So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Superliga: 11-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 11-tur ramziy terma jamoasi

Ananamizga muvofiq Superliganing 11-tur ramziy terma jamoasini etiboringizga taqdim etamiz.

Ramziy terma jamoa 5-4-1 taktik sxemasi asosida tanlandi.

Tur ramziy terma jamoasi darvozasiga "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov loyiq ko'rildi. Yusupov Olmaliqda AGMKga qarshi bahsda juda ishonchli o'ynadi. Birinchi taymda raqib futbolchisining penaltidan tepgan to'pini qaytargan posbon o'yin davomida yana kamida 3 marta jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Uchrashuv oxirida o'tkazilgan golda Yusupovdan ko'ra himoyachilarning aybi ko'proq edi.

Himoya chizig'iga "Nasaf" vakili Dilshod Saitov, "Loko" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev, "Andijon" sardori Ildar Mamatkazin va "Bunyodkor" azosi Islom Qobilov qo'yildi. Etiborli tarafi, bu himoyachilar mazkur turda nafaqat o'zlarining ishonchli o'yinlari, balki raqib darvozasini ishg'ol etishni ham uddasidan chiqishdi. "Qo'qon-1912"ning chap qanot himoyachisi Aleksandr Merzlyakov ham ramziy terma jamoadan o'rin oldi. U "Dinamo" bilan bahsda ishonchli harakat qildi.

Yarim himoyaga "Dinamo" sardori Jasur Azimov qo'yildi. Qo'qondagi ochilish o'yinida ko'pchilik "Dinamo"ning mag'lubiyatini kutgandi. Biroq Davron Fayziev shogirdlari ajoyib o'ynab 2:2 hisobidagi durangga erishishdi. Samarqand klubi safida ikkala golga ham Azimov mualliflik qildi. "Qizilqum" futbolchisi SHerali Jo'raev ham bu safargi ramziy terma jamoadan joy oldi. "So'g'diyona" bilan bahsda o'ng qanotda harakat qilgan Jo'raev o'zining faolligi bilan ajralib turdi, raqib darvozasiga urilgan gol ham aynan uning say harakatlaridan keyin urildi.

AGMK safida bu mavsum kam maydonga tushayotgan SHoxnazar Norbekov bu tur jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan tezkor futbolchi "Navbahor" darvozasiga so'nggi daqiqalarda gol urdi. Xatto u ikkinchi golni ham urishi mumkin edi, ammo so'nggi soniyalarda uning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

"Bunyodkor"ning 2002 yilda tug'ilgan yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov "Nasaf" bilan bahsda doimgidek faol bo'ldi. Yaqindagina O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inida bo'lib qaytgan futbolchi ramziy termamizdan joy oldi.

Hujumga esa bu turda xet-trikka erishgan "Paxtakor" vakili Dragan CHeran tanlab olindi. Muhsin Muhammadievning "Buxoro" bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yinda "Paxtakor" 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda CHeran mavsumdagi ilk xet-trikini rasmiylashtirdi. Bu o'yindan keyin Draganning chempionatdagi gollari soni 13taga etdi.

SHu tariqa tur ramziy jamoasidan "Bunyodkor"dan 2, "Lokomotiv", "Dinamo", "Navbahor", "Nasaf", "Andijon", "Qizilqum", AGMK, "Paxtakor" va "Qo'qon-1912"dan 1 nafardan futbolchi o'rin oldi.


Tur ramziy terma jamoasi (5-4-1):

Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar: Dilshod Saitov ("Nasaf"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Ildar Mamatkazin ("Andijon", Islom Qobilov ("Bunyodkor"), Aleksandr Merzlyakov ("Qo'qon-1912").

Yarim himoyachilar: SHerali Jo'raev ("Qizilqum"), Jasur Azimov ("Dinamo"), SHohnazar Norbekov (AGMK), Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor").

Hujumchi:
Dragan CHeran ("Paxtakor").



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика