Sulsher - Son Xen Minga qarshi ishlatilgan fol haqida: "O'g'lim shunday qilsa, kechki ovqatsiz qolardi"
12 apr 2021 22:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630644_original.jpg)
![](/upload/storage/630644_220.jpg)
Sulsher - Son Xen Minga qarshi ishlatilgan fol haqida: "O'g'lim shunday qilsa, kechki ovqatsiz qolardi"
Uchrashuvning birinchi bo'limida Edinson Kavani hisobni ochgandi. Ammo o'sha vaziyatda Skott Maktomini ortidagi raqibi Son Xen Minni urib yiqitgani uchun fol belgilandi va gol bekor qilindi.
"Gol to'g'ri urilgandi. Keling buni muhokama qilmaylik. Agarda mening o'g'lim shunday qilib, 3 daqiqa yotib, 10 nafar jamoadoshi orqali o'rnidan turganida, aniq bilaman, u kechki ovqatsiz qolardi.
Biz referi bilan farqli ravishda vaziyatni ko'ra olmadik. Ungacha biz payshanba kuni Evropa ligasida o'ynagan jamoa kabi bo'lib turgandik.
Keyinchalik vaziyatlarga yaxshi reakciya ko'rsatdik. Adolatsizlik bo'layotganini isbotladik va xarakter namoyish qildik. Bunday xatolar qilmaslik kerak. CHunki shunday qarorlar mavsumni barbod qilishi mumkin", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar