Sulsher: "MYU va "CHelsi" o'zlarini chempionlik uchun davogar hisoblashlari lozim"
06 avg 2021 08:55
Yangiliklar
Sulsher: "MYU va "CHelsi" o'zlarini chempionlik uchun davogar hisoblashlari lozim"
"Pep Gvardiolaning aytishicha, dastlabki 8 ta o'yindagi g'alaba orqali chempionatda g'olib bo'lish mumkin emas, yutqazib qo'yish mumkin. O'tgan mavsumda aynan shu narsa sodir bo'ldi.
Men pessimist bo'lib haq bo'lib chiqqanimdan ko'ra, optimist bo'lim adashishni maqul ko'raman. Albatta maksimal ravishda yondoshuv orqali yigitlar APL va ECHLda g'alaba qozona oladilar.
Yangi mavsumda APLda raqobat jiddiy bo'lmaydigandek ko'rinmoqda. Uzoq vaqt davomida faqat "Manchester Siti" va "Liverpul" sovrin uchun kurashdi, ammo biz va "CHelsi" ham yaxshigina pul sarfladik va o'zimizni sovrin uchun davogarlar qatoriga kiritishimiz mumkin.
MYUda doimo bosim bor - APLni yutish lozim, umuman, sovrin yutish kerak. Xattoki senda 10 yillik shartnoma bor bo'lsa ham, yuta olmadingmi - senga javob berib yuborishadi", - dedi Sulsher.
Fikrlar