Sulsher: “Pogba yanvarda MYUni tark etmaydi”

5 yanv 2020, 07:22
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning aytishicha, qishki transfer oynasi vaqtida jamoaning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba klubni tark etmaydi.

Norvegiyalik murabbiyi, shuningdek, “Vulverxempton” forvardi Raul Ximenesga MYU tomonidan bo'layotgan qiziqish xaqida ham gapirdi.

“Pogba yanvarda hech qaerga kyetmaydi. Ximenes haqida mish mishlar? Haqiqatan ham u yuksak saviyadagi futbolchi va uning faoliyatini MYU bilan bog'lashmoqda. Bu kabi mish mishlarga oydinlik kiritolmayman”, deya Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.

Joriy mavsumda Pol Pogba APLda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

28 yoshli Ximenes esa ushbu mavsumda “Vulverxempton”da 27 ta uchrashuv o'tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС