So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Атлетико" - "Реал" ва бошқа ўйинлардан онлайн ҳисоб  44 00:39ЕЧЛ. "Боруссия" амаллади  3 00:30Россия кубоги. Аббос Файзуллаев ассист қайд этган ўйинда ЦСКАдан ғалаба  1 23:54"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" етакчисига катта маош таклиф қилди  1 23:18"Арсенал" икки ярим ҳимоячи билан шартнома имзолашга яқин  2 22:43"Нефтчи" тақдимот маросими ўтказди  11 22:17Мбаппе бугун ўйнайдими?  13 21:52ЕЧЛ. "Лилль" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  3 21:40"Манчестер Юнайтед" "биллури" сафга қайтди  4 21:20Бахтиёр Намозов ва Найим Қосимов соҳил футболи бўйича Осиё кубогига тайинлов олди  2 20:47"Челси"га "Милан" етакчиси керак  0 20:15Аморим: "Янги стадионни ўйлаётганим йўқ"  3 19:55"Олимпик" назорат учрашувида "Истиқлол"га 5 та гол урди  0 19:36Азизбек Турғунбоев жароҳати ҳақида гапирди  4 19:20Қирғиз Республикаси терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши учрашув учун жалб этилган футболчилари рўйхати маълум  3

Sulsher "Sautgempton"ning goli haqida: "Qoidabuzarlik bo'ldi. O'tgan mavsumdagi basketbol qoidalaridan regbinikiga o'tish mumkin emas" Yangiliklar

Sulsher "Sautgempton"ning goli haqida: "Qoidabuzarlik bo'ldi. O'tgan mavsumdagi basketbol qoidalaridan regbinikiga o'tish mumkin emas"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Premer-liganing 2-turida Sautgemptondan o'tkazib yuborilgan golda hakamlar ishidan norozi bo'ldi.

O'yinning 30-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Jek Stivens Brunu Fernandeshdan to'pni olib qo'ydi, "Sautgempton" hujum qildi, ushbu vaziyat Fredning avtogoli bilan yakunlandi.

"Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Agar qoidabuzarlik qayd etilmagan bo'lsa, zarba yo'lini to'sish va raqibning zarba berishiga yo'l qo'ymaslik uchun hamma narsani qilish kerak edi.

Biroq ayni paytda qo'pollik ham bor edi. Stivens Brunuga qo'pollik ishlatdi, uni qo'li bilan turtib yubordi. O'tgan mavsumdagi basketbol yoki voleybol qoidalaridan bu yil keskin regbiga o'tish mumkin emas.

Menga erkaklar futboliga nisbatan soddalashtirilgan uslub yoqadi, lekin o'sha vaziyatda qoidabuzarlik bo'lgandi", — dedi norvegiyalik murabbiy.

Uchrashuvda Kreyg Pouson boshchiligidagi hakamlar guruhi ishladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика