So’nggi yangiliklar

18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  3 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1

Sunnatilla Abdullajonov: "Xorazm"ning g'alabali starti biz uchun kutilmagan holat emasdi, ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz" Yangiliklar

Sunnatilla Abdullajonov: "Xorazm"ning g'alabali starti biz uchun kutilmagan holat emasdi, ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz"

Sunnatilla Abdullajonov: "Xorazm"ning g'alabali starti biz uchun kutilmagan holat emasdi, ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz"

Superliganing dastlabki turlaridagi natijalar turlicha ko'rinish oldi. Ayniqsa, uzoq vaqtdan so'ng "Xorazm"ning ketma-ket g'alabali starti qaysidir manoda kutilmagan holat sifatida qayd etildi. Lekin o'tgan turda jamoa "Buxoro"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. "Xorazm" yarim himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Superligani ketma-ket g'alaba bilan boshlash jamoa uchun qanchalik kutilgan va kutilmagan sifatida qabul qilindi?

- Mavsumni ketma-ket g'alaba bilan boshlashimizni ko'pchilik kutmagan bo'lishi mumkin. Lekin jamoamiz uchun kutilmagan natija bo'lgani yo'q. Yaxshi tayyorgarlik bilan maydonga chiqib g'alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Xudoga shukur yutuq bilan boshladik. 

- Hakim Fuzaylov aytib o'tganidek bu bahorgi futbol. Futbolchilarda ishtiyoq kuchli bo'ladi, barcha maydonga sog'inib qaytadi. Jamoa energiyani 2 ta turda sarflab qo'ymadimi?

- To'g'ri bahorgi futbol. Lekin jamoalar o'yin tonusiga tushishi uchun vaqt kerak bo'ladi. "Buxoro" bilan uchrashuvga avvalgilari kabi tayyorgarlik ko'rgandik. To'xtab qolish haqida o'ylamagandik. 

- O'yinda jamoaga nima bo'ldi?

- Birinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'zimizga kela oldik. Fikrimcha, ikkinchi gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Yutqazayotgan jamoa bor kuchi bilan oldinga o'tadi. Ikkinchi to'pni biz kiritganimizda vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. 

- "Xorazm"da tajribali va Superliga havosini ko'rgan futbolchilar jamlandi. Bu tarkib elitada nechanchi o'ringa kiradi?

- Muhimi bizda ahil oila bor. Jamoamizda juda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Oldimizga yuqoriroq o'rinlarni egallashni maqsad qilganmiz. Lekin oldindan gapirishni istamayman. Ochkoni mavsum oxirida hisoblaymiz. O'ylaymanki, rahbarlar va muxlislarni natijalarimiz bilan qoniqtira olamiz.

- Taqvim bo'yicha olganda raqiblar qanchalik qulay yoki noqulay?

- "Sho'rtan" va "Surxon" ham kuchsiz jamoa emasdi. Baribir hamma jamoa bilan o'ynaymiz-ku. Superligada o'yinlar oson o'tmaydi, har bir jamoaning oldiga qo'ygan maqsadi bor. Biz hamma uchrashuvda 3 ochko uchun harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика