So’nggi yangiliklar

15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  2 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  9 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  12 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  5 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  13 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  7 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  3 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  2 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

Superliga-2019 yakunlari. Legionerlar statistikasi Yangiliklar

Ushbu maqolamizda yakuniga etgan mavsum Superligada o'ynagan barcha xorijlik futbolchilarning natijalari bilan tanishtiramiz.

Bu yil klublarimiz safida jami 49 nafar (birinchi davrada 34, ikkinchi davrada 15 nafar) legioner ro'yxatdan o'tkazildi.

11 nafar legioner birinchi davradan keyin klublarimiz ro'yxatidan chiqarildi. Uch nafar xorijlik futbolchi 2019 yilgi Superligada maydonga tushgani ham yo'q. Franciyalik Olive Bonn "Qo'qon-1912" tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan edi, biroq oilaviy muammolari tufayli Olive Superligamizda bironta o'yinda maydonga tusha olmaydi o'z uyida qaytishga majbur bo'ldi. Qirg'izistonlik Ahliddin Isroilov esa "Andijon" bilan shartnoma tuzgan va Superligada o'zini ko'rsatishga bel bog'lagan edi. Ammo mavsum boshidagi normativ testlarni bajara olmagan yarim himoyachi shartnomani bekor qilib Qirg'izistonga qaytib ketdi. Yil boshida AGMK tarkibiga qo'shib olingan serbiyalik Marko Zochevich yozga qadar klub safida edi, ammo Mirjalol Qosimov uni Superliga doirasida umuman maydonga tushirgani yo'q.


Yil boshida 4 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazgan "Qo'qon-1912" ikkinchi davrani faqat bir legioner bilan boshladi xolos. Olive Bonn haqida yuqorida to'xtaldik. Yarim himoyachi Milosh Nikolich hamda darvozabon Boyan Knejevich birinchi davradan keyin ro'yxatdan chiqarildi.

"Navbahor"ning turkmanistonlik yarim himoyachisi Elman Tagaev yarim yil O'zbekistonda o'ynadi xolos. AGMKga Zochevich bilan birga kelgan Mirolyub Kostich ham yozda yurtimizni tark etdi. Zochevichdan farqli o'laroq Kostich Superligada maydonga tushish baxtiga muyassar bo'ldi.

Dastlabki davrada "So'g'diyona" tarkibida to'p tepgan qirg'izistonlik himoyachi SHerzod SHakirov davralar oralig'ida klubdan ketdi. Yozda "Buxoro"ga Muhsin Muhammadiev kelgach klub ikki himoyachi rossiyalik Artyom Kulesha va ukrainalik Vladimir Baenko bilan xayrlashdi.


O'zbekistonda o'ynash tajribasiga ega bo'lgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevac bu yilni "Lokomotiv"da boshladi. Biroq uning "temiryo'lchilar" safidagi faoliyati juda ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Andrey Fyodorov uni Superligada 9 marta zaxiradan maydonga tushirdi va hujumchi bironta gol ura olmadi. Natijada birinchi davra tugamay turib Rayevac kiyimlarini yig'ishtirdi va yurtiga ketdi.

Ikki legioner bu yil Superliganing ikki klubi sharafini himoya qildi. Gruziyalik Elguja Grigalashvili mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubida boshladi va yozda AGMK safiga ko'chib o'tdi. Xuddi shunday dastlabki davrada "Qizilqum"da o'ynagan nikaragualik Medina Smit ikkinchi davrani "Lokomotiv"da o'tkazdi.

Yuqorida takidlanganidek 15 futbolchi ikkinchi davrada ro'yxatdan o'tkazildi. Dastlabki davrada umuman legionerlarsiz o'ynagan "Bunyodkor" yozda ikki xorijlik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib oldi. Ammo ukrainalik Evgeniy CHumak va rossiyalik Dmitriy Ostrovskiyning yurtimizdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lmadi hamda yaqindagina klub ular bilan do'stona xayrlashdi.


Davralar oralig'ida "Qizilqum" 4 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi. Gruziyalik Lasha Totadze, Mate Vatsadze, avstraliyalik Stiven Lustica va rossiyalik Ruslan Margiev ikkinchi davrada Navoiy klubi sharafini himoya qildi.

Xuddi shunday vaziyat "Buxoro" klubida ham sodir bo'ldi. Muhsin Muhammadiev yozda jamoaga kanadalik himoyachi Milovan Kapor, gruziyalik Jaba Lipartiya va Vili Isiani, tojikistonlik Fatxullo Fatxulloev kabi legionerlarni olib keldi.

Ikkinchi davrada "Navbahor"da ham tojikistonlik futbolchi o'ynadi. Amirbek Jo'raboev Superligada 13ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.

Yozda ikki legionerga javob bergan AGMK ularning o'rniga uch nafar legionerni olib keldi. Belaruslik Vladislav Kasmininni yurtimiz futbol muxlislari yaxshi bilishadi, serbiyalik Igor Zonich esa bu mavsum O'zbekiston chempionatida debyut qildi.


Bu mavsum "Surxon" safida ikki nafar braziliyalik futbolchi to'p tepdi. Yozda termizliklar tarkibiga ikki hujumchi Duglas do Nasimento va Lukas de Oliveyra kelib qo'shildi. Biroq braziliyalik futbolchilar o'zimizning hujumchilardan hech bir jabhada ustun emas ekanliklari ko'rinib qoldi. Lukas 7ta o'yinda umuman gol ura olmagan bo'lsa, Duglas 9ta uchrashuvda atigi bitta gol urdi.

23 legioner futbolchi mavsum oxirigacha bitta klubda to'p tepdi. "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilovning farzandi kenja Andrey SHipilov Rossiya fuqarosi bo'lgani uchun uni ham legionerlar ro'yxatiga kiritdik.

Bu yil Serbiyadan kelgan 16 futbolchi bu yil Superligamiz klublarida maydonga tushdi. Bu eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Rossiya mamlakatidan 9 nafar legionar 2019 yil Superligada o'ynadi. Eng ko'p legioner “Buxoro” safida (7 nafar) to'p tepdi.


Ushbu mavsumda eng ...

ko'p gol urgan legioner - Dragan CHeran 23ta
ko'p golli uzatama bergan legioner - Arslanmirat Amanov 6ta
ko'p maydonga tushgan legioner - Kaxi Maxaradze va Egluga Grigalashvili - 26tadan o'yin
kam maydonga tushgan legioner - Marko Zochevich, Ahliddin Isroilov, Olive Bonn - 0
ko'p sariq kartochka olgan legioner - Ivan Solovyov - 6tadan
ko'p qizil kartochka olgan legioner - Ivan Solovyov, Amirbek Jo'raboev, Vladimir Baenko va Artyom Kulesha - 1tadan
faxriy legioner - Radosav Aleksich 33 yosh
yosh legioner - Andrey SHipilov 20 yosh




Superliga-2019dagi legionerlarning mamlakatlari

Serbiya 

 16

Rossiya 

 9

Gruziya 

 6

Ukraina 

 3

Qirg'iziston 

 2

CHernogoriya 

 2

Turkmaniston 

 2

Tojikiston 

 2

Braziliya 

 2

Avstraliya 

 1

Kanada 

 1

Belarus 

 1

Nikaragua 

 1

Franciya 

 1




Superliga-2019. Legionerlar statistikasi


#

Igrok

Klubi

Amplua

Tug'.sana

O'yin

Daq

Gol

Gol pas

SK

QK

1

Kaxi Maxaradze (Gruziya)

So'g'diyona

Yahm

20.10.1987

26

2267

5

2

3

0

2

Elguja Grigalashvili (Gruziya)

Qizilqum/AGMK

Huj

30.12.1989

26

2212

11

2

3

0

3

Darko Stanoevich (Serbiya)

Surxon

Him

12.04.1987

25

2250

3

0

2

0

4

Vladimir Bubanya (Serbiya)

Surxon

Him

02.08.1989

24

2160

1

0

4

0

5

Dragan CHeran (Serbiya)

Paxtakor

Huj

06.10.1987

24

2030

23

5

4

0

6

Aleksandr Kasyan (Rossiya)

Navbahor

Huj

27.01.1989

24

1979

10

0

4

0

7

Ivan Solovyov (Rossiya)

Navbahor

Yahm

29.03.1993

24

1979

1

4

6

1

8

Yovan Jokich (Serbiya)

Lokomotiv

Yahm

13.08.1992

24

1845

1

0

2

0

9

Milan Mitrovich (Serbiya)

So'g'diyona

Dar

27.02.1991

23

2070

0

0

2

0

10

Marko Milich (Serbiya)

Qo'qon-1912 

Him

06.11.1987

23

2039

0

0

4

0

11

Nikola Milinkovich (Serbiya)

So'g'diyona

Huj

18.02.1991

23

1934

2

0

3

0

12

Arslanmirat Amanov (Turkmaniston)

Lokomotiv

Yahm

28.03.1990

23

1517

4

6

1

0

13

Igor Golban (Rossiya)

Navbahor

Him

31.07.1990

22

1910

0

1

1

0

14

Ariagner Medina Smit (Nikaragua)

Qizilqum/Lokomotiv

Huj

13.12.1998

21

1153

4

2

1

0

15

Sergey Tumasyan (Rossiya)

Metallurg

Huj

31.01.1990

19

831

1

1

1

0

16

Vitaliy Mirniy (Ukraina)

Andijon

Dar

03.04.1992

18

1620

0

0

1

0

17

Evgeniy CHeremisin (Rossiya)

Qizilqum

Dar

29.02.1988

17

1530

0

0

0

0

18

Marko Simich (CHernogoriya)

Paxtakor

Him

16.06.1987

15

1045

3

1

2

0

19

Andrey SHipilov (Rossiya)

Metallurg

Him

23.07.1999

14

843

0

0

2

0

20

Ruslan Margiev (Rossiya)**

Qizilqum

Huj

21.03.1995

13

1111

0

0

1

0

21

Amirbek Jo'raboev (Tojikiston)**

Navbahor

Yahm

13.04.1996

13

964

0

0

2

1

22

Stiven Piter Lustica (Avstraliya)**

Qizilqum

Yahm

12.04.1991

13

929

1

0

2

0

23

Igor Yelich (Serbiya)

Lokomotiv

Yahm

28.12.1989

13

920

1

2

1

0

24

Milovan Kapor (Kanada)**

Buxoro

Him

05.08.1991

12

1080

0

1

2

0

25

Radosav Aleksich (Serbiya)

Andijon

Him

06.03.1986

12

1044

0

0

5

0

26

Mate Vatsadze (Gruziya)**

Qizilqum

Huj

17.12.1988

12

1025

3

1

4

0

27

Slavko Lukich (Serbiya)

Navbahor

Him

14.03.1989

12

807

2

1

3

0

28

Jaba Lipartiya (Gruziya)**

Buxoro

Yahm

16.11.1987

11

990

0

1

0

0

29

Lasha Totadze (Gruziya)**

Qizilqum

Him

24.08.1988

11

901

2

0

2

0

30

Fatxullo Fatxulloev (Tojikiston)**

Buxoro

Yahm

24.03.1990

11

859

1

0

0

0

31

Vladimir Baenko (Ukraina)*

Buxoro 

Him

09.02.1990

10

894

1

0

6

1

32

Igor Zonich (Serbiya)**

AGMK

Him

16.10.1991

9

779

0

0

1

0

33

Duglas do Nasimento (Braziliya)**

Surxon

Huj

10.07.1997

9

335

1

0

0

0

34

Filip Rayevac (Serbiya)*

Lokomotiv 

Huj

21.06.1992

9

130

0

0

0

0

35

Ivan Fatich (CHernogoriya)*

Buxoro

Him

21.08.1988

7

600

0

0

5

0

36

Vladislav Kasminin (Belarus)**

AGMK

Him

17.01.1990

7

564

0

0

2

0

37

Lukas de Oliveyra (Braziliya)**

Surxon

Huj

30.07.1997

7

286

0

0

0

0

38

Boyan Knejevich (Serbiya)*

Qo'qon-1912 

Dar

13.04.1989

6

540

0

0

0

0

39

Artyom Kulesha (Rossiya)

Buxoro

Him

14.01.1990

6

536

0

0

2

1

40

SHerzot SHakirov (Qirg'iziston)*

So'g'diyona

Him

18.11.1990

6

501

0

2

0

0

41

Mirolyub Kostich (Serbiya)*

AGMK 

Yahm

05.06.1988

6

401

0

0

0

0

42

Milosh Nikolich (Serbiya)*

Qo'qon-1912 

Him

03.10.1994

5

258

0

0

0

0

43

Dmitriy Ostrovskiy (Rossiya)**

Bunyodkor

Yahm

15.04.1998

4

105

0

0

1

0

44

Evgeniy CHumak (Ukraina)**

Bunyodkor

Yahm

25.08.1995

3

242

0

0

1

0

45

Vili Isiani (Gruziya)**

Buxoro

Huj

22.03.1991

3

71

0

0

0

0

46

Elman Tagaev (Turkmaniston)*

Navbahor 

Yahm

02.06.1989

3

55

0

0

0

0

47

Marko Zochevich (Serbiya)*

AGMK

Yahm

19.05.1993

0

0

0

0

0

0

48

Ahliddin Isroilov (Qirg'iziston)*

Andijon

Yahm

16.09.1994

0

0

0

0

0

0

49

Olive Bonn (Franciya)*

Qo'qon-1912

Yahm

07.02.1990

0

0

0

0

0

0

 



* - birinchi davradan so'ng klubni tark etgan futbolchilar
** - ikkinchi davrada ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilar



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика