So’nggi yangiliklar

10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  4 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  3 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  7

Superliga. 10-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 10-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 10-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.


Mazkur turda "Andijon" "Mashal"ga qarshi o'ynadi. Bahs 0:0 hisobida yakuniga etdi. SHu kuni "burgutlar" darvozasini Eldor Adhamov qo'riqladi va o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Bir nechta xavfli zarbalarni qaytargan Adhamov championat.asia talqiniga ko'ra 10-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.






Termizning "Surxon" klubi 10-turda "Navbahor"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda hisobni SHerzod Karimov tomonidan urilgan gol ochib berdi. Karimov burchakdan to'pni to'g'ri raqib darvozasiga joylab qo'ydi va haqli ravishda tur goli sifatida etirof etildi.






Qarshining "Nasaf" klubi yakunlangan turda Jizzaxning "So'g'diyona" klubini 3:0 hisobida taslim etdi. SHu kuni "ajdarlar" o'yinda katta tashabbusga ega bo'lishdi va yirik g'alabani tantana qilishdi. Yosh futbolchilarni qo'rqmay tarkibga kiritadigan Berdiev shu kuni Husayin Norchaevni zaxiradan maydonga tushirdi va 18 yoshli futbolchi Superligada debyut golini urdi. Championat.asia talqiniga ko'ra Ro'ziqul Berdiev 10-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



Ha bu turda SHerzod Karimov burchakdan ajoyib gol urmaganida tur goli ham, tur futbolchisi ham Nurillo To'xtasinovga berilishi mumkin edi. Sababi "Bunyodkor" yarim himoyachisi "Metallurg" bilan bahsda juda faol o'ynadi hamda ikkita gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. Uning birinchi goli ayniqsa juda chiroyli chiqqanini takidlash lozim. O'zbekiston chempionatida ilk bor dublga erishgan Nurillo To'xtasinov championat.asia talqiniga ko'ra tur futbolchisi deb topildi.

 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика