Superliga 14-tur. Tomoshabinlar tashrifi: Qarshi va Jizzax etakchi
04 avg 2022 13:52
Yangiliklar


Superliga 14-tur. Tomoshabinlar tashrifi: Qarshi va Jizzax etakchi
Superliganing 14-tur bahslari ortda qoldi.
Ushbu turda stadionlarga jami 20 953 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 2 993 nafar muxlis to'g'ri kelmoqda. Eng yaxshi ko'rsatkich "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvida qayd etildi, 8 114 kishi. Keyingi o'rinlarda "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 4 572, AGMK - "Metallurg" 3, 450 kishi, ko'pchilikning diqqat markazida bo'lgan Farg'ona derbisini esa 1 622 nafar ishqiboz bevosita stadiondan kuzatdi. Eng past natija esa Olmaliqda kechgan "Surxon" - "Olimpik" uchrashuvida bo'ldi, 215 kishi. Toshkentda kechgan o'yinlarda: "Paxtakor" - "Dinamo" 1 057 kishi, "Lokomotiv" - "Qizilqum" 1 923 kishi tashrifi kuzatildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar