsad qo'ygan, kelajakda kuchli futbolchi bo'laman degan futbolchilar bu kabi narsalarni o'ylamasliklari kerak. CHunki tashqaridagilarni bizning ichki muammomiz bilan ishi yo'q. Bu hech kimga qiziq emas. Har qanday holatda ham "Bunyodkor" o'z darajasidan pastga tushmasligi lozim. To'g'ri, bazida odam charchaymiz. Biz ham insonmiz. Maqsadimiz Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish, bu qanchalik qiyin bo'lmasin, biz buning uchun oxiragacha kurashamiz. "Bunyodkor" klubi keyingi yili yopiladimi yoki jamoadan 6 ochko olib tashlanadimi, degan gap-so'zlar qanchalik rostligini vaqt ko'rsatadi. Bizning vazifamiz mavsumni munosib tugatib qo'yish", - dedi Mirjalol Qosimov.


Tur goli - Ivan Nagaev

Superliganing 27-turi doirasidagi o'yinlarda kiritilgan gollar ichida "Qizilqum" hujumchisi Ivan Nagaev kiritgan to'p chempionatni bezab berdi.

Ivan Nagaevning AGMK darvozasiga kiritgan chalqancha uslubdagi goli nafaqat turning, balki butun mavsumning eng chiroyli gollaridan biri bo'ldi.


Tur darvozaboni - Eldorbek Suyunov

"Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov Superliganing 27-turi doirasidagi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda darvozasini juda ishonchli qo'riqladi.

Suyunov o'yin davomida 6 marotaba seyv amalga oshirib, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Muhimi, shu kuni Suyunov o'z darvozasini dahlsizligini saqlab qolishga erishdi. SHu tariqa Eldorbek Suyunov tur darvozaboni laureatiga loyiq ko'rildi.


Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev

Superliganing 27-turi doirasida o'z uyida "So'g'diyona"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Nasaf" ikki turdan buyon g'alabali odimni davom ettirmoqda.

Mazkur turda birgina yirik hisob qayd etildi va bu Qarshidagi bahsda ruy berdi. "Nasaf" oxirgi o'yinlarda ishonchli o'yin ko'rsatmoqda va natija ham shunga monand ravishda yaxshilandi. Garchi yosh tarkibga ega bo'lsada, Berdiev jamoa o'yinini tezda yaxshi tarafga o'nglashga erishdi. SHu boisdan ham Ro'ziqul Berdiev tur murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Darko Gojkovich

"Qo'qon-1912" tayanch yarim himoyachisi Darko Gojkovich mazkur turda o'z jamoasiga g'alabani taqdim etdi.

Vodiy derbisida "Neftchi"ni o'z uyida mehmon qilgan "Qo'qon-1912" Darko Gojkovichning dubli evaziga g'alaba qozondi. Garchi tayanch nuqtasida o'ynashiga qaramasdan Gojkovich nafaqat markazda yaxshi o'ynadi, balki jamoasiga g'alabasiga ham zamin yaratdi. SHu boisdan ham Darko Gojkovichni tur futbolchisi deya etirof etdik.


27-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Mirzohid G'ofurov ("Navbahor"), G'iyos Komilov ("Qo'qon-1912"), SHavkat Mullajonov ("Buxoro"), Dilshod Saitov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Darko Gojkovich ("Qo'qon-1912"), SHarof Muhitdinov ("Nasaf"), Erkin Boydullaev ("Qizilqum")

Hujumchilar: Elguja Grigalashvili ("Qizilqum"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv")


To'purarlar:

Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 14

Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 11

Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 11

Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 11

Bobir Abdixoliqov ("Nasaf") - 11


Assist:

Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 12

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика