Sulsher van de Bekni "Everton"ga qo'yib yubormadi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021, 22:07
Niderlandiyalik "Old Trafford"da qoldi.

"Everton" transfer oynasining so'nggi kunida yarim himoyachi Donni van de Bekni ijaraga olish bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi. Biroq MYU ustozi Ole Gunnar Sulsher xabekni qo'yib yuborgisi kelmadi. Mutaxassis futbolchiga umid bog'lagani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Britaniya OAVlari niderlandiyalikning "Old Trafford"dagi kelajagi so'roq ostida ekanligini davo qilmoqda. 

Van de Bek o'tgan mavsumda har bir o'yinda o'rtacha 27 daqiqa o'ynagan. 24 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News