So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27

Superliga: 11-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga: 11-tur laureatlari aniqlandi

Superliganing 11-turi yakunlandi va biz ananamizga sodiq qolgan holda tur laureatlarini elon qilamiz.

Tur hakami - Ravshan Ermatov

Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Qarshidagi "Markaziy" o'yinni juda odilona va bexato boshqarishdi. Ayniqsa CHeranning jarima maydonchasi ichida yiqilganda va Masharipovga nisbatan qoidabuzarlikni to'g'ri aniqlay olgan Ermatov so'zsiz tur hakami nominaciyada g'olib bo'ldi. Qayd etish kerakki, Ravshan Ermatov ketma-ket uchinchi marotaba eng yaxshi hakam deb topilmoqda.

Tur o'yini - "Nasaf" - "Paxtakor" (2:3)

Qarshida o'tgan markaziy uchrashuv kutilganidek shiddatli va murosasiz o'tdi. Uchrashuvda muxlislar jami beshta golga guvohlik qilishdi. O'yin mundarijasi ham voqealarga boy bo'ldi. Tezkor gol, tezkor javob to'pi. Yakunda esa irodali g'alaba. "Nasaf" ham, "Paxtakor" ham ishqibozlarga chiroyli va hujumkor futbol taqdim etishdi. Bu to'qnashuv o'z statusiga to'la mos ravishda o'tdi.

Tur muxlislari - "Qo'qon"da

Vodiy derbisini qabul qilgan Qo'qon shahrida mahalliy ishqibozlar ajoyib muhitni yarata olishdi. Qo'qonlik ishqibozlar butun bahs davomida juda faollik bilan o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlab turishdi. SHu boisdan ham ushbu turdagi eng yaxshi muxlislar nominaciyasida "Qo'qon-1912" ishqibozlari eng yaxshi bo'lishdi.

Tur matbuot xizmati - "Qizilqum"

Superliganing 11-turida o'yin atrofi va uchrashuv tafsilotlarini yoritishda "Qizilqum" matbuot xizmati ham juda yaxshi ishladi. Garchi mehmonda ishtirok etishganiga qaramasdan Aziz Nuriy qo'l ostidagi bo'lim juda faol va samarador ishladi. SHu boisdan ham bu gal turning eng yaxshi matbuot xizmati nominaciyasida "Qizilqum" matbuot kotibi Aziz Nuriy g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Tur iqtibosi: "Raqibni kuchsizlantirish siyosatini o'z vaqtida "Milan" amalga oshirgan, "Paxtakor" emas"

"Paxtakor" ustozi SHota Arveladze "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" raqibni kuchsizlantirish transfer siyosatini olib bormasligini bildirdi va quyidagilarni aytib o'tdi.

"Biz raqibni kuchsizlantirish uchun transferlarga qo'l urmaymiz. Bu ishni 80-90 yillar "Milan" amalga oshirgan. Men bu taktikadan xabardorman. CHunki "Milan" paytida bu ish bilan shug'ullangan", (c) SHota Arveladze

Tur goli - Arslonmurot Amonov

Superliganing 11-turida chiroyli gollar kam bo'lmadi. Ammo ularning ichida "Buxoro" vingeri Arslonmurot Amonovning "Loko" darvozasiga yo'llagan shedevr goli turni chinakamiga bezab berdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu tariqa Arslonmurot Amonovning kiritgan goli yaqqol ustunlik bilan tur goli deya etirof etildi.


Tur darvozaboni - Botirali Ergashev

Ushbu turda deyarli barcha jamoalar gol o'tkazib yuborishdi. Faqatgina AGMK va "Navbahor" jamoalari o'z darvozalari dahlsizligini saqlay olishdi. AGMK darvozaboni Pavel Matyashga Bekoboddagi bahsda umuman ish topilmadi. "Navbahor" kiperi Botirali Ergashev esa nisbatan qolgan hamkasblaridan faolroq ko'rindi. Ergashev "Qizilqum"ga qarshi bahsda o'z darvozasi tomon yo'llangan 3ta aniq zarbani bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi va tur darvozaboni sifatida etirof etildi.

Tur murabbiyi - SHota Arveladze

Bu gal tur murabbiyi nominaciyasida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze g'olib deb topildi. Qarshidagi juda qiyin va principial uchrashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritgan Arveladze turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. Markaziy bahs taqdirini hal etgan asosiy faktor, yani kerakli paytda to'g'ri futbolchini maydonga tushirgani ham o'yin natijasini o'z foydasiga hal etishda bevosita xizmat qildi.

Tur futbolchisi - Jaloliddin Masharipov

Superliganing 11-turida eng yaxshi futbolchi deb "Paxtakor" azosi Jaloliddin Masharipov etirof etildi. Masharipov "Nasaf"ga qarshi bahsda jamoasi g'alabasiga juda katta hissa qo'shdi. Birinchi golga mualliflik qilgan Masharipov, o'yin taqdirini hal etgan penaltini ishladi. SHuningdek, butun bahs davomida o'z qanotidan raqib himoyasiga ko'pgina tashvish tug'dirib turdi. SHu tariqa Masharipov 11-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика