So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Superi bo'lmagan ligamizda nima gaplar? Yangiliklar

Superi bo'lmagan ligamizda nima gaplar?

Daraja jihatdan ikkinchi pog'onada turadigan chempionatimizdagi vaziyat haqida mulohaza qilib ko'ramiz.

Yoz chillasida avjiga chiqqan serquyoshimiz ko'cha-kuyda o'z yumushi bilan sargardon yurgan odamlarni ayab o'tirmayapti. Osmonga qiyo boqib, bulutlarni faqatgina tasavvur qilish mumkin. Biz Abdullajonu, kichkina tabib emasmizki, boriga ko'nikishga majburmiz. Ayniqsa, shunday ob-havoda to'p tepishning o'zi bo'lmaydi. Pro-liga klublari bir muddat tatilga chiqib, so'ngra avgustda start oladigan navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. To'g'ri, ko'pchiligimiz zangori ekranlarida namoyish etilgan taqdirda ham ushbu musobaqaga ro'yxushlik bildirmaymiz, istiqomat qilayotgan hududimizga tegishli klubning natijalariga qiziqish bildirishimiz mumkin. Biroq mazkur ligani kuzatib borayotgan muxlislar o'yinlar esnoqni keltiradigan darajada emasligini sezishlari mumkin. Sababi, Pro-ligada ham Superligada ishtirok etishga arzigulik, hatto ular bilan tengma-teng raqobat qila oladigan jamoalar topiladi. Qolaversa, bazi o'yinlar orqali evrofutboldagi shedevr gollarning O'zbekistondagi nusxasini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin. To'g'ri, chempionatdagi raqobat og'izni lang ochadigan darajada hayratlanarli emas, shunga qaramasdan, bazi to'qnashuvlar klassikodan qolishmaydi. Keling, nihoyasiga etgan 13 turdan so'ng etakchi jamoalardagi vaziyat haqida to'xtalib o'tamiz.


"Turon"


O'zining maydoni-yu, tuzilmasi bilan uncha-muncha jamoalarga o'rnak bo'la oladigan yaypanliklar yuqori elitaga qaytish uchun munosib o'yin ko'rsatishmoqda. Anvar Berdiev shogirdlariga hozirgi holatda qo'shni andijonliklar boshog'riq bo'lishi mumkin. Birinchi davrada o'z maydonida alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Turon" ikkinchi davradagi o'zaro qarama-qarshilikda tish-tirnog'i bilan shay holatda kurash olib borsa, ajabmas. 13 o'yinning atigi uchtasida ochko yo'qotgan jamoaning gollariga nazar solsak, ularning naq yarmi standart va qanotdan oshirilgan to'plar evaziga kiritilganining guvohi bo'lishimiz mumkin. Aksar o'yinlarda 11 metrlik nuqta jamoa joniga oro kirgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan gollarning 1/3 qismi ham (3 ta) aynan penaltiga to'g'ri keladi. Qolaversa, gollarning "dodasi"ni ko'nglingiz tusab qolsa, yaypanlik yigitlarga murojaat qilaverishingiz mumkin, ular Juninoning zarbasini ham, sharhlovchini voy-voylatadigan darajada Beylning CHempionlar ligasi finalida "Liverpul" darvozasiga kiritgan to'pining o'zbekcha versiyasini ham ko'rsatib bera olishadi.

To'purar — Humoyun Murtozaev

Humoyun nafaqat jamoaning, balki Pro liganing eng ko'p tabloda ismi qayd etilgan futbolchisi bo'lib turibdi. Barcha uchrashuvlarning 1/4 qisminiga to'liq o'tkazgan bo'lsa-da, yaypanliklar hujumchisi 11 bor raqib darvoza to'rlarining to'p bilan kaltaklanishiga sababchi bo'lgan. 10-raqamli libosda to'p tepadigan forvard jamoasining ko'pgina o'yinlarida hal qiluvchi gollar muallifiga aylandi. Qolaversa, O'zbekiston kubogi bahslarida ham uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfer oynasi vaqtida Superliga klublari Murtozaevni o'z qarmog'iga ilintirib ketmasa, "Turon" hujumchisi Pro liganing "Oltin butsa"sini qo'lga kiritish uchun jon-jahdini beradi.

Tayyorgarlik

Pro-liga jamoalari tanaffus davrida kondicioner ostida shirin tushlar ko'rib o'tirganicha yo'q. Olovi qaynagan quyoshning ochiq havoda kabob tayyorlasa bo'ladigan darajadagi haroratiga qaramay, jamoalar Superligadagi hamkasblari singari yig'inlarni allaqachon boshlab yubordi. Anvar Berdiev shogirdlari 6 iyuldan Tojikistonda mashg'ulotlarni boshladi. Jamoa safiga Sergey Morozov (himoyachi, Rossiya), Denis Ostrovskiy (himoyachi, Ukraina) va Arislan Yusupbaev (yarim himoyachi, Nukus) ko'rikdan o'tish uchun kelib qo'shildi.

Yig'inning ikkinchi qismi poytaxtda davom ettirildi. Unda jamoa "Lokomotiv" (1:2)ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.  Yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlari 19 iyul sanasidan boshlab Yaypan shahriga ko'chdi. 24 iyul kuni "Navbahor" bilan nursiz durangga imzo chekkan jamoa endilikda "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keladi.

Bo'lajak Pro-liga o'yinlari

"Turon" — "Zomin"

"Andijon" — "Turon"

"Turon" — "Yangier"


"Andijon"

"Andijon" ham o'zidan yuqoriroqda joylashgan klub singari qanotlar orqali, shuningdek, standartlardan gol urishni yaxshi ko'radi. Jamoa kiritgan gollarning yarmidan ko'pi aynan qanotlar orqali uzatmalar hamda burchak va jarima zarbalarining ijro etilishi natijasida kiritilgan. Kumikov shogirdlari ikkinchi qavatda qushday parvoz qiladi, bosh bilan gol urish borasida kerak bo'lsa, "Turon"ga ham dars berib qo'ya oladi. Vodiy jamoasi pressing borasida ham raqiblarini yurak hovuchlashga majbur qila oladi. Biroq markazdan uzatilgan paslar orqali boshlangan hujumlardan nisbatan ko'proq aziyat chekishgan. Pro ligada eng kam mag'lubiyatga ega bo'lganiga, qolaversa, birnichi davrada "Turon" maydonida g'alaba qozonganiga qaramay, andijonliklar ikkinchi pog'onani egallab turishibdi. "Burgutlar" ham qayta-qayta tomosha qilishga arzigulik gollar kiritishni uddalaydi, jumladan, mana bu gol besh karra oltin to'p sohibining Evro-2016'da Vengriya darvozasiga kiritgan to'piga juda o'xshab ketadi.  

To'purar — SHahboz Erkinov

So'nggi yillarda "Buxoro", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor" singari jamoalardagi gollari bilan juda yaxshi tanish bo'lgan Erkinov ayni damda jamoa to'purari bo'lib turibdi. 22-raqamli libos ostida to'p tepadigan hujumchi o'z hisobiga 7 ta golni rasmiylashtirishga ulgurdi. Jamoasi peshqadamni taqib qilayotganday, Erkinov ham eng yuqori cho'qqi sari urinib ko'rishi tabiiy.

Tayyorgarlik

Qisqa tatildan so'ng tayyorgarlikni 5 iyuldan Dukentda boshladi. Bosh murabbiy va uning yordamchisi, shuningdek, legionerlar jamoaga aynan Dukentda qo'shildi. U erda 15 iyulga qadar mashg'ulotlar davom ettirildi. Tarkibga "Yangier"dan Suhrob Berdiev jalb etildi. Yig'in doirasida AGMKga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi (1:2) o'tkazildi.

SHundan so'ng futbolchilarga yana ikki kunlik dam berilgach, jamoaning ikkinchi bosqichdagi yig'ini 18-30 iyul kunlari Toshkentda o'tkazilmoqda. Poytaxtda "burgutlar" dastlab "Metallurg" (1:4), so'ngra "Qizilqum" (3:2)ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. SHuningdek, 29 iyul kuni Tojikistonning amaldagi chempioni – "Istiqlol"ga qarshi ham o'yin o'tkazish rejalashtirilgan.

Bo'lajak Pro-liga o'yinlari

"Andijon" — "G'ijduvon"

"Andijon" — "Turon"

"Mashal" — "Andijon"


"Mashal"

Yuqoridagi jamoalardan farqli o'laroq, muborakliklar kombinacion o'yin orqali gol urishni ko'proq xush ko'rishlari ayon bo'ldi. Raqib jarima maydonchasiga kirib olgan "Mashal" qarama-qarshi tarafda harakatlanayotgan jamoaning asab tolalarini raqs tushirishga majbur qiladi. Hujumchilar bir-birlarini yaxshi tushuna olishadi, tushunishga imkon bo'lmagan taqdirda ham o'zlari vaziyatni hal qilib qo'ya olishadi. Bu degani ularning standart vaziyatlardan no'noqligini anglatmaydi, aksincha ular chempionatning prologidayoq o'z tuhfalarini hadya etib ulgurishdi. Biroq "Mashal" nafaqat raqib, balki o'z jarima maydonchasida ham keskinlikni yoqtiradi, buning oqibatida jamoa o'z darvozasidan qabul qilishga majbur bo'lgan 11 goldan uchtasini aynan bir xil raqamlardan tashkil topuvchi ikki xonali sondan iborat jarima nuqtasidan o'tkazib yuborgan. Yana shunchasi esa qanotdan uzatmalar natijasida sodir bo'lgan. To'rtta golni esa raqib jamoalar standart vaziyatlar orqali "syurpriz" qilgan. Dilyaver Vaniev tatilda shogirdlariga ichki xotirjamlikni saqlashni uqtirib qo'ysa kerak.

To'purar — Mikola Agapov

"Mashal" hujumchisi garchi to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmayotgan bo'lsa-da, sermahsulli ko'rsatkichi bo'yicha oldinda bormoqda, sababi u atigi 8 o'yinda ishtirok etgan hamda Krishtianu Ronalduning libosidagi raqamiga barobar to'p kiritgan. SHuningdek, uning hisobida xet-trik bor ekanligini ham alohida takidlash joiz. Qolgan o'yinlarda ham Agapov to'liq ishtirok etolsa, ehtimol, to'purarlar reytingda kambek amalga oshirish imkoniyatga ega bo'lishi mumkin. 

Tayyorgarlik

Nigeriyalik bo'lgan sobiq futbolchisi Ibe Mikael Okoro bilan bog'liq muammo sabab FIFA "Mashal"ga transfer taqiqi qo'ygandi. Klub bu masalani ijobiy tarafga hal qila oldi, natijada taqiqdan butkul xalos bo'ldi. Dilyaver Vaniev shogirtlari 1 iyul kuni yozgi yig'inini Muborakda boshlab yubordi. O'n kunlik yig'in davomida jamoa mashg'ulotlarni asosan jismoniy tayyorgarlikga qaratdi. 13 iyul kuni jamoa yig'inni poytaxtda davom ettirish uchun Toshkenga jo'nab ketdi. Ushbu maskanda dastlab AGMK (2:1), so'ngra "Surxon" (1:2) va "Lokomotiv" (0:3)ga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazildi.  

Bo'lajak Pro-liga o'yinlari

"Mashal" — "Aral Samali"

"G'ijduvon" — "Mashal"

"Mashal" — "Andijon"


"Buxoro"

Buxoroliklar mavsumni yomon boshlamagandi. Keragidan ortiq duranglar hamda etakchilarga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatlar jamoani kuchli uchlikdan ajratib turibdi. Jamoa standartlarni haddan ortiq yaxshi ko'radi, 18 goldan 7 tasi jarima va burchak zarbalari natijasidda tantana qilingan. Klub etakchilaridan biri SHavkat Salomov jarimadan gol urishni qoyillatib qo'yadi yoki sheriklariga aniq etkazib bera oladi. SHuningdek, buxoroliklar paslar orqali ham hujumlarni samarali yakunlab (shunday urinishlardan 5 tasi gol bilan yakunlangan), raqiblarini bosh changallashga majbur eta oladi. Biroq jamoaning mudofaa chizig'i ham raqib hujumi chog'ida mehmondo'stlik qilib, gol o'tkazib yuborishni kanda qilmaydi, qanotdan oshirilgan uzatmalar (shunday urinishlardan 4 tasi gol bilan yakunlangan) va himoyachilarning xatosi evaziga jamoa posbonlari ko'p bora o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgan.

To'purar — Ro'zimboy Ahmedov

Vodiy klublaridagi faoliyati orqali barchamizga tanish bo'lgan Ahmedov "Buxoro" safida ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. 22-raqamli hujumchi nafaqat gol urish (9 ta), balki sariq kartochka bilan siylanish bo'yicha ham (4 ta) ilg'orlar qatorida bormoqda. 

Tayyorgarlik

6 iyuldan boshlab "Buxoro" o'z qarorgohida yig'inga kirishdi. Tarkibga "Yangier" himoyachisi Asiljon Begimqulov va hujumchi Timur Usmonov kelib qo'shildi. Keyinroq jamoa Toshkent viloyatida joylashgan Dukentga yo'l oldi. U erdagi yig'in 15-25 iyul kunlari o'tkazildi. Mazkur o'lkada "Navbahor" (0:0)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Himoyachi Jasur Azimov (Qizilqum), Abduxoliq Qurbonov (SHo'rtan), yarim himoyachilar Humoyunmirzo Iminov (Paxtakor), Siroj Meliev (Yangier) va hujumchi Temur Ismoilov (Dinamo) ko'rikdan o'tish uchun jamoa yig'iniga kelib qo'shildi. Biroq jamoa etakchilaridan biri SHavkat Salomov "So'g'diyona" qarorgohiga jo'nab ketdi. Navbatdagi o'yinni "Surxon" o'rinbosarlariga qarshi o'tkazgan Hakim Fuzaylov shogirdlari o'zlari istaganicha gol urdi (8:1). So'ngra "Neftchi" (1:0)ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushgan jamoaning oxirgi to'qnashuvi "Qizilqum"ga qarshi o'tkaziladi.

Bo'lajak Pro-liga o'yinlari

"Buxoro" — "Yangier"

"Xorazm" — "Buxoro"

"Buxoro" — "Aral Samali

5 avgust sanasidan 14-tur bahslariga start beriladi. Ushbu liga APL yoki CHempionship bo'lmasa ham butun boshli "aldangan", "xo'rlangan" yoki boshqa sifatlarga ega ko'p qismli seriallardan ko'ra rohatliroq bo'lsa bordir. Jamoalar ham kelgusida muxlislari soni ortishi uchun jozibador o'yinlarini namoyish etishiga umid qilib qolamiz.

PRO-LIGA TURNIR JADVALI

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика