Superliga. 1-turning eng yosh jamoasi - "Nasaf"
18 mar 2019 14:57
Yangiliklar


Superliga. 1-turning eng yosh jamoasi - "Nasaf"
Xabaringiz bor, O'zbekiston Superligasida 1-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Ilk turda Qarshining "Nasaf" klubi eng yosh tarkibga ega bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev maydonga tushirgan futbolchilarning o'rtacha yoshi 22,6 ni tashkil etdi.
"Bunyodkor"da bu ko'rsatkich 23,1ni tashkil qildi.
Eng qari tarkiblar esa "Surxon" (28,7) va "Qizilqum" (28,5) jamoalarida kuzatildi.
Qizig'i Toshkentda o'tgan vodiy derbisida "Navbahor" va "Qo'qon-1912"ning o'rtacha yoshi bir xil bo'ldi.
Superliga 1-turda jamoalarning o'rtacha yoshlari:
"Nasaf" - 22,6
"Bunyodkor" - 23,1
"So'g'diyona" - 24,8
"Dinamo" - 26
"Buxoro" - 26,1
"Paxtakor" - 26,1
"Andijon" - 26,9
"Lokomotiv" - 27
"Navbahor" - 27,3
"Qo'qon-1912" - 27,3
AGMK - 27,6
"Metallurg" - 27,7
"Qizilqum" - 28,5
"Surxon" - 28,7
O’xshash yangiliklar

Fikrlar