So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  81 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  1 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1 23:17Дани Алвесни судга беришди  4 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  22 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Superliga-2021. Ketkazilgan murabbiylar... Yangiliklar

Superliga-2021. Ketkazilgan murabbiylar...

2021 yilgi mavsum sarhisobi davom etadi.

1) Oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan "Navbahor"ni mavsumga No'mon Hasanov tayyorladi. Biroq, unga 1-turdagi mag'lubiyatdan keyin chiqish eshiklari ko'rsatildi. Hasanovning o'rnini egallagan Viktor Jalilov hamkasbi yig'gan tarkib bilan ishlashda qiynaldi. Natijada "lochinlar" 7 turdan keyin atigi 6 ochko to'play oldi. Bu omadsizliklar mavsumning keyingi qismiga ham tasir qildi...

2) Superligada "ertak yozishi" kutilgan "Turon"da 2021 yilda 4 nafar bosh murabbiy ishladi: Ismoilov, Baniak, SHkvirin va Hakimov. Natija o'rtada: 26 o'yinda 17 ochko — so'nggi o'rin.

3) "Andijon"ni mavsumga Otabek G'ulomxo'jaev tayyorladi. Uning ishini Yorqin Nazarov davom ettirdi, Kumikov tugatib qo'ydi. Natija: "Pro liga yo'llanmasi".

4) "Metallurg"ni mavsumga tayyorlagan Andrey SHipilov 2-turdan keyin "quvildi". Bunga jamoaning birinchi mag'lubiyati sabab bo'lgandi. Natija: mavsum oxiriga qadar yana 15 ta mag'lubiyat qabul qilib olindi.

5) Mavsum davomida "ustoz almashtirgan" "Surxon" ham Superligada arang "ilinib qoldi". 

FAKT: Mavsumni turnir jadvalining yuqori beshligida yakunlagan jamoalarning barchasi yil davomida faqat bitta mutaxassisga ishonch bildirgan klublardir.

Qo'shimcha: Pro ligada ham xuddi shu holat sodir bo'ldi. Nisbatan kuchli tarkibga ega bo'lgan "Buxoro" 12 oyda 6 bor murabbiy almashtirdi. Biroq, elita yo'llanmasini "Dinamo" va "Olimpik" jamoalariga yutqazib qo'ydi.

Samandar Fayzullaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика